• “Iqtisodiy xavfsizlik” tushunchasi: uning ta’rifi va mazmuni.
  • Termiz davlat universiteti




    Download 1.46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/45
    Sana30.01.2023
    Hajmi1.46 Mb.
    #40221
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
    Bog'liq
    2iqtisodiy xavfsizlik
    Sonni kasrini toping, LcVJb5VVH5jKoS2M-49, a0XqCP7LkvMiISuYw09micep853GqwWGFB62FNYu 2, bed66118ac597e1d9235b7cd898c7b5e @mustaqilishlar Kon elektromexanika, 7-sinf jurnali, 770763 (1), Qishloq xojaligi mashinalari va chorvachilik fermalarining mashina detallarini tamirlash jihozlari, file, PASPORT[1]
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
    2 – mavzu.
     
    “Iqtisodiy xavfsizlik” tushunchasi: uning ta’rifi va 
    mazmuni. 
     
    XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab jahon iqtisodiyotida katta o’zgarishlar 
    amalga osha boshladi. Bu integratsiya jarayonlarida va xalqaro mehnat taqsimotida
    globallashuv jarayonlarining tezlashuvida namoyon bo’ldi. Jahon mamlakatlarining 
    taraqqiyot darajasidagi tafovutlarning kuchayib borishi va rivojlangan davlatlar 


    11 
    tomonidan teng bo’lmagan iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirilishi, ya’ni 
    bilvosita nazorat qilish (investitsiyalar kiritish, kredit va subsidiyalar berish yo’li 
    bilan) siyosatini amalga oshirish, ba’zi hollarda siyosiy tazyiq o’tkazish kabi 
    hodisalar ham hozirgi davrning xususiyatlaridan biriga aylanib bormoqda. Iqtisodiy 
    jihatdan qaram mamlakatlarga savdo embargosi orqali siyosiy shartlar qo’yish 
    amaliyotini, buning oqibatlarini boshdan kechirgan Iroq, Eron, Liviya, Kuba kabi 
    mamlakatlar misolida ko’rish mumkin. 
    Ma’lum davrlarda jahon iqtisodiyotida, alohida olingan mintaqalarda, 
    mamlakatlarda sodir bo’ladigan turli inqirozlar milliy, shu jumladan iqtisodiy 
    xavfsizlikni ta’minlash muammolarining dolzarbligini oshiradi. Ma’lumki, AQSH 
    ipotekali kreditlash tizimidan boshlanib, keyinchalik jahon iqtisodiyotini qamrab 
    olgan “moliyaviy-iqtisodiy inqiroz ko’plab mamlakatlarda ishlab chiqarish va 
    iqtisodiy o’sish sur’atlarining keskin pasayib ketishi bilan bog’liq ishsizlik va boshqa 
    salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi”
    12
    . Bunday sharoitda milliy manfaatlarni himoya 
    qilish, mamlakatda iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, aholini turmush 
    darajasini pasayib ketishini oldini olish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada 
    zaruriy chora-tadbirlarni belgilash uchun esa tahdidlarning xarakteri, miqyosi, 
    ularning oqibatlarini bilish kerak bo’ladi. 
    Hozirga kelib O’zbekiston integratsiyalashgan global iqtisodiy makonning, 
    global moliyaviy- iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismiga aylandi.
    O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning “Jahon moliyaviy-
    iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari” 
    asarida ta’kidlanganidek, buning tasdig’ini respublikaning tashqi dunyo bilan 
    aloqalarining tobora kuchayib borayotganida, taraqqiy topgan yetakchi davlatlar 
    ko’magida iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, modernizatsiya qilish, texnik va 
    texnologik qayta jihozlash bo’yicha dasturlarni amalga oshirilayotganligida, 
    O’zbekistonning xalqaro savdo tizimiga integratsiyalashuvida va boshqalarda ko’rish 
    mumkin.
    Bunday sharoitda mamlakat korxonalarini tashqi bozorlarda raqobatbardosh 
    bo’lishini ta’minlash, dunyo bozorlari talabiga javob beradigan mahsulotlar ishlab 
    chiqarish, eksportni rag’batlantirish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini 
    oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyotning raqobatbardoshligini ta’minlash 
    esa mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashning muhim omili bo’lib hisoblanadi. 
    Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni ham, milliy xavfsizlikni 
    ham birdek ta’minlash davlatning eng asosiy funksiyalaridan biri bo’lib hisoblanadi.
    Amerikalik mutaxassislarning fikriga ko’ra, iqtisodiy xavfsizlik ta’minlanishi 
    uchun kamida ikkita shart bajarilishi kerak: 
    – birinchisi, mamlakatning iqtisodiy mustaqilligini, xo’jalikning taraqqiy 
    etishiga tegishli bo’lgan qarorlarni o’z manfaatlaridan kelib chiqib qabul qilish 
    qobiliyatini saqlab qolish; 
    – ikkinchisi, aholining erishilgan turmush darajasini saqlab qolish va uni 
    yanada yuksaltirish imkoniyatlarining mavjud bo’lishi
    13
    .
    12
    I.Karimov Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va 
    choralari. Toshkеnt, “O’zbеkiston”, 2009. 4 – b .
    13
    Богданов И.Я. Экономическая безопасность России. Теория и практика. М., 2001. с.21 


    12 
    SHundan kelib chiqiladigan bo’lsa, iqtisodiy xavfsizlik – bu eng avvalo 
    mamlakatning milliy manfaatlarini himoyalanganligidir. 
    Har qanday fanning predmeti va ob’yekti mavjud bo’lganidek “Iqtisodiy 
    xavfsizlik” fanining ham o’z ob’yekti va predmeti mavjud.
    Bir tomondan iqtisodiy tizimning ob’yektiv himoyalanish hususiyatlari, unga 
    xavf soladigan kuch va omillarga qarshi turish mexanizmini, ikkinchi tomondan, 
    davlatning himoyachi sifatidagi funksiyalari, shu maqsadda tashkil etiladigan 
    institutlarni o’rganish ushbu fanning predmeti bo’lib hisoblanadi. 
    Milliy iqtisodiyot va unda amalga oshadigan jarayonlar “Iqtisodiy xavfsizlik” 
    fanining ob’yektini tashkil etadi. 
    Davlat, jamiyat va shaxsning muhim hayotiy manfaatlaridan kelib chiqqan 
    holda mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash borasida nazariy va amaliy bilimlar 
    berish fanning maqsadi bo’lib hisoblanadi. 

    Download 1.46 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




    Download 1.46 Mb.
    Pdf ko'rish