Anglash bosqichining ahamiyati. Anglash fazasida yangi axborot da’vat fazasida faollashtirilgan axborot bilan bog‘lanadi.
Bu bosqichning asosiy vazifasi, birinchidan, chaqiriq bosqichida yaratilgan qiziqish va harakatlanish inersiyasini, faollikni qo‘llab-qo‘vvatlashdan iborat. Ikkinchi muhim vazifasi talabalarda o‘z tushunishini kuzatishga doir intilishlarini qo‘llashdan iboratdir Sub’ektning ichki jarayonlari va holatlarini o‘zi tomonidan bilib borishi refleksiya (ba’zan meta-bilish) deb ataladi.
Refleksiya (lotincha reflexio- orqaga qaytish) falsafiy tushuncha bo‘lib, u individ ongida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar haqida o‘zining mulohaza yuritishini anglatadi. Refleksiya- bu sub’ektning faqatgina o‘zini-o‘zi tushunishi bo‘libgina qolmay, balki u «refleksiyalanuvchi»ni, uning shaxkiy xususiyatlari, ta’sirga javob berishining ifodalanganligi va bilishga oid tasavvurlarning oydinlashtirilishi va boshqalar tomonidan tushunilishini ham anglatadi.
Fazaning eng muhim vazifasi esa, yangi o‘quv materialining tushunilishiga erishishdan iboratdir. Faol talabalar xabarni eshitib, odatda savol beradilar yoki tushunmaganlarini keyinchalik aniqlash uchun yozib qo‘yadilar. Sust o‘kuvchilar esa bunday qilmaydilar, ular vujudga kelgan chalkashliklar, anglashilmovchiliklar haqida yoki nimanidir tushunmay qolganlarini o‘ylab ham ko‘rmaydilar.
Talabalar o‘z tushunishlarini kuzatganda, yangi axborotni o‘zlaridagi tasavvurlar bilan solishtiradilar, ongli ravishda yangilarni avval ma’lum bo‘lganlari bilan bog‘laydilar. Ular yangi tushunishni yaratish uchun eski va yangi bilimlar orasida ko‘priklar quradilar.(quyidagi chizmadagi kabi):
Fikrlash (mulohaza qilish) bosqichining ahamiyati. Bu fazada bilimlar mustahkamlanadi va o‘rganilayotgan masala bo‘yicha oldingi fazalarga nisbatan boshqacha (to‘laroq) tasavvur shakllanadi va «o‘qiganlik»ning ortishiga olib keladi. Talaba o‘z o‘quv maqsadiga erishgandagina bunday o‘zgarishlar sodir bo‘lishi mumkin. SHunday qilib, bu fazada talabani o‘qiganlikning pastroq darajasidan uning yuqoriroq darajasiga o‘tkazish sodir bo‘ladi. Bu talabaning yangi g‘oya va axborotlarni o‘z so‘zi bilan ifodalay olishida aks etadi. Talabalar o‘zlariga ko‘proq yoqqan narsani yaxshiroq eslab qoladilar.
Fikrlash bosqichida bir nechta muhim maqsadlarga erishish rejalashtiriladi. Birinchi navbatda, o‘kuvchilar yangi fikr va axborotlarni o‘z so‘zlari bilan ifodalashga harakat qilib ko‘rishlari kerak.
Agar sizga eslab qolish kerak bo‘lsa- unutasiz. Agar sizga tushunish kerak bo‘lsa- eslab qolasiz.
Ta’lim natijalarining qancha uzoq muddatga saqlanishi hamda tushunish darajasi turli odamlarda har xildir. Tushunganlarni o‘z so‘zlari bilan ifodalab, qayta tuzganda shaxsiy anglangan kontekst yuzaga keladi.
Fikrlash bosqichining ikkinchi maqsadi talabalar o‘rtasida fikrlar bilan jonli almashuv hisoblanadi, bu ularga o‘z so‘z boyligini kengaytirishga hamda boshqa talabalarning tasavvurlari bilan tanishishga imkon beradi.
O‘zgaruvchan tanqidiy fikrlash turli fikrlar rag‘batlantiriladigan muhitda kuchayadi. SHunda talabalar ularni hisobga olib, o‘z tasavvurlarini qurishlari mumkin.
Tanqidiy fikrlashning asoslari o‘qituvchiga shunday sharoitlar yaratadiki, natijada u quyidagilarga erishadi:
talabalarning fikrlashini faollashtiradi;
ta’lim (talabalar) maqsadini ajratadi;
faol munozaralaga imkoniyat yaratadi;
o‘qishga qiziqishni oshiradi;
faol o‘quv faoliyatin ta’minlaydi;
o‘zgarishlarni rag‘batlantiradi;
fikr yuritishni rag‘batlantiradi;
o‘kuvchilarga turli xil fikrlarni tinglashga imkoniyat beradi;
talabalarga o‘z savollarini berishda yordam beradi;
talabaga o‘z-o‘zini ro‘yobga chiqarishga imkon beradi;
talabalar tomonidan axborotlar qayta ishlanishini ta’minlaydi;
talabalarda tanqidiy fikrlashga imkoniyat yaratadi.
|