-mavzu. Terrorizm va uning iqtisodiy xavfsizlikka ta’siri




Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/45
Sana30.01.2023
Hajmi1.46 Mb.
#40221
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   45
Bog'liq
2iqtisodiy xavfsizlik
Sonni kasrini toping, LcVJb5VVH5jKoS2M-49, a0XqCP7LkvMiISuYw09micep853GqwWGFB62FNYu 2, bed66118ac597e1d9235b7cd898c7b5e @mustaqilishlar Kon elektromexanika, 7-sinf jurnali, 770763 (1), Qishloq xojaligi mashinalari va chorvachilik fermalarining mashina detallarini tamirlash jihozlari, file, PASPORT[1]
6-mavzu. Terrorizm va uning iqtisodiy xavfsizlikka ta’siri 
 
Xalqaro miqyosda barqarorlik va xavfsizlikka jiddiy tahdid soladigan hodisa 
sifatida terrorizm o’tgan asrning oxirlaridan boshlab jahon hamjamiyatining e’tiborini 
torta boshladi. Lekin, faqat 2001-yil sentabr voqealaridan keyin siyosatchi va 
ekspertlar ushbu muammoga jiddiy qaray boshladilar.
Terrorizmning tarixiga nazar solinadigan bo’lsa, u o’rta asrlardan boshlab 
dunyoning barcha mintaqa va mamlakatlarida uchrab turgan. Ayni paytda uning 
ko’rinishlari va amalga oshirish usullari turlicha bo’lgan. 
Terrorizm qanday shaklda namoyon bo’lishidan qat’iy nazar miqyoslari va 
oqibatlari nuqtai nazaridan eng xavfli ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy muammolardan 
biriga aylanib qoldi. Terrorizm va ekstremizm dunyoning deyarli barcha 
mamlakatlari va ularning fuqarolari xavfsizligiga tahdid solmoqda va juda katta 
siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy yo’qotishlarga olib kelmoqda.
Terrorizmni jamiyat hayot faoliyatiga tahdid sifatida o’rganishda, birinchi 
navbatda, uning eng tuban, eng qabih maqsadlarga xizmat qiladigan hodisa ekanligini 
ko’zda tutish kerak bo’ladi.
“Terror” va “terrorizm” iboralarining yuzga yaqin talqini bo’lib, ularning 
hammasi ham mukammal emas. Lotincha “terror” degan so’z “qo’rqinch”, “daxshat” 
ma’nosini anglatadi. “Terrorizm” esa terrorni amalga oshirishdir. Ushbu iboraning 
kengroq ma’noda siyosiy raqiblarni, muxoliflarni yo’qotish yoki qo’rqitish, aholi 
o’rtasida vahima va tartibsizliklarni keltirib chiqarish maqsadida zo’ravonlik 
harakatlarini amalga oshirish, deb talqin qilish mumkin.
Terroristik harakatlar turlicha bo’lib, ular qatoriga quyidagilar kiradi: 
- ta’qib qilish; 
- buzg’unchilik qilish; 
- garovga olish
- qotillik; 
- qo’rqitish; 
- portlatish va b. 
Terrorchilarning xatti-harakatlari har doim ham qotillik bilan bog’liq 
bo’lmasada, doimo zo’ravonlik, majburlash va tahdidni ko’zda tutadi. Ayni paytda 
ko’zlangan maqsadlar turlicha bo’lishi mumkin: siyosiy, iqtisodiy, qasd olish va b. 
Terrorizm va undan aholini himoya qilishga bag’ishlangan Amerika qit’asi 
davlatlarining Inson huquqlari bo’yicha bo’lib o’tgan konferensiyasida (1970-y.) 
terrorizmning uchta – ijtimoiy, siyosiy va g’oyaviy turi aytib o’tilgan. 
4- rasm. Terrorizmning turlari 
Tеrrorizmning turlari 
siyosiy 
axborot 
iqtisodiy 
ijtimoiy 


31 
Terrorizm ikki xil toifada namoyon bo’lishi mumkin. Birinchisi yakka tartibda 
amalga oshiriladigan, ikkinchisi esa guruh bo’lib amalga oshiriladigan terrorizm. 
Siyosatshunoslikda davlat terrorizmi tushunchasi ham qo’llaniladi. Bunga diktatorlik 
va totalitar rejimlarning repressiyalari misol bo’la oladi. 
Terrorizm davlat xavfsizligini ta’minlash bilan bevosita bog’liqdir. Ushbu 
hodisa ijtimoiy, etnik, diniy radikalizm va ekstremizmni ifodalashning eng yomon 
usuli bo’lib, bunday harakatni amalga oshiradigan kishilar guruhi o’z maqsadlariga 
erishish uchun hech narsadan qaytmaydilar.
Xalqaro miqyosda terrorizm daxshatli epidemiya sifatida tarqalib bormoqda. 
Terrorizm ayniqsa XX asrning 60-yillaridan kuchayib boshladi. Bu davrda dunyoning 
bir qancha mintaqalarida turli terroristik tashkilotlar va guruhlar faolligi oshib bordi. 
Ba’zi manbalarga ko’ra, dunyoda 500 dan ortiq yashirin terroristik tashkilotlar 
mavjud. 1968 – 1980 yillar davomida ular tomonidan 7000 mingga yaqin terroristik 
harakatlar amalga oshirilgan. Terrorizm miqyoslari butun dunyoda kengayib 
bormoqda: agar 80-yillarda 500 dan 800 tagacha katta terroristik harakatlar amalga 
oshirilgan bo’lsa, 90 – yillarda 900 va undan ortiq harakatlar amalga oshirildi. 
Rossiyalik siyosatchi D.V. Olshanskiy
29
terrorizmning to’rtta, 4-rasmda 
keltirilgan turlarini ajratib ko’rsatadi.
Siyosiy terrorizm – siyosiy arboblarga, ular o’tkazayotgan siyosatga, 
hukumatlarga ta’sir o’tkazish maqsadida amalga oshiriladigan harakatlar. 
Axborot sohasida terrorizm – jamiyat a’zolarining ruhiyatiga, xulq-atvoriga 
ta’sir ko’rsatish. 
Iqtisodiy sohadagi terrorizm – terroristlarning iqtisodiy manfaatga erishish 
maqsadida raqiblariga, aholining turli qatlamlari va guruhlariga, davlatlar va ularning 
boshliqlariga ta’sir o’tkazishi. 
Ijtimoiy 
terrorizm – jinoyatchilik miqyoslarining kengayishi, kriminal 
vaziyatning keskinlashuvi, umumiy ijtimoiy beqarorlikning vujudga kelishi. 
Xalqaro tashkilotlar va olimlar terrorizmning kelib chiqish sabablariga alohida
e’tibor qaratib keladilar. Bunday sabablarni aniqlash terrorizmga qarshi kurash 
choralarini ishlab chiqish va takomillashtirishda asosiy e’tibor qaratiladigan 
muammolardan biri bo’lib hisoblanadi. 
BMTning 1990-yilda Gavanada bo’lib o’tgan jinoyatchilikni oldini olish va 
ularga nisbatan munosabat masalalariga bag’ishlangan VIII Xalqaro kongressida 
terrorizmning quyidagi asosiy sabablari ko’rsatib o’tilgan: qashshoqlik, ishsizlik, 
savodsizlik, uy-joyning yetishmasligi, ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining 
takomillashmaganligi, kelajakka ishonchning yo’qligi, aholining marginallashuvi 
(lot.Marginalis so’zidan – ijtimoiy hayotning eng past qatlamidagilar – daydilar, 
qashshoqlar), ijtimoiy tengsizlikning kuchayishi, oilaviy va ijtimoiy aloqalarning 
susayishi, tarbiyadagi nuqsonlar, migratsiyaning salbiy oqibatlari, madaniy o’ziga 
xoslikni 
yo’qotish, madaniy-ma’naviy hordiq chiqaradigan maskanlarning 
yetishmasligi, ommaviy axborot vositalari tomonidan zo’ravonlik, tengsizlikni 
kuchayishiga olib kelishi mumkin bo’lgan g’oya va qarashlarni tarqatish.
29
Internet ma’lumoti 


32 
Globallashuv davrida terrorizm shunday bir hodisaga aylandiki, unga qarshi 
kurashishda butun jahon hamjamiyati ishtirok etishi kerak. Faqat shundagina 
kurashning samaradorligiga erishish mumkin. Terrorizmga qarshi kuchlarni 
birlashtirish zaruriyati uning transmilliy xarakterga ega ekanligi kabi xususiyati bilan 
belgilanadi. SHu bilan birga xalqaro terrorizm bilan kurash bo’yicha davlatlarning 
o’zaro hamkorligini tartibga solish bir qator universal va mintaqaviy xalqaro 
konvensiyalarning predmeti sifatida belgilangan. Terrorizmga qarshilik ko’rsatish 
bo’yicha Jeneva Konvensiyasi (1937-y), Terroristik aktlarni oldini olish va jazolash 
to’g’risidagi Vashington Konvensiyasi (1971-y.), Terrorizmga yo’l qo’ymaslik 
bo’yicha Yevropa Konvensiyasi (1977-y) shular jumlasidandir. 
Hozirga kelib dunyo hamjamiyatida terrorizmga qarshi kurash borasida 
ma’lum tajriba orttirilgan:
- XX asrning 70 – yillari o’rtalaridan boshlab, BMTning jinoyatchilikni oldini 
olish va u bilan kurash bo’yicha Qo’mitasining har bir sessiyasida u yoki bu darajada 
umuman terrorizm va shu jumladan xalqaro terrorizm masalalari ko’rib chiqilgan; 
- 1970 – yillardan boshlab, BMT o’ndan ortiq antiterroristik hujjatlar qabul 
qildi; 
- funksiyalari to’liq yoki qisman terrorizmga qarshi kurash bo’lgan xalqaro 
tuzilmalar tashkil etilgan va ular faoliyat olib bormoqda (masalan, INTERPOL, 
yeVROPOL, MDHning Antiterrorga qarshi markazi va b.); 
- arab davlatlari Ligasining ichki ishlar vazirlari Kengashining 13 – sessiyasida 
terrorizmga qarshi kurashda “Xulq-atvor Kodeksi” loyihasi qabul qilindi. Unga ko’ra 
terrorchilik harakatlarini rejalashtirish va amalga oshirish uchun mamlakat hududidan 
joy berish, terroristik tashkilotlarga moliyaviy, moddiy va boshqa yordam berish 
taqiqlanadi. 

Download 1.46 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   45




Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-mavzu. Terrorizm va uning iqtisodiy xavfsizlikka ta’siri

Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish