Iqtisodiy xavfsizlik darajalari




Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/45
Sana30.01.2023
Hajmi1.46 Mb.
#40221
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
Bog'liq
2iqtisodiy xavfsizlik
Sonni kasrini toping, LcVJb5VVH5jKoS2M-49, a0XqCP7LkvMiISuYw09micep853GqwWGFB62FNYu 2, bed66118ac597e1d9235b7cd898c7b5e @mustaqilishlar Kon elektromexanika, 7-sinf jurnali, 770763 (1), Qishloq xojaligi mashinalari va chorvachilik fermalarining mashina detallarini tamirlash jihozlari, file, PASPORT[1]
Iqtisodiy xavfsizlik darajalari 
 
Xalqaro daraja 
Milliy daraja 



2- rasm. Iqtisodiy xavfsizlik darajalari 
9
L.Abalkinning ta’kidlashicha, mamlakatning o’z-o’zidan rivojlanish va 
taraqqiy etishga qodirligi ayniqsa hozirgi paytda o’ta muhimdir. Investitsiya va 
innovatsiyalar uchun kerakli muhitni yaratish, ishlab chiqarishni muntazam 
modernizatsiya qilish, xodimlarnining bilim, kasb-malaka, umumiy madaniy 
darajasini oshirish kabilar milliy iqtisodiyotning barqarorligining zarur va muhim 
shartlaridan biri bo’lib hisoblanadi
10

Iqtisodiy 
xavfsizlik 
iqtisodiyot 
va hokimiyat institutlarining shunday 
holatidirki, bunday holatda mamlakat milliy manfaatlarining kafolatli himoyalangani, 
mamlakat iqtisodiy rivojining ijtimoiy yo’naltirilganligi, ichki va tashqi jarayonlar 
rivojidagi eng noqulay sharoitda ham mudofaa salohiyatining yetarli darajada 
ta’minlanganligini ifoda etadi. 
Iqtisodiy xavfsizlikning quyidagi darajalari mavjud: 
xalqaro (global va mintaqa darajasida); 
milliy, lokal (mamlakat ichidagi mintaqa yoki tarmoq darajasida); 
xususiy (firma va shaxs darajasida). 
Xalqaro iqtisodiy xavfsizlik – bu har bir davlat, ya’ni dunyo hamjamiyati 
a’zosining o’z ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti strategiyasini erkin tanlash va amalga 
oshirish imkoniyatlarining ta’minlangandagi holatidir.
Xalqaro iqtisodiy xavfsizlikni amalga oshirishda taraqqiyot modellarini zo’rlab 
o’tkazish, iqtisodiy va siyosiy jihatdan majburlashdan voz kechish, har qanday 
xalqning o’z mustaqil yo’lini tanlash huquqini tan olish, turli mulkchilik shakllari va 
manfaatlarning mavjudligini qonuniy ekanligini hurmatlash yo’lidan boriladi.
Milliy iqtisodiy xavfsizlik iqtisodiyot va hokimiyat institutlarining milliy 
manfaatlarni 
kafolatli 
himoyalanganligi, 
mamlakat 
rivojlanishining 
ijtimoiy 
yo’naltirilganligi, yetarli iqtisodiy va mudofaa salohiyatining ta’minlangandagi 
holatini ifodalaydi. 
Korxona (firma)ning iqtisodiy xavfsizligi – ma’muriyat va personal tomonidan 
amalga oshiriladigan huquqiy, tashkiliy- iqtisodiy va injener-texnik chora-tadbirlar 
9
Вечканов Г.С. Экономическая безопасность. – СПб.: Питер, 2007, с. 67 
10
Абалкин Л. Экономическая безопасность России: угрозы и их отражение.// Вопросы экономики. 1994, №12, с. 
45 
Global xavfsizlik 
Mintaqaviy xavfsizlik 
Davlat xavfsizligi 
Jamiyat xavfsizligi 
Mintaqa xavfsizligi 
Xususiy 
Firma xavfsizligi 
Shaxs xavfsizligi 



tizimi tufayli vujudga keltirilgan hayotiy muhim iqtisodiy manfaatlarning ichki va 
tashqi xavf-xatarlardan himoyalanganlik holatidir
11

Ko’pchilik mutaxassislarning fikricha, iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash 
borasida chora-tadbirlarni ishlab chiqishda unga ta’sir etuvchi barcha omillarni va 
birinchi navbatda iqtisodiyotning samaradorligini oshirishni hisobga olish kerak 
bo’ladi. 
SHunday qilib, iqtisodiy xavfsizlik milliy iqtisodiyotning izchil va samarali 
o’sishini ta’minlay oladigan ichki va tashqi shart-sharoitlar yig’indisini hamda uning 
jamiyat, 
davlat, 
shaxsning 
ehtiyojlarini 
qondira 
olish, 
tashqi 
bozorlarda 
raqobatbardoshligini ta’minlay olish, turli tahdidlardan himoyasini kafolatlay olish 
qobiliyatini ifodalaydi.
Bundan kelib chiqadiki, mamlakatning iqtisodiy xavfsizligi birinchi navbatda 
iqtisodiyotning samaradorligi bilan ta’minlanishi kerak, ya’ni iqtisodiyot yuqori 
mehnat unumdorligini ta’minlash, mahsulot sifatini oshirish, raqobatbardoshlikni 
ta’minlash asosida o’zini o’zi himoya qilishi zarur. Bu esa davlat organlari, 
iqtisodiyotning barcha bo’g’inlari va tashkiliy tuzilmalari tomonidan qo’llab-
quvvatlanishi kerak. 

Download 1.46 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Download 1.46 Mb.
Pdf ko'rish