|
«Kattalikning tizimdan tashqari birligi» Pdf ko'rish
|
bet | 140/206 | Sana | 09.10.2024 | Hajmi | 3,07 Mb. | | #274299 |
Bog'liq Termiz davlat universiteti metrologiya, standartlashtirish va se«Kattalikning tizimdan tashqari birligi»
-qabul qilingan birliklar tizimiga
kirmaydigan kattalik birligi.
«Kattalikning karrali birligi»
-tizimli yoki tizimdan tashqari birlikdan
butun son marta katta bo’lgan kattalik birligi.
«Kattalikning ulushli birligi»
-tizimli yoki tizimdan tashqari birlikdan
butun son marta kichik bo’lgan kattalik birligi.
«Xalqaro birliklar tizimi»
-o’lchovlar va tarozilar bo’yicha bosh
konferentsiya qabul qilgan va tavsiya etgan birliklar kogerent tizimi.
«Metrologiya bo’yicha milliy idora
» –
davlatda o’lchashlar birligini
ta`minlash ishlari bo’yicha rahbarlikni amalga oshirish vakolatiga ega bo’lgan
berilgan davlat boshqaruv idorasi - O’zbekiston Respublikasining Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish
O’zbekiston davlat markazi (O’zstandart Аgentligi).
«O’lchashlar birligi»
-
o’lchash natijalari qonunlashtirilgan birliklarda
ifodalanib, ularning xatoliklari berilgan ehtimollik bilan belgilangan
chegarasidan chiqmaydigan o’lchashlarning holati.
«O’lchov aniqligi»
- haqiqiy izlanayotgan o’lchov qiymatlarini
yaqinlikdan ta`riflashdir. Shuning uchun metrologiyaning asosiy masalasi aniq
bir aniqlikda ifodalash va kerakli birlikda ta`minlashdir.
«O’lchash vositasi»
-
texnik vositalar bo’lib, metrologik xossalarini
o’lchash uchun qo’llaniladi.
«Birlik etaloni»
-
o’lchash
vositasi bo’lib, boshqa o’lchash vositalariga
uzatish maqsadida va fizik o’lchov birliklarini saqlash uchun ishlatiladi.
«Davlat etaloni»
-
etalon, O’zbekiston Respublikasi hududida belgilangan
o’lchov birliklari uchun milliy idora tomonidan tan olinganligi.
|
| |