Muammoli o‘qitish, o‘qitishning eng tabiiy samarali usulidir, chunki ilmiy bilimlar mantiqi o‘zida muammoli vaziyatlar mantiqini namoyish etadi.
Muammoli vaziyatlar kiritilib, an’anaviy, bayon etish o‘quv materialining eng optimal tarkibi hisoblanadi. Pedagog muammoli vaziyat yaratadi (3.3-rasm), o‘quvchini uni echishga yo‘naltiradi, echimni izlashni tashkil etadi. Muammoli o‘qitishni boshqarish, pedagogik mahoratni talab etadi, chunki muammoli vaziyatning paydo bo‘lishi individual holat bo‘lib, tabaqalashtirilgan va individuallashtirilgan yondashuvni talab etadi.
Muammoli o‘qitish, ijodiy jarayondan nostandart ilmiy-o‘quv masalalarni nostandart usullar bilan echishni taqozo etadi. Talabalarga mashq uchun beriladigan masalalar, olingan bilimlarni mustahkamlash va malakalar hosil qilish uchun xizmat qilsa, muammoli masalalar esa faqat yangi echimlar izlashga qaratiladi.
O‘quv materialini muammoli taqdim etilishining mohiyati shundaki, unda o‘qituvchi bilimlarni tayyor holda taqdim etmasdan, o‘quvchilar oldiga muammoli masalalar qo‘yadi, ularni echimining yo‘llari va vositalarini izlashga undaydi. Muammo, yangi bilimlar va harakat usullar sari, o‘zi yo‘lga boshlaydi.
SHuni qat’iyatlik bilan ta’kidlash lozimki, bu erda yangi bilimlar ma’lumot uchun emas, balki muammo yoki muammolarni echimi uchun beriladi. An’anaviy pedagogik usuldagi – bilimlardan muammoga qarab – o‘quvchilar mustaqil ilmiy izlanish ko‘nikma va malakalarini hosil qila olmaydi, chunki ularga o‘zlashtirish uchun tayyor natijalar taqdim etiladi.
|