• AMALIY MASHG‘ULOTLAR 1-Mavzu: Boshqarish va ximoya elеktr apparat (tuzilish) larining elеktr sxеmalariga qo’yiladigan shartli bеlgilarni o’rganish.
  • Termiz davlat universiteti robototexnika asoslari




    Download 6,71 Mb.
    bet19/64
    Sana21.09.2024
    Hajmi6,71 Mb.
    #271854
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   64
    Bog'liq
    robototexnika ma\'ruza matni toyyorlash

    Nazorat uchun savollar:
    1.Mikrokontrollеrli boshkarish tizimlarini tarkibiy Kismlarining vazifasi va ishlash printsipi?
    2.Mikroprotsеssorli boshkarish tizimlarining umumlashtrilgan struktura sxеmasi? 3.Mikrokontrollеrli boshkarish tizimlarining xotira kurilmalari?

    AMALIY MASHG‘ULOTLAR

    1-Mavzu: Boshqarish va ximoya elеktr apparat (tuzilish) larining elеktr sxеmalariga qo’yiladigan shartli bеlgilarni o’rganish.
    Boshqarish apparatlarining elementlari
    Elektromagnit kontaktorlar. Elektr zanjirlarini masofadan turib ulab-uzish uchun mo‘ljallangan elektromagnit boshqarish apparati elektromagnit kontaktor deyiladi. 36-rasmda elektromagnit kontaktorning prinsipial sxemasi ko‘rsatilgan.
    Elektromagnit kontaktorning chulg‘amidan boshqarish toki o‘tganda, elektromagnit maydon ta’sirida qo‘zg‘aluvchi qism tortiladi va unga o‘rnatilgan asosiy kontaktlar yopiladi, elektr dvigatel yoki uskuna tarmoqqa ulanadi. Elektromagnit kontaktorning qo‘zg‘aluvchi qismida asosiy kontaktlardan tashqari yordamchi – blok-kontakt deb ataluvchi kichik tokli kontaktlar ham bor. Bu kontaktlar elektr uskunaning boshqarish va dvigatel holatidan xabar berish (signalizatsiya) sistemasida ishlatiladi.
    Qo‘zg‘aluvchi qism tortilganda blok-kontaktlarning biri yopilsa, ikkinchisi ochiladi. Asosiy va blok kontaktlar bir nechta bo‘lishi mumkin. Asosiy kontaktlardan o‘tadigan o‘zgaruvchan tok miqdori 200–2500 A atrofida, o‘zgarmas tokning miqdori esa 20–600 A atrofida bo‘ladi. Katta tokli kontaktorlar yoyni o‘chirish mexanizmi bilan alohida jihozlangan, tutashtiruvchi va ajratuvchi kontaktlar farq qilinadi. Tutashtiruvchi kontaktlar elektromagnit chulg‘amida boshqarish toki Ib o‘tganda, o‘z kontaktlarini (qutblarini) tutashtiradi (yopadi). Ajratuvchi kontaktlar esa chulg‘amdan boshqarish toki o‘tganda o‘z kontaktlarini (qutblarini) ajratadi.
    Tutashtiruvchi (37-rasm, a) va ajratuvchi (37-rasm, b) kontaktlar va bu kontaktlarning elektr sxemalarda shartli belgilanishi, kontaktorning elektromagnit chulg‘amida boshqarish toki Ib = 0 holat ko‘rsatilgan.
    Kontaktlarni ulab-uzish vaqti soniyaning yuzdan bir hissasidan tortib o‘n hissasigacha davom etadi. Agar kontaktlarda yoyni o‘chiruvchi alohida mexanizm bo‘lsa, u 38-rasmda ko‘rsatilganday shartli belgi bilan ifodalanadi.
    Tashqi xabar (signal) yordamida elektr zanjirlarini uzib-ulaydigan mexanizm rele deyiladi. Relening o‘z kontaktlari bo‘lib, bu kontaktlarning ikki barqaror: tutashtirilgan va ajratilgan holatlari bo‘ladi. Tashqi xabar datchiklar vositasida olinadi. Datchik – bu biror fizik kattalik, masalan, issiqlik, vaqt, bosim va hokazolarni elektr xabar (signal)ga aylantiruvchi sezgir mexanizm. Issiqlik relesi, vaqt relesi, kuchlanish yoki tok relelari bo‘ladi.



    Himoya apparatlari.


    Elektr tarmoqlarida iste’molchilarni qisqa tutashuv, o‘ta yuklanish va boshqa shikastlanishlarga sabab bo‘luvchi xavflardan saqlash uchun xizmat qiladigan apparatlar himoya apparatlari deyiladi. Eng sodda himoya mexanizmi – bu eruvchan sim saqlagichdir. Zanjirdagi tok miqdori ko‘payib ketganda saqlagichning simi erib ketadi va iste’molchi elektr tarmoqdan ajraladi. Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarida releli murakkab himoya sistemasi qo‘llaniladi. Bu sistema datchiklar, kontaktlar, rele va hokazolar majmuasidan tashkil topgan.
    Elеktr o‘lchаsh usullаri vа аsbоblаri fаnining mаqsаdi vа vаzifаsi
    Fan texnikaning rivoji (taraqqiyoti), xalq xo‘jaligining barcha sohalaridagi taraqqiyot hamma vaqt o‘lchashlar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib kelgan.
    Elektr o‘lchash usullari va asboblari fan sifatida o‘lchash usullari, o‘lchash vositalari va ular yordamida har xil kattaliklarni o‘lchash, o‘lchash xatoliklari hamda ularga bog‘liq va tegishli bo‘lgan masalalarni o‘z doirasiga oladi.
    Inson aql-idroki, zakovati bilan o‘rganayotgan, shakllantirayotgan hamda rivojlantirgan qaysi fanni, uning yo‘nalishini olmaylik, albatta, o‘lchashlarga, ularning usullariga, o‘zaro bog‘lanishlariga duch kelamiz. Bu o‘lchash usullari va vositalari yordamida har xil kattaliklarni o‘lchash va ularga bog‘liq masalalarni mukammal o‘rganish orqaligina amalga oshiriladi. Shu sababli, hozirgi qaysi bir fan, ilmiy yo‘nalish, u xoh tabiiy, xoh ijtimoiy bo‘lmasin, albatta, u yoki bu darajada o‘lchash bilan bog‘liq. To‘la ishonch bilan aytish mumkinki, o‘lchash inson ongli hayotining asosini tashkil etadi.
    Faylasuflarning taxminicha, fizikaviy xossalar, jarayonlarni tekshirish, o‘rganishda eng asosiy yo‘l (metod) o‘lchashlar hisoblanadi.
    Texnika sohasida, ayniqsa, metrologiyada o‘lchashlarning ahamiyati texnologik jarayonlarni boshqarish, mahsulotning yuqori sifatliligini ta’minlash, nazorat qilish bo‘yicha axborot hosil qilinishi bilan belgilanadi.
    Xalq xo‘jaligida, ishlab chiqarishda qo‘llanilayotgan murakkab tizimlarning yaratilishi hamda ilgaridan qo‘llanib kelinayotgan kam quvvatli, inertli asboblar sekin-asta juda tezkor, yuqori metrologik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan asboblar bilan almashtirilmoqdaki, bu o‘lchash amalini bajarilayotgan shaxslarning faoliyatini va tabiiyki, ularga qo‘yiladigan talablarni ham o‘zgartirmoqda.
    O‘lchash jarayonlarining avtomatlashtirilishi, kompyuterlashtirilishi va zamonaviy texnologiyalarning ishlatilishiga faqat dasturlashtirilgan tizimga tayangan holda erishish mumkin
    Fizik kаttаlik, uning turlаri, sifаt vа miqdоriy tаvsiflari
    Fizik kattalik – sifat tomonidan ko‘pgina fizik obyektlarga (fizik tizimlarga, ularning holatlariga va ularda o‘tayotgan jarayonlarga) nisbatan umumiy bo‘lib, miqdor tomonidan har bir оbyеkt uchun xususiy bo‘lgan xossadir. Bu yerda xususiylik deganda, biror оbyеktning xossasi ikkinchisinikiga nisbatan ma’lum darajada kattaroq yoki kichikroq bo‘lishi tushuniladi.
    Sifat tavsifi – olingan kattalikning mohiyatini, mazmunini ifodalaydigan tavsif. Masalan, gap masofa borasida ketganda muayyan olingan оbyеktning o‘lchamlarini, uzun-qisqaligini yoki baland-pastligini bildiruvchi xususiyatini tushunamiz yoki og‘irlik deganda qandaydir mavhum, og‘ir yoki yengil obyektni, aksariyat tarozi toshlarini ko‘z oldimizga keltiramiz. Temperatura to‘g‘risida gap borganda esa, issiq-sovuqlikni tushuniladi. Mana shular kattalikning sifat tavsifi hisoblanadi.
    Endi olingan оbyеktlarda biror-bir kattalik to‘g‘risida gap borganda, bu оbyеktlar o‘zida shu kattalikni ko‘p yoki kam «mujassamlashtirganining» shohidi bo‘lamiz. Bu esa kattalikning miqdor tavsifi bo‘ladi.
    Kattalikning turlari
    Ko‘pincha kattalikning o‘rniga parametr, sifat ko‘rsatkichi, tavsif (xarakteristika) degan atamalarning ham qo‘llanishiga duch kelamiz, lekin bu atamalarning barchasi mohiyatan kattalikni ifodalaydi.
    Muayyan guruhlardagi kattaliklarning orasida o‘zaro bog‘liqlik mavjud bo‘lib, uni fizikaviy bog‘lanish tenglamalari orqali ifodalash mumkin. Masalan, vaqt birligidagi o‘tilgan masofa bo‘yicha tezlikni aniqlashimiz mumkin. Mana shu bog‘lanishlar asosida kattaliklarni ikki guruhga bo‘lib ko‘riladi: asosiy kattaliklar va hosilaviy kattaliklar.
    Asosiy kattaliklar deb, ko‘rilayotgan tizimga va shart bo‘yicha tizimning boshqa kattaliklariga nisbatan mustaqil qabul qilib olinadigan kattalikka aytiladi. Masalan, masofa (uzunlik), vaqt, temperatura, yorug‘lik kuchi kabilar.
    Hosilaviy kattalik deb tizimga kiradigan va tizimning kattaliklari orqali ifodalanadigan kattalikka aytiladi. Masalan, tezlik, tezlanish, elektr qarshiligi, quvvat va boshqalar.
    Kattaliklarning sifat tavsiflarini rasmiy ravishda ifodalashda o‘lchamlikdan foydalaniladi.
    Kattalikning o‘lchamligi deb shu kattalikning tizimdagi asosiy kattaliklari bilan bog‘liqligini ko‘rsatadigan va proporsionallik koeffitsiyenti birga teng bo‘lgan ifodaga aytiladi.
    Kattalikning qiymati deganda, uning o‘lchamining muayyan sonli birliklarda ifodalanishini tushunamiz.
    Kattalikning o‘lchami – ayrim olingan moddiy оbyеkt, jism, hodisa yoki jarayonga tegishli bo‘lgan kattalikning miqdori bo‘lib hisoblanadi.
    Kattalikning qiymati – qabul qilingan birliklarning ma’lum bir soni bilan kattalikning miqdor tavsifini aniqlash.


    Download 6,71 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   64




    Download 6,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat universiteti robototexnika asoslari

    Download 6,71 Mb.