• Iqtisodiy xavfsizlikning quyidagi indikatorlari ajratib ko’rsatiladi
  • Iqtisodiy xavfsizlikning quyidagi turlari mavjud




    Download 1.46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/45
    Sana30.01.2023
    Hajmi1.46 Mb.
    #40221
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
    Bog'liq
    2iqtisodiy xavfsizlik
    Sonni kasrini toping, LcVJb5VVH5jKoS2M-49, a0XqCP7LkvMiISuYw09micep853GqwWGFB62FNYu 2, bed66118ac597e1d9235b7cd898c7b5e @mustaqilishlar Kon elektromexanika, 7-sinf jurnali, 770763 (1), Qishloq xojaligi mashinalari va chorvachilik fermalarining mashina detallarini tamirlash jihozlari, file, PASPORT[1]
    Iqtisodiy xavfsizlikning quyidagi turlari mavjud: 

    ishlab – chiqarish –texnologik sohalardagi xavfsizlik

    sanoat sohasidagi xavfsizlik; 

    oziq-ovqat xavfsizligi; 

    demografik xavfsizlik; 

    moliyaviy xavfsizlik; 

    axborot xavfsizligi; 

    tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi xavfsizlik va h.k. 
    Iqtisodiy xavfsizlikning quyidagi indikatorlari ajratib ko’rsatiladi: 




    yalpi ichki mahsulot hajmining o’sishi; 

    aholining turmush darajasi va sifati; 

    inflyatsiya darajasi; 

    ishsizlik darajasi; 

    iqtisodiyot tarkibi; 

    davlat qarzi; 

    jamiyatning mulkiy tabaqalanishi; 

    iqtisodiyot va jamiyatning kriminallashuvi; 

    ishlab chiqarishning texnik va texnologik holati; 

    raqobatbardoshlik; 

    importga bog’langanlik; 

    xufiyona iqtisodiy faoliyat miqyosi

    oltin valyuta zahiralari. 
    Iqtisodiy xavfsizlikni mezonlarga asoslangan holda o’rganish deganda,
    iqtisodiyot holatini umumlashtirilgan holda, ya’ni resurs salohiyati va uning 
    rivojlanish 
    imkoniyatlari, 
    resurslardan 
    foydalanish 
    samaradorligi 
    darajasi, 
    raqobatbardoshligi va hokazolarni baholash tushuniladi. 
    Iqtisodiy xavfsizlik milliy xavfsizlikning muhim tarkibiy qismi bo’lganligi bois 
    ham uni ta’minlash muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
    O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash mamlakatning 
    har 
    sohasida 
    yuksalishini 
    asosiy 
    shartlaridan 
    biri 
    bo’lib hisoblanadi. 
    Mutaxassislarning fikricha, “ushbu dolzarb masalada yengil fikrlash yoki muqarrar 
    xavfga bepisandlik bilan qarash, uni kamaytirib ko’rsatish qanday oqibatlarga olib 
    kelganligi haqida tarixdan istalgancha misollar keltirish mumkin”
    4

    Iqtisodiy xavfsizlik davlat xavfsizligi tizimidagi muhim yo’nalish bo’lib, 
    mamlakat mudofaa qobiliyatini ta’minlash, jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni saqlash, 
    ekologik halokatlardan himoya qilish kabi yo’nalishlar bilan bir qatorda turadi. Mana 
    shu yo’nalishlar bir – birini to’ldirib turadi va bir-biri bilan uzviy bog’liqdir. CHunki, 
    mamlakat iqtisodiyoti baquvvat bo’lmasa, u barqaror rivojlanmasa, ushbu 
    mamlakatning mudofaa qobiliyatini ta’minlash mushkul bo’lib qoladi. Ayni paytda, 
    mamlakatda ijtimoiy barqarorlik ta’minlanmas ekan, uning mudofaa qobiliyati ham 
    mustahkam bo’lmaydi va iqtisodiyoti samarali rivojlanmaydi. 
    Iqtisodiy xavfsizlik tushunchasining mazmun va mohiyatini yoritib berishdan 
    oldin milliy xavfsizlik tushunchasiga to’xtalib o’tish kerak bo’ladi. Milliy xavfsizlik
    manfaatlarni himoyalashning umumiy shakli sifatida manfaat va ehtiyojlarni 
    qondirish, moddiy, ma’naviy, umuminsoniy qadriyatlardan bahramand bo’lish va 
    farovonlikka intilish to’g’risidagi barcha tasavvurlarni ifodalaydi. Mamlakatning 
    milliy xavfsizligi uning milliy manfaatlarini turli siyosiy, harbiy, iqtisodiy, ekologik, 
    g’oyaviy va boshqa omillar ta’siri va tahdidlardan himoya qilishga yo’naltiriladi. 
    SHuning uchun ham milliy xavfsizlik tarkibi murakkab tuzilishga ega bo’lib, siyosiy, 
    harbiy, iqtisodiy, ekologik, g’oyaviy, mafkuraviy, axborot xavfsizligini o’z ichiga 
    oladi (1-rasm). 
    4
    Abdusamеdov N. Iqtisodiy xavfsizlik. Toshkеnt, 2008. 9 – b. 



    1-rasm. Milliy xavfsizlik turlari 
    Iqtisodiy xavfsizlik mamlakatning iqtisodiy jihatdan mustaqil, barqaror 
    rivojlanishiga qodirligini ta’minlashga yo’naltirilgan.
    Respublikamizda iqtisodiy xavfsizlik masalasi mamlakat milliy xavfsizligining 
    bir qismi sifatida birinchi marta O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning 
    «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va 
    taraqqiyot kafolatlari» kitobida ko’rib chiqildi. Unda mamlakatning milliy 
    xavfsizligi, uning ajralmas qismi bo’lgan iqtisodiy xavfsizlik masalalari nazariy 
    jihatdan chuqur tahlil qilindi. 
    Hozirgi paytda iqtisodiy xavfsizlik bu – mamlakat iqtisodiyotini doimiy 
    barqaror 
    rivojlantirish 
    va 
    takomillashtirishga 
    qaratilgan 
    chora-tadbirlarning 
    umummilliy majmuasi bo’lib, u albatta davlatning ijtimoiy-siyosiy barqarorligi va 
    mustaqilligini hamda tashqi va ichki tahdidlarga qarshi turish mexanizmini ko’zda 
    tutadi. 
    Ilmiy adabiyotlarda va darsliklarda «iqtisodiy xavfsizlik» tushunchasining 
    turlicha talqinlari berilgan. Bir guruh olimlar mazkur tushuncha mazmunini 
    mamlakatning 
    yetarli 
    mudofaa 
    salohiyatini, 
    davlat 
    siyosatining 
    ijtimoiy 
    yo’naltirilganligini, milliy manfaatlarni himoya qilishni kafolatlashga qodir bo’lgan 
    iqtisodiyot va hokimiyat institutlarining ahvoli sifatida ta’riflaydi.
    5
    Boshqa bir guruh olimlar esa o’rganilayotgan tushunchani hokimiyat 
    institutlarining iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan, milliy manfaatlarni himoya 
    5
    Экономическая безопасность. Производство, финансы, банки. М.: ЗАО «Финстатинформ», 1998, с.12 
    MILLIY 
    XAVFSIZLIK 
    Siyosiy 
    xavfsizlik 
    Ekologik 
    xavfsizlik 
    G’oyaviy 
    xavfsizlik 
    Axborot 
    xavfsizligi 
    Harbiy 
    xavfsizlik 
    Iqtisodiy 
    xavfsizlik 



    qilish va ro’yobga chiqarish hamda jamiyatning ijtimoiy-siyosiy barqarorligini 
    ta’minlash mexanizmlarini yaratishga qodirligi va tayyorligi, deb talqin qiladilar.
    6
    A. Isaxodjaev va A. Rasulevlarning fikricha, iqtisodiy xavfsizlik bu faqat 
    milliy manfaatlarni himoya qilishdan iborat bo’lmay, davlat hokimiyati institutlari
    ijtimoiy assotsiatsiyalar, xususiy sektorning mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining 
    milliy manfaatlarini amalga oshirish va himoya qilish mexanizmini yaratish, 
    jamiyatning ijtimoiy-siyosiy barqarorligini ta’minlashga tayyorligi va qobiliyatidir
    7
    .
    “Iqtisodiy xavfsizlik” deganda iqtisodiyotning mamlakat ijtimoiy, siyosiy va 
    mudofaa qobiliyatining yetarli darajasini ta’minlash imkonini beradigan holati 
    tushuniladi. “Iqtisodiy xavfsizlik” – bu xalqning (davlat orqali) mustaqil ravishda, 
    tashqaridan bo’ladigan aralashish va taziqlarsiz o’z iqtisodiy taraqqiyot yo’li hamda 
    shakllarini belgilashidir. “Iqtisodiy xavfsizlik” – bu nafaqat milliy manfaatlarni 
    himoyalanganligi, 
    balki 
    hokimiyat 
    institutlarining 
    mamlakat 
    iqtisodiyotini 
    rivojlantirish borasidagi milliy manfaatlarni amalga oshirish va himoyalash 
    mexanizmlarini yaratishga bo’lgan tayyorligi va qobiliyati hamdir. 
    Rossiyalik mashhur olim, akademik L. Abalkin «iqtisodiy xavfsizlik» 
    tushunchasining uchta asosiy elementini ajratib ko’rsatgan. Bular: iqtisodiy 
    mustaqillik, milliy iqtisodiyotning barqarorligi, mamlakatning o’z-o’zidan rivojlanish 
    va taraqqiy etishga qodirligi.
    8
    L.Abalkinning fikricha, iqtisodiy mustaqillik absolyut xarakterga ega emas, 
    chunki xalqaro mehnat taqsimoti milliy iqtisodiyotlarni bir-biriga bog’liq qilib 
    qo’yadi. Bunday sharoitlarda iqtisodiy mustaqillik milliy resurslarni nazorat qilish 
    imkoniyatini bildiradi. Ishlab chiqarish, samaradorlik va mahsulot sifatining shunday 
    darajasiga erishish kerakki, u mahsulot raqobatbardoshligini ta’minlasin va jahon 
    savdosida, kooperatsiya aloqalarida va fan-texnika yutuqlarini ayirboshlashda teng 
    ishtirok etish imkoniyatini bersin. Milliy iqtisodiyotning barqarorligi esa 
    mulkchilikning barcha shakllarini himoya qilish, tadbirkorlik faolligi uchun sharoit 
    va kafolatlarni yaratish, barqarorlikka putur yetkazishi mumkin bo’lgan omillarga 
    (masalan, iqtisodiyotda kriminal tuzilmalar bilan kurash, og’ir ijtimoiy oqibatlarga 
    olib kelishi mumkin bo’lgan daromadlar taqsimlanishida katta tafovutlarga yo’l 
    qo’ymaslik) to’siq bo’lish imkoniyatlarini bildiradi. 
    6
    Shu manba, 12 – b.
    7
    Isaxodjaеv A., Rasulеv A. Xufyona iqtisodiyot va iqtisodiy xavfsizlik. –T.: O’zbеkiston Rеspublikasi IIV 
    Akadеmiyasi, 2004, 157-bеt 
    8
    Абалкин Л. Экономическая безопасность России: угрозы и их отражение.// Вопросы экономики. 1994, №12, с. 
    45 

    Download 1.46 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




    Download 1.46 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Iqtisodiy xavfsizlikning quyidagi turlari mavjud

    Download 1.46 Mb.
    Pdf ko'rish