YAponiyaning zamonaviy pedagog-olimlari bolani kuniga 200 martagacha erkalatishni tavsiya beradilar. Bu zamonaviy g‘oyalarning debochasi, buyuk ajdodimiz Al-Buxoriyning «Hadis» kitobida «Bolaga rahmdillik qilmoq, uni o‘pib quchoqlamoq haqida» bobida yoritilgan. SHaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalarning o‘zagi shaxslar o‘rtasidagi yuqori qadriyatlarga, teng huquqlilikka asoslangan munosabat hisoblanadi. Bu qadriyatlar Al-Buxoriyning «Hadis» kitobida «SHirin so‘z odam haqida», «So‘kmoq va la’natlamoq ta’qiqlanganligi haqida» boblarida namoyon etilgan. Unda shaxsni so‘kish uni o‘ldirish bilan tenglashtirilgan.
Xulosa qilib ta’kidlash lozimki, ajoyib shaxsiy fazilatlarga asoslangan ta’limimiz, jahon fanning shakllanishiga va rivoji o‘zining munosib xissa qo‘shgani bilan ajralib turadi. Abu Ali ibn Sino, A.Beruniy, Al-Xorazmiy, M.Ulug‘bek, Al-Buxoriy, A.G‘ijduvoniy, B.Naqshbandiy, A.Navoiy, Z.Bobir kabi buyuk ajdodlarimizning ta’limoti, jahon sivilizatsiyasidagi bebaho ulushini bugungi kunda butun dunyo tan olmoqda.
Pedagogika fanining rivojlanishiga Evropa buyuk pedagog-olimlari hissa qo‘shgan, jumladan: italiyalik Vittarino di Feltre, fransuz Fransua Rable, ingliz Tomas More, nemis A.Distruverg, rus K.D.Ushinskiy va boshqalarni ta’kidlab o‘tish mumkin.
Bular gumanistik tarbiyani, mustaqil fikrlashni rivojlanishini, ijodni, faolligini, ko‘rgazma materiallarni keng foydalanishini, nazariy ta’limni mehnat bilan bog‘lanish tarafdori edilar. Ular pedagogik jarayonda o‘quvchilarni sub’ekt deb hisoblar edilar.
SHaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalar insonning aqliy qobiliyatlarini ochishiga xizmat qiladi.
|