2.4-jadval
O‘quv maqsadlari toifasi
|
O‘zlashtirish darajasi
|
Bilish
|
1
|
Tushunish
|
1
|
Qo‘llash
|
2
|
Tahlil
|
3
|
Sintez
|
3
|
Baholash
|
3
|
Test topshiriqlari orqali o‘quv materialini turli o‘zlashtirish darajasini tekshirish mumkin.
Bu belgiga ko‘ra to‘rtta o‘zlashtirish darajasi farqlanadi.
axborotni tanish, eslash, qayta takrorlash. Bu qo‘yidagi o‘quv maqsadi toifalariga mos keladi – bilish, tushunish;
reproduktiv fikrlash. Bu qo‘llash o‘quv maqsadi toifasiga mos keladi.
produktiv fikrlash. Bu – tahlil, sintez, o‘quv maqsadi toifalariga mos keladi.
izlanish - ijodiy fikrlash. Bu ko‘proq baholash o‘quv maqsadi toifasiga mos keladi.
O‘quv materialini o‘zlashtirishning ma’lumotni tanish, eslash, qayta takrorlash darajasini tekshirish uchun test topshiriqlari, xotira faoliyati bilan bog‘liq bilimlarni tekshirishda ishlatiladi.
Reproduktiv o‘zlashtirish darajasini tekshirish uchun test topshiriqlari talabadan oldin o‘rganilgan namuna asosida mustaqil faoliyat ko‘rsatishni talab qiladi.
Produktiv o‘zlashtirish darajasini tekshirish uchun test topshiriqlari talabadan o‘zlashtirilgan bilimlarni mustaqil ishlatib, boshqa turdagi masalalarni echishni talab qiladi. Bu faoliyat talabaning o‘zi masalani echish algoritmini tuzishi bilan xarakterlanadi. Odatda bu ma’lum qoida va formulalar majmuasini nostandart masalalarni echishda qo‘llash orqali amalga oshiriladi.
Produktiv o‘zlashtirish darajasini tekshirish topshiriqlari eng katta diagnostik va didaktik ahamiyatga ega. Ularni bajarish mantiqiy fikrlashni talab qiladi. Bu testlar o‘z mohiyatiga ko‘ra ko‘nikmalarni baholaydi.
Bunday testlar o‘quv fanning o‘zlashtirilishini yakuniy baholash bosqichida qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Produktiv o‘zlashtirish darajasini tekshirish test topshiriqlari murakkab hisob-kitoblardan iborat bo‘lishi shart emas.
Bunday topshiriqlar bosh xususiyatlaridan biri mantiqiy asoslangan xulosalar zanjirini yasashdan ibratligidir.
Izlanish ijodiy darajadagi testlar talabadan nostandart yondashuv, tasavvur, ijod, fantaziya, intuitsiyani talab etadi. Bu eng murakkab oliy darajadagi testlar. Bunday testlar fan olimpiadalarida qo‘llanilishi maqsadga muvofiqdir.
Pedagogik texnologiyalarda testlar ishlab chiqarish jarayonidagi o‘lchov asboblar rolini bajaradi. Ishlab chiqarishda texnologik jarayon natijasida ishlab chiqarilgan mahsulot o‘lchov asboblar orqali nazorat qilinganidek, o‘qitish jarayonida testlar rejalashtirilgan natijalarga erishishni ta’minlaydi.
Test topshiriqlarini turli shakllarda tuzish mumkin. Eng ko‘p ishlatiladigan shakllar: yopiq, ochiq, muvofiqligni o‘rganish, ketma-ketlikni tartibga solish va h. k.
YOpiq test topshiriqlari shart va javoblardan iborat. Bunday vazifa yopiq deb atalishining sababi shundaki, sinaluvchi unga berilgan javoblardan to‘g‘risini tanlash kerak, u o‘z javobini berish imkoniyatiga ega emas.
Berilgan beshta javobdan bittasi to‘g‘ri bo‘lishi tavsiya etiladi. Bunday vaziyatda to‘g‘ri javobni tasodifan topish imkoniyati juda past. Test shunday tuzilishi kerakki, unga javob berilganda sinaluvchi o‘z bilimlarini ishlatib, barcha javoblarni tahlil qilishi kerak.
Javoblar mazmunan bir-biriga juda yaqin bo‘lishi, to‘g‘ri javobni tanlashning «yuzaki» yo‘li bo‘lmasligi kerak.
|