Termiz davlat universiteti




Download 1,62 Mb.
bet60/121
Sana29.12.2020
Hajmi1,62 Mb.
#13005
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   121
Masofaviy o‘qitishda o‘quv jarayoni ketma-ket keladigan muloqotda bo‘lish va muloqotda bo‘lmagan davrlardan iborat.
O‘qitish shakllarining barcha turlari, o‘quv jarayoni muloqotda bo‘lish davrida va muloqotda bo‘lmagan davrida o‘z xususiyatiga ko‘ra qo‘llaniladi.

Moliyaviy-iqtisodiy tizim. Bu masofaviy o‘qitish tizimida eng ahamiyatli omillardan biri bulib, bozor iqtisodi sharoitida u faqat o‘z-o‘zini moddiy ta’minlab qolmay, balkim, o‘quv tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga olib keladi. SHuning uchun har bir o‘qituvchi o‘qitish tizimi iqtisodiyoti bilan tanish bo‘lishi kerak.

CHet el tajribalari bu masofaviy o‘qitish tizimining samaradorligini ko‘rsatdi, ammo har bir konkret holatni iqtisodiy va pedagogik nuqtai nazardan baholash lozim.



Me’yoriy-huquqiy tizim. O‘qitish tizimining rivojlanish asosi sifatida bu sohadagi qonunchilikning rivojlanishi va mukammalligi xizmat qiladi.

O‘quv qonunchiligining predmeti – pedagogik munosabatlardir, qolganlari esa, ya’ni, boshqaruv, mulkiy, moliyaviy va hokazo ishlab chiqarish xarakteriga ega. O‘qitish muassasasining faoliyati «Ta’lim to‘g‘risidagi qonun», Nizom, Davlat ta’lim standartlari, namunaviy o‘quv dasturlar, rejalar, yo‘riqnomalar, buyruqlar, kollegiya va ilmiy kengash qarorlariga asoslanadi.



Marketing tizimi. Bozor iqtisodi sharoitida tizim samaradorligini ta’minlash uchun, har bir muassasa, shu jumladan o‘quv muassasasi ham marketing xizmatini tashkil qilishi kerak. Har bir muassasa, shu jumladan o‘quv muassasasining marketing xizmatini tashkil qilish bozor iqtisodi sharoitida samarali faoliyat qilish uchun kerak.

Masofaviy o‘qitish tizimida marketing an’anaviy vazifalarni bajaradi, ya’ni, ishlab chiqarishni boshqarish va mahsulotni sotish, talablarni aniqlashga yo‘naltirilgan, o‘quv muassasasi faoliyatini iste’molchi bozoriga moslashtiradi.

Masofaviy o‘qitish tizimini tashkil etishda marketingning quyidagi asosiy tamoyillardan foydalaniladi:


  • ta’lim xizmatlari bozorida talabni va uning o‘sish dinamikasini hisoblash, yo‘nalishlarni aniqlash, kerak bo‘lgan mutaxassislarning soni va sifatini aniqlash;

  • ta’lim xizmatlari ishlab chiqarishini bozor talablariga makimal darajada moslash (o‘quv rejalar va o‘quv dasturlar, o‘quv-uslubiy adabiyot, o‘qituvchilar tayyorlash va h.z);

  • masofaviy o‘qitish tizimini tashkil etishda iste’molchi, jamiyat va ta’lim muassasasi manfaatlarini uyg‘unlashtirish;

  • ta’lim xizmatlarini targ‘ibot qilish (milliy va xalqaro masshtabda);





Download 1,62 Mb.
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   121




Download 1,62 Mb.