3.2-rasm. «Muammoli o‘qitishning» blok-sxemasi.
3.3-rasm. Muammoli o‘qitishning texnologik sxemasi
BKM–bilim, ko‘nikma, malaka
AFU – aqliy faoliyat usullari
Agar inson muntazam tayyor bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga o‘rgatilgan bo‘lsa, uning tabiiy ijodiy qobiliyatini so‘ndirish ham mumkin; u mustaqil fikrlashni «esdan chiqaradi» Fikrlash jarayoni muammoli masalalarni echishda a’lo darajada namoyon bo‘ladi va rivojlanadi.
Muammoli o‘qitishda kechadigan jarayonlarning psixologik mexanizmi quyidagicha bo‘ladi: inson ziddiyatli, yangi, noma’lum muammoga (muammo – murakkab nazariy yoki amaliy masala bo‘lib, yashirin ziddiyatlarni qamrab oladi, uning echimi turli, hatto muqobil vaziyatlarni talab etadi) duch keladi, unda hayratlanish, ajablanish holati paydo bo‘ladi, «gap nimada?» degan savol tug‘iladi.
O‘quvchi noma’lum echimni topish uchun mustaqil yoki o‘qituvchi yordamida izlanadi. Muammoni jamoaviy hal etishda paydo bo‘luvchi, sub’ekt-ob’ekt-sub’ekt munosabatlari ijodiy fikrlashni faollashtirishga olib keladi.
Muammoli o‘qitishning asosiy belgisi, bu ilmiy, o‘quv yoki barcha faoliyat turlarida paydo bo‘ladigan zaruriy ob’ektiv qarama-qarshiliklar aksi hisoblanadi. Bu esa barcha sohalarning harakatlantiruvchi va rivojlantiruvchi manbaidir. SHu sababli muammoli o‘qitishni rivojlantiruvchi deb atash mumkin, zero uning maqsadi – bilimlarni, farazlarni shakllantirish, ularni ishlab chiqish va echishdan iboratdir. Muammoli o‘qitishda fikrlash jarayoni faqat muammoli vaziyatni echish maqsadida joriy etiladi, u nostandart masalalarni echish uchun zarur bo‘lgan fikrlashni shakllantiradi.
Muammoli o‘qitish samaradorligining to‘rtta bosh sharti mavjud:
muammo mazmuniga qarab etarli qiziqish uyg‘otishni ta’minlash;
muammo echimidagi har bir bosqichda paydo bo‘ladigan ishlarni bajara olish mumkinligini ta’minlash (ma’lum va noma’lumlar nisbatining maqbulligi);
muammo echimida olinadigan axborotni o‘quvchilar uchun muhimligi;
pedagog va o‘quvchi orasidagi munosabat xayrixohlik ruhida kechishi, ya’ni o‘quvchilar tomonidan bildirilgan barcha fikr va farazlar e’tibor va rag‘batsiz qolmasligi zarur;
Muammoli o‘qitishning bosh psixologik-pedagogik maqsadlari quyidagilardan iborat:
talabaning fikrlash doirasini va qobiliyatlarini o‘stirish, ijodiy ko‘nikmalarini rivojlantirish;
muammoni mustaqil echishda va faol izlanish davrida olingan bilim va ko‘nikmalarni talabalar tomonidan o‘zlashtirilishi, buning natijasida ushbu bilim va ko‘nikmalar an’anaviy o‘qitishdagidan ko‘ra ancha mustahkam bo‘ladi;
nostanart muammolarni ko‘ra oluvchi, qo‘ya oluvchi va echa oluvchi o‘quvchining faol ijodiy shaxsini tarbiyalash;
kasbiy muammoli fikrlashni rivojlantirish – har bir aniq faoliyatda o‘zining xususiyatlariga ega.
Har qanday o‘quv materiali ham muammoli bayon etishga mos kelavermaydi. O‘quvchilarga fan tarixini o‘rgatishda muammoli vaziyatlarni yaratish oson. Farazlar, echimlar fandagi yangi ma’lumotlar takroriy bosqichidagi an’anaviy tasavvurlarning inqirozi, muammoga yangicha yondashuvlarni izlash va hokazolar muammoli bayon etish uchun mos keluvchi mavzular hisoblanadi. Kashfiyotlar tarixi orqali izlanish mantiqini egallash – muammoli fikrlashni shakllantirishning asosiy istiqbolli yo‘llardan biridir. O‘qitishning an’anaviy usulidan muammoliga o‘tish muvaffaqiyati, quyidagi ikki omil bilan belgilanadigan «muammolik darajasi»ga bog‘liq bo‘ladi:
muammoning murakkablik darajasi – mazkur muammo doirasida talaba uchun ma’lum va noma’lumlar nisbatiga ko‘ra aniqlanadi;
muammo echimida o‘quvchilar ijodiy ishtirokining ham jamoaviy ham shaxsiy hissalari hisobga olinadi.
Muammoli o‘qitishning uchta asosiy shakli mavjud:
|