2-savol bayoni:
Muloqot o’z navbatida ikki xil tomonga ega: munosabat va o’zaro ta’sir. Bu xuddi aysbergning suv osti va suv usti qismlariga o’xshaydi. Bunda ko’rinadigan tomoni- nutq va nutqsiz xatti-harakatlar, ko’rinmaydigan ichki tomoni – ehiyojlar, motivlar, qiziqishlar, hissiyot va h.k.
Tekshirishlar shuni ko’rsatadiki, pedagogning bolalarga doimo ijobiy munosabati o’quv ishidagi va xulq-atvordagi kamchiliklarga ishni bilgan holda yondoshish, xotirjam va tekis ohangda o’quvchilarga murojaat qilish, o’quvchilarni erkin, xushmuomala, ishonuvchan bo’lishiga olib keladi. O’quvchilarga salbiy munosabatda bo’lish («sinflaring jonimga tegdi»), o’qituvchining tuturuqsiz pozitsiyasi (kayfiyatiga qarab o’zgarishi)unga bo’lgan ishonchsizlik va odamovilik,laganbardorlik kabi xususiyatlarni keltirib chiqaradi.
Psixologiyada jamoa a’zolari bilan muloqotda bo’lish texnikasini tahlil qilgan holda har xil rahbarlik qilish turlari ishlab chiqilgan. O’qituvchi ham o’z ta’sirini amalga oshiruvchi rahbar hisoblanadi. Rahbarlikning asosan uchta uslubi uchraydi.
Avtoritar uslub.
O’qituvchi bir o’zi guruh faoliyati yo’nalishini aniqlaydi, kim-kim bilan o’tirish, ishlash kerakligini ko’rsatadi, o’quvchilar tomonidan bo’ladigan har qanday tashabbuskorlik bo’g’iladi, o’quvchilar har xil gumonlar dunyosida yashaydi.
Demokratik uslub.
Demokratik uslub jamoatchilik fikrlariga tayangan holda ish yuritishda ko’rinadi. O’qituvchi faoliyat maqsadlarini har bir o’quvchi ongiga etkazishga harakat qiladi.
Liberal uslub.
Bu uslub-tartibsizliq, boshboshdoqlik va beparvolikdan iborat.
O’qituvchi jamoa hayotiga aralashmaslikka harakat qiladi. Faollik ko’rsatmaydi. Savollar nomiga ko’rib chiqiladi. Bu erda obru haqida so’z bo’lishi mumkin emas.
Pedagogik muloqot uslubi.
Munosabat uslubi va bolalarga rahbarlik qilish jarayonidagi o’zaro ta’sir xarakteri birgalikda pedagogik muloqot uslubini tashkil etadi.
Bular quyidagilar:
Birgalikdagi ijodiy faoliyatga, qiziqishga asoslangan muloqot.
Dustona munosabatga asoslangan muloqot.
Muloqot-masofa.
Muloqot-cho’chish.
Muloqot-hazil.
|