Termiz davlat universiteti




Download 1,62 Mb.
bet81/121
Sana29.12.2020
Hajmi1,62 Mb.
#13005
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   121
1-savol bayoni:

Muloqot-pedagogik faoliyatning muhim kasbiy qurolidir. Pedagogik muloqot- o’qituvchi va o’quvchilarning qulay psixologik muhit yaratishga yo’naltirilgan dars va darsdan tashqari vaqtdagi professional muloqotdir.

Noto’g’ri pedagogik muloqot – qo’rqinch tug’ilishiga diqqatni, xotirani, ishchanlikni pasayishiga, nutqni rivojlantirishni buzilishiga, natijada steriotip (bir xil) fikrlashga, mustaqil fikrlashning pasayishiga olib kelishi mumkin. Oqibat natijada o’qituvchiga, keyin esa predmetlarga nisbatan salbiy munosabatlarni qaror toptishiga sabab bo’ladi.

Pedagogik muloqot funktsiyalari.

Pedagogik muloqot ijtimoiy-psixologik jarayon sifatida quyidagi funktsiyalar bilan xarakterlanadi:

Shaxsni anglab etish, axborot almashinuvi, faoliyatni tashkil etish, rollarni almashinuvi, hamdard bo’lishlik, o’z mavqeini anglab etish.

Muloqotning axborot funktsiyasi, ma’naviy fikrlar va materiallarni almashishni ta’minlagan holda, birgalikda izlanishga, o’ylashga, o’quv-tarbiya jarayonining ijobiy motivlarini yaratishga sharoit ochib beradi.

Shaxs faoliyati sharoitni yaratgan holda, shaxs tomonidan bajariladigan rolli muloqot, undagi u yoki bu ijtimoiy xulq-atvor o’rnini belgilaydi. Ijtimoiy rollarni almashinuvi shaxsning ko’p qirrali namoyon bo’lishini, «niqobni tashlash», kishini kishi tomonidan idrok qilish jarayoniga yordam bergan holda, boshqaning roliga kirish imkoniyatini ta’minlaydi.

Pedagogik muloqotning tuzilishi.

Professional pedagogik jarayon tuzilishiga quyidagilar kiradi:



  1. Sinf bilan bo’ladigan muloqotni oldindan modellashtirish (andozasini oldindan tayyorlash).

  2. Boshlang’ich muloqot paytidayok bevosita muloqotni tashkil etish.

  3. Pedagogik jarayon paytida muloqotni boshqarish.








Download 1,62 Mb.
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   121




Download 1,62 Mb.