Termiz davlat universiteti




Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/45
Sana30.01.2023
Hajmi1.46 Mb.
#40221
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   45
Bog'liq
2iqtisodiy xavfsizlik
Sonni kasrini toping, LcVJb5VVH5jKoS2M-49, a0XqCP7LkvMiISuYw09micep853GqwWGFB62FNYu 2, bed66118ac597e1d9235b7cd898c7b5e @mustaqilishlar Kon elektromexanika, 7-sinf jurnali, 770763 (1), Qishloq xojaligi mashinalari va chorvachilik fermalarining mashina detallarini tamirlash jihozlari, file, PASPORT[1]
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
3-mavzu. Iqtisodiy xavfsizlik ko’rsatkichlari (indikatorlari) 
 
Mamlakatning iqtisodiy xavfsizligi holati mezon va ko’rsatkichlar tizimi orqali 
baholanadi. Makro va mikro darajada iqtisodiy xavfsizlikka bo’ladigan tahdidlarni 
tahlil 
qilish 
va 
bashoratlashda 
iqtisodiy 
xavfsizlikning 
mingdan 
ziyod 
ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. Lekin shularning ichida 19 ta indikatordan 
foydalanish maqsadga muvofiq deb hisoblaniladi. Bu indikatorlar iqtisodiyotning real 
va moliyaviy sektorlarida va ijtimoiy sohada iqtisodiy xavfsizlikning muhim 
jihatlarini ifodalaydi. 19 ta indikatorning xususiyatlaridan biri ular orasidagi o’zaro 
bog’liqlikdir.
Iqtisodiy xavfsizlikning mezon va ko’rsatkichlari asosida iqtisodiy tizimning 
amal qilishidagi tahlikali chegaralar belgilanadi. Ko’rsatkichlar tahlikali chegaralar 
sifatida qabul qilingan birliklardan chekingan holatlarda tizim izchil rivojlanishga 


14 
bo’lgan qobiliyatini, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini yo’qotib boradi, 
transmilliy korporatsiyalarning ekspansiyasi ob’yektiga aylanib qoladi, milliy 
boyliklarning talon-taroj qilinishi, xufiyona iqtisodiyot va korrupsiya miqyoslarining 
kengayishidan zarar ko’radi. 
Davlat siyosatini ishlab chiqishda iqtisodiyotni nafaqat sifat, balki xavflardan 
xoli bo’lgan tarzda rivojlanish chegaralarini son jihatdan ham belgilashi talab etiladi. 
Demak mamlakatda iqtisodiy xavfsizlik holatining sustlashishiga ma’lum bir 
chegara 
doirasida 
yo’l qo’yilishi mumkin. Iqtisodiy xavfsizlik uchun 
ko’rsatkichlarning o’zi emas, ularning chegaraviy miqdori muhim ahamiyatga ega. 
SHu chegaralarga rioya qilmaslik takror ishlab chiqarishning turli elementlarini 
normal taraqqiy etishiga to’sqinlik qiladi. Iqtisodiy xavfsizlikda negativ, buzuvchi 
jarayonlarning 
shakllanishiga 
olib 
keladi. 
Iqtisodiy xavfsizlikning miqdoriy 
ko’rsatkichlari bo’yicha milliy manfaatlarni ta’minlash maqsadida ko’rsatkichlarning 
eng quyi yoki yuqori chegaralari aniqlanadi. 
Hokimiyat institutlari tomonidan amalga oshiriladigan iqtisodiy xavfsizlik 
siyosati ko’rsatkichlarning barchasini me’yorida saqlab turishga qaratilishi kerak. 
Iqtisodiy xavfsizlikning bir chegaraviy ko’rsatkichi boshqa shunday ko’rsatkichning 
yomonlashuvi hisobiga ta’minlanishi mumkin emas. Davlat har bir konkret holatda 
xavfsizlik va iqtisodiy samaradorlikni uyg’unlashuvini ta’minlashga harakat qilishi 
kerak bo’ladi. Ayni paytda qisqa davr oralig’ida foyda keltirishi mumkin bo’lgan ish, 
strategik jihatdan umuman foydasiz bo’lishi mumkin. 
Iqtisodiy 
xavfsizlikning mezoni – iqtisodiy xavfsizlikning mohiyatini 
ifodalovchi muhim jarayonlar nuqtai nazaridan iqtisodiy holatni baholash 
hisoblanadi. U quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
– resurs salohiyati va uni rivojlantirish imkoniyatlarini baholash; 
– resurs, kapital, mehnatdan samarali foydalanish darajasini etakchi 
mamlakatlar darajasiga va shuningdek, ichki va tashqi xarakterga ega 
bo’lgan tahdidlar minimumni tashkil etgandagi darajasiga muvofiqligini 
baholash; 
– iqtisodiyotning raqobatbardoshligini baholash; 
– hududiy sarhadlarni va iqtisodiy makonni yaxlitligini baholash; 
– suverenitet va mustaqillikni, tashqi tahdidlarga qarshi turish 
imkoniyatlarini baholash; 
– ijtimoiy barqarorlikni va ijtimoiy ziddiyatlarni oldini olish va hal etish 
imkoniyatlarini baholash. 
Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni amalga 
oshirish uchun uning indikatorlari monitoringini tashkil etish ham muhim ahamiyat 
kasb etadi. Monitoring iqtisodiy xavfsizlik ko’rsatkichlarini aniqlash, tahlil qilish va 
ularning o’zgarish tendensiyalari va istiqbolini aniqlash imkonini beradi. 
Mutaxassislarning fikricha, mezonlar biror-bir harakatni amalga oshirish uchun 
yo’llanma sifatida qabul qilinishi mumkin emas. Uni amalga oshirishda jamiyat 
bazisini qayta tashkil etish, resurs va ishlab chiqarish salohiyatini qayta qurish, yangi 
bozor institutlarini, xo’jalik yuritish dastaklarini, boshqarish tizimini yaratishga 
muvofiq bosqichma-bosqich harakat qilish zarur bo’ladi.
Iqtisodiy xavfsizlikning quyidagi ko’rsatkichlari mavjud: 


15 
yalpi ichki mahsulot (hududiy yalpi mahsulot); inflyatsiya darajasi; davlat 
byudjeti kamomadi; ichki qarz darajasi; tashqi qarz darajasi; ishsizlik darajasi; 
turmush darajasi va sifati; oltin valyuta zahiralari
xufiyona iqtisodiyot faoliyati; ekologik holat. 
YUqoridagi ko’rsatkichlardan tashqari yana bir qator ko’rsatkichlar ham 
mavjud. Masalan, aholi daromadlari, chakana narxlar miqdori, uy-joy bilan 
ta’minlanganlik, hududning mamlakat yalpi ichki mahsulotdagi ulushi, hududning 
to’lov balansi, eksport-import saldosi va boshqalar. 
YUqorida ta’kidlanganidek, ko’rsatkichlarning barcha majmuasi qabul qilingan 
chegaralar doirasida bo’lgan va bir chegaraviy ko’rsatkich boshqa bir chegaraviy 
ko’rsatkichning yomonlashuvi hisobiga yaxshilanmagan taqdirdagina xavfsizlikning 
eng yuqori darajasiga erishiladi.
Xavfsizlik 
ko’rsatkichlari bilan ularning tahlikali chegara miqdorlari 
o’rtasidagi bog’liqlik dinamikada o’rganilishi zarur.
Adabiyotlarda iqtisodiy xavfsizlikning tahlikali chegarasiga oid indikatorlar 50 
ko’rsatkichni o’z ichiga olgan bo’lib, ular to’rt guruhga ajratilib turkumlangan: 
– iqtisodiyotning barqaror rivojlanishga qodirligini ifodalovchi ko’rsatkichlar; 
– moliyaviy tizim barqarorligini ifodalovchi ko’rsatkichlar; 
– ijtimoiy soha ko’rsatkichlari; 
– tashqi savdo va iqtisodiy faoliyat ko’rsatkichlari
14

Birinchi guruh ko’rsatkichlariga yalpi ichki mahsulot hajmi, sanoat ishlab 
chiqarishi hajmi va uning tarkibi, mashinasozlik mahsulotlari hajmida yangi turdagi 
mahsulotlar ulushi, mudofaa va fan uchun harajatlar ulushi kabi ko’rsatkichlar kiradi. 
Ikkinchi guruh ko’rsatkichlariga esa davlat byudjeti kamomadi, davlat qarzi, 
pul muomalasi, o’zaro hisob-kitob va boshqa moliyaviy ko’rsatkichlar kiradi. 
Uchinchi guruh aholi daromadlari darajasi, aholining mulkiy jihatdan 
tabaqalanishi, ishsizlik kabilarni o’z ichiga oladi. 
To’rtinchi guruh ko’rsatkichlariga esa mamlakat ichki iste’molida importning 
ulushi va milliy ishlab chiqarish hajmida eksportning ulushi kabi indikatorlar kiradi.
14
Abulqosimov X.P. Iqtisodiy xavfsizlik. – T.: Akadеmiya, 2006. 


16 
3- rasm. Iqtisodiy xavfsizlik indikatorlarining guruhlanishi 
Xo’jalik yuritishning istalgan sohasida – ishlab chiqarish, tashqi savdo, ilmiy-
texnikaviy hamkorlik va boshqalarda, barcha mamlakatlar uchun xavfsizlikning 
ma’lum chegaralari mavjud bo’lib, ularni ilmiy asoslangan me’yorlar asosida 
aniqlash mumkin. Ayni paytda ayrim olingan mamlakatda mavjud bo’lgan vaziyatga 
to’liq baho beruvchi universal ko’rsatkich mavjud ekanligi to’g’risida gapirish 
unchalik to’g’ri bo’lmaydi. CHunki iqtisodiy xavfsizlik ko’p omillar ta’sirida 
bo’ladigan hodisa hisoblanib, u milliy ishlab chiqarishning uzluksiz o’zgarib turuvchi 
ichki va tashqi sharoitlarining yig’indisini aks ettiradi. 
Akademik V.K Senchagovning umumiy tahriri ostida chop etilgan 
“Ekonomicheskaya bezopasnost Rossii” nomli dasrlikda ta’kidlanishicha, iqtisodiyot 
holati, uning xavfsizligi uchta indikator, ya’ni iste’mol narxlari, milliy valyuta kursi 
va aholining pul daromadlari bilan belgilanadi.
Mana shu uchta indikator iqtisodiy 
xavfsizlikning boshqa indikatorlariga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. 
iqtisodiyotning 
barqaror 
rivojlanishga 
qodirligini 
ifodalovchi 
ko’rsatkichlar 
moliyaviy tizim 
barqarorligini 
ifodalovchi 
ko’rsatkichlar 
ijtimoiy soha 
ko’rsatkich 
lari 
tashqi savdo 
va iqtisodiy 
faoliyat 
ko’rsatkichlari 
YaIM hajmi, 
sanoat ishlab 
chiqarishi hajmi 
va tarkibi, 
mashinasozlik 
mahsulotlari 
hajmida yangi 
turdagi 
mahsulotlar 
ulushi, mudofaa 
va fan uchun 
harajatlar va b. 
davlat byudjеti 
kamomadi, 
davlat qarzi, pul 
muomalasi, 
o’zaro hisob-
kitob va boshqa 
moliyaviy 
ko’rsatkichlar 
aholi 
daromadlari 
darajasi, 
aholining 
mulkiy 
jihatdan 
tabaqalanishi, 
ishsizlik 
darajasi 
mamlakat 
ichki 
istе'molida 
importning 
ulushi va 
milliy ishlab 
chiqarish 
hajmida 
eksportning 
ulushi 
Iqtisodiy xavfsizlik indikatorlarining 
guruhlanishi 


17 
Ular iqtisodiy xavfsizlik vositasi sifatida xizmat qiladi
15
. Bunday ko’rsatkichlar 
davlatning iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash borasidagi vazifalarini amalga oshirish 
vositalaridan biri bo’lib hisoblanadi.
CHegara ko’rsatkichlari – iqtisodiyot sohasidagi milliy manfaatlarning miqdor 
jihatdan ifodalanishidir. Mazkur ko’rsatkichlar tizimli tahlil, prognoz va ijtimoiy-
iqtisodiy rejalashtirishning muhim vositasi bo’lib hisoblanadi. 
Iqtisodiyot sohasida asosiy ustuvorlik aholining turmush darajasini yuksaltirish 
bo’lganligi bois YAIM hajmi va u bilan bog’liq ko’rsatkichlarning quyi chegaraviy 
miqdorlarini belgilashda aynan shu ko’rsatkich asos sifatida olinishi kerak. 
Jahon tajribasidan ma’lumki, ijtimoiy sohada tahdidlar minimal darajada 
bo’lishi uchun yashash minimumidan past daromadga ega bo’lgan aholi ulushi 7-10 
foizni tashkil etishi, boy va kambag’allar daromadlari o’rtasidagi tafovut esa sakkiz 
martadan oshmasligi kerak. 
Bir guruh rossiyalik olimlar iqtisodiy xavfsizlikning chegaraviy miqdorlarini 
belgilashda BMT tomonidan 1990 yilda qabul qilingan insoniy rivojlanish indeksini 
taklif etadilar. Mazkur indeks ijtimoiy taraqqiyotning eng aniq umumlashgan 
ko’rsatkichi (mezoni) bo’lib hisoblanadi
16

Adabiyotlarda iqtisodiy xavfsizlikning chegaraviy miqdorlari uchta guruhga 
ajratib ko’rsatiladi:
17
birinchi guruhga ishlab chiqarish sohasi, uning tashqi dunyoga minimal 
darajada bog’liqlik sharoitida faoliyat yuritish qobiliyatini kiritadilar. Ushbu guruhga 
quyidagi chegaraviy miqdorlar kiritilgan: 
– YAIM umumiy hajmi – “katta yettilik” bo’yicha o’rtacha indikatorning 75 
foiz miqdorida; 
– aholi jon boshiga YAIM hajmi – “katta yettilik” bo’yicha o’rtacha 
indikatorning 50 foiz miqdorida; 
– dunyo bo’yicha o’rtacha indikatorning 100 foiz miqdorida; 
– sanoat mahsuloti ishlab chiqarishi umumiy hajmida qayta ishlash sanoati 
ulushi – 70 foiz; 
– YAIMda investitsiyalar ulushi – 25 foiz; 
– sanoat ishlab chiqarishida mashinasozlik ulushi – 20 foiz; 
– aholining ichki iste’molida import ulushi – 30 foiz, shu jumladan oziq-ovqat 
mahsulotlari – 25 foiz; 
– mahsulot ishlab chiqarishning umumiy hajmida yangi mahsulotlar ulushi – 6 
foiz. 
Ikkinchi guruh ko’rsatkichlari tarkibiga aholi turmush darajasi va sifati bilan 
bog’liq chegaraviy miqdorlar kiritilgan: 
– aholining umumiy sonida yashash minimumidan past daromadga ega 
bo’lgan fuqarolar ulushi - 7 foiz; 
– umr ko’rish uzunligi – 70 yosh; 
– boy va kambag’allar daromadlari o’rtasidagi tafovut – 8 marta; 
– ishsizlik darajasi – 7 foiz. 
15
Вечканов Г.С. Экономическая безопасность: Учебник для вузов. – СПб. Питер 2007, с. 12
16
Shu manba 73 bet. 
17
Shu manba, 74-75 betlar. 


18 
Uchinchi guruh ko’rsatkichlari moliyaviy holat bilan bog’liq bo’lib, ular
quyidagilardan iborat: 
– YAIMga nisbatan ichki qarz miqdori – 30 foiz; 
– YAIMga nisbatan tashqi qarz miqdori – 25 foiz; 
– YAIMga nisbatan byudjet defitsiti – 5 foizgacha; 
– naqd xorijiy valyuta hajmining naqd milliy valyuta hajmiga nisbati 25 foiz; 
– YAIMga nisbatan pul massasi (M2) – 50 foiz. 
Mutaxassislarning fikriga ko’ra, chegaraviy ko’rsatkichlarning bir xil 
miqdorini belgilab qo’yish uslubiy jihatdan uncha to’g’ri bo’lmaydi. Masalan, 
birinchi guruh ko’rsatkichlarida keltirilganidek, investitsiyalar ulushi YAIMga 
nisbatan hisoblaganda 25 foizdan kam bo’lgan holatda iqtisodiyotga tahdid yuzaga 
keladi. Lekin, ayni paytda investitsiyalar ulushi 40 foiz bo’lganida ham tahdid yuzaga 
kelishi mumkin. Farq shundaki, birinchi holatda mehnat qurollarining moddiy va 
ma’naviy jihatdan eskirishi natijasi sifatida tahdid yuzaga kelsa, ikkinchi holat aholi 
turmush darajasi va sifatining pasayib ketishiga olib kelishi mumkin. SHundan kelib 
chiqib, iqtisodiy xavfsizlikning ayrim chegaraviy miqdorlarini qat’iy qilib emas, balki
ma’lum doira chegarasida belgilash maqsadga muvofiq bo’ladi.

Download 1.46 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   45




Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish