O‟qituvchi bergan chizma yoki so‟roqlar asosida gap tuzish




Download 0.62 Mb.
bet6/13
Sana31.05.2023
Hajmi0.62 Mb.
#67834
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Termiz davlat universiteti pedagogika fakulteti
Sifat haqida ma\'lumot Sifatlarning ma\'no turlari, 2-Matematika to\'garak 34 soatlik 2022, Ot so`z turkumi reja Ot so`z turkumi haqida ma`lumot. Otlarning, M2, 2-Mustaqil ish mavzularining taqsimlanishi, 3-Амалий маш, YARIM O\'TKAZGICHLAR, yarimo\'tkazgich diodlar va ularning turlari, Kompyuter viruslardan himoya qilish orqali risklarni baholash, 1, gidrotehnika inshootlari uz 1, Elektronika Yakuniy 2kurs, To`plam quvvati tushunchasi-fayllar.org, Engineering
O‟qituvchi bergan chizma yoki so‟roqlar asosida gap tuzish:Kim? nimalarni? Nima qildi?(Bola olmalarni terdi).

So‟z birikmasi ustida ikki yo‟nalishda ish olib boriladi:

  1. so‟z birikmasiga gap ichida gapning tarkibiy qismi sifatida qaraladi;

  2. so‟z birikmasiga predmetning yoyiq nomi sifatida qaraladi, masalan, soat– so‟z, oltin soat, qo‟l soat, osma soat, elektron soat – so‟z birikmalari.


    1. 3. 4- sinfda so‟z birikmasi va gap ustida ishlash metodlari


Gap ustida ishlash o‟quvchilarning nutqini o‟stirishda muhim ahamiyatga ega. Gap ustida ishlashning asosiy vazifasi o‟quvchilarni sintaktik jihatdan to‟g‟ri va aniq gap tuzib, tugallangan fikr bildirishga o‟rgatish hisoblanadi. Gap (grammatik jihatdan o‟zaro bog‟langan, tugallangan mazmun va tugallangan intonatsiyaga ega bo‟lgan) nutq birligi bo‟lib, aloqa maqsadiga xizmat qiladi. Boshlang‟ich sinf o‟quvchilari uchun muhimi, birinchidan, gap nutq birligi ekanligidir. Shunday ekan, nutqqa oid mashqlarga qo‟yilgan talablar gap ustida ishlash mashqlariga ham taalluqlidir; ikkinchidan, gap − grammatik tomondan to‟g‟ri tuzilgan birlik, shunday ekan, gap ustida ishlash grammatika bilan chambarchas bog‟liq bo‟lib, bu jarayonda gap qurilishi, gapda so‟zlarning bog‟lanishi va gapning turlari ustida ishlash juda muhimdir; uchinchidan, gap mazmun birligi bo‟lib, tugallangan mazmunni bildiradi. Binobarin, gapning mazmuniy asosi, mazmun ottenkalari ustida ishlash va ularning gap tuzilishiga bog‟liqligi ustida ishlash ham zarur; to‟rtinchidan, gapning intonatsiyasi katta ahamiyatga ega, shuning uchun intonatsiya ustida ishlash, intonatsiyaning mazmun bilan bog‟liqligini tushuntirish kerak.
Boshlang‟ich sinflar dasturining «Grammatika, imlo va nutq o‟stirish» bo‟limida sintaksisdan beriladigan bilimlar aniq ko‟rsatilgan. Bola boshlang‟ich sinflarda beriladigan sintaktik materiallar hajmida faqat ona tili darslaridagina emas, balki boshqa darslarda va maktabdagi barcha mashg‟ulotlar jarayonida gap tuzish, uni tahlil qilish va qayta tuzishga o‟rgatib boriladi.
Gap ustida ishlashga oid mashqlar juda xilma-xil bo‟lib, analiz va sintezning ustunligiga hamda o‟quvchilarning mustaqillik darajasiga ko‟ra tasnif qilinadi.
Analiz yoki sintezning ustunligiga nisbatan gap ustida ishlash mashqlari ikkiga bo‟linadi:

      1. analitik mashqlar, ya‟ni tuzilgan tayyor matndan olingan gapni tahlil qilish;

      2. sintetik mashqlar, ya‟ni mustaqil gap tuzishga qaratilgan mashqlar.

Analitik mashqlar sintetik mashqlarga zamin hozirlaydi, ular parallel holda yoki sintetik mashqdan so‟ng analitik mashq o‟tkaziladi.
O‟quvchilarning mustaqilligi va bilish jarayonining faollik darajasiga ko‟ra gap ustida ishlash mashqlari uchga bo‟linadi:

        1. namuna asosidagi mashqlar;

        2. konstruktiv mashqlar;

        3. ijodiy mashqlar.


Download 0.62 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 0.62 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‟qituvchi bergan chizma yoki so‟roqlar asosida gap tuzish

Download 0.62 Mb.