• E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!!!
  • Termiz davlat universiteti amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti amaliy matematika va informatika ta’lim yo’nalishi 4-kurs 401-guruh talabasi xursanova nozimaning o’zbek tilining sohada qo’llanilishi fanidan




    Download 72,34 Kb.
    bet3/3
    Sana12.12.2023
    Hajmi72,34 Kb.
    #117271
    1   2   3
    Bog'liq
    o\'zbek tili 20-mustaqil ish
    18, https, 10 O`zbek tili 27.09,22, MAJBURIY MATEMATIKA 70 ta variant, Sanoq sistemalari (1), 25 Arifmetik-mantiqiy qurilmalar, Sanoq sistema bu …, funksiyaning davriyligi grafigi algebraik va transsendent funksiyalari, 8b7efb61-d110-4628-9d0e-5cd253c4eeac, 1, “Barakali” tariff rejalarning shartlari, 1 Amaliyot YMB KvaF, 30, 3 top

    Ona tili – millatning ruhidir. Til – davlat timsoli, mulki. Tilni asrash, rivojlantirish – millatning yuksalishi demakdir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilgan. Shu tariqa o‘zbek tili mustaqil davlatimizning Bayrog‘i, Gerbi, Madhiyasi qatorida turadigan, qonun yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas davlat ramziga aylandi. O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, hukumat qarorlari, vazirlikning buyruqlari asosida amalga oshiriladi.


    Davlat tilida ma’naviy-ma’rifiy ishlar

    Raqamli texnologiyalar vazirligi O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi hamda 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami bilan samimiy qutlaydi. O‘zbekiston Respublikasining butun xalqini, xususan, Raqamli texnologiyalar vazirligi va uning tizimida faoliyat yuritib kelayotgan 38 mingdan ortiq soha vakillarini O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi hamda 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan samimiy tabriklaymiz! O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir” deb belgilab qo‘yilgan. Bugun yurtimizda Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev boshchiligida o‘zbek tilini yanada rivojlanishi, uning jahon maydonidagi nufuzi va obro‘sini yuksaltirish borasida keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda. Jumladan, 2020-yil 23-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘z siyosiy irodasini namoyon etib, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida hamda 2023-yil 19-sentabr kuni Bosh Assambleyaning 78-sessiyasida yana shu minbardan turib o‘zbek tilida nutq so‘zlaganligi buning yaqqol namunasidir.

    Gap o‘zbek tilining Onamiz tili ekanligi haqida ketar ekan, Prezidentimiz tomonidan O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi munosabati bilan so‘zlagan nutqini keltirish maqsadga muvofiq: “Kimda-kim o‘zbek tilining bor latofatini, jozibasi va ta’sir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi bo‘lsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, o‘lmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qo‘shiqlariga quloq tutsin”. Shu o‘rinda Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda uning tizimida davlat tilida ish yuritishda amalga oshirilayotgan ishlar xususida ikki og‘iz so‘z: ayni damda Vazirlik markaziy apparati va tizimdagi korxona hamda tashkilotlarda ish yuritish to‘liq davlat tilida, lotin yozuvchiga asoslangan o‘zbek alifbosida yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ushbu jarayon mas’ullar tomonidan doimiy ravishda muvofiqlashtirib borilmoqda. XX asr boshida yashab ijod qilgan Is'hoqxon Ibratning: “Bizning yoshlar, albatta, boshqa tilni bilish uchun sa’y-harakat qilsinlar, lekin avval o‘z ona tilini ko‘zlariga to‘tiyo qilib, ehtirom ko‘rsatsinlar. Zero, o‘z tiliga sadoqat – bu Vataniy ishdir”, – degan hikmatli so‘zlari bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. 

    E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!!!


    Download 72,34 Kb.
    1   2   3




    Download 72,34 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti amaliy matematika va informatika ta’lim yo’nalishi 4-kurs 401-guruh talabasi xursanova nozimaning o’zbek tilining sohada qo’llanilishi fanidan

    Download 72,34 Kb.