Beshinchi turdagi nizolarni




Download 1,62 Mb.
bet86/121
Sana29.12.2020
Hajmi1,62 Mb.
#13005
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   121
Beshinchi turdagi nizolarni aslida qo’shtirnoq ichiga olib aytish lozim. Bu turga kiruvchilar o’z kasbini sevgan, fidoiy insonlar bo’lib, adolatsizlik, haqsizlikni oshkora aytuvchilar hisoblanadi. Shunday bo’lsada, bunday shaxslar ham kimlargadir yoqmasligi, kimlarningdir hamiyatiga qattiq ta’sir qilishi bilinib turadi. Bunday sharoitda ham muayyan nizoli holatlar vujudga kelishi mumkin. Aslida haq yo’lida oshkora gapiruvchi, o’zining fikrini bildiruvchi insonlar jamoa nazaridan chetda qolmaydi.

Pedagogik nizolarni keltirib chiqaruvchilar yosh va jins jihatidan uncha farqlanmaydi. Masalaning qiyin tomoni, nizoli holatlarda uni o’ziga kasb qilib olganlar yoki nizolarni keltirib chiqaruvchilarni qayta tarbiyalash, ularga pedagogik ta’sir ko’rsatish ancha murakkab va davomli jarayon hisoblanadi.




.

Pedagogik nizolar yaqqol ko’zga tashlanib turadigan jamoada yosh, endi pedagogik faoliyatga kirib kelayotgan mutaxassislarga ishlash ancha qiyin kechadi. Tajribasiz o’qituvchilar bunday sharoitda o’zlarini himoyasiz sezadilar. Psixologiya tilida aytganda ijtimoiy moslashuv (adaptatsiya) jarayoni qisqa va samarali bo’lishi uchun rahbariyat tegishli shart-sharoit va metodik yordam ko’rsatib borishi lozim. Rahbariyat tomonidan yosh mutaxassisga bo’lgan e’tiborsizlik, loqaydlik, ijodiy hamda sog’lom-ruhiy muhitning yo’qligi endi ish boshlagan kadrni pedagogik faoliyatdan sovishga, oqibatda ish o’rnini o’zgartirib ketishiga olib kelishi mumkin.



Jamoani bir yoqadan bosh chiqarmasligi, ruhiy-pedagogik va ma’naviy-axloqiy muhitning sustligi ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Jamoada mehnat va ijro intizomining tez-tez buzilib turishi, rahbar bilan xodim o’rtasida tuzilgan shartnomaga amal qilmasligi, o’zaro hurmat va ishonch ruhining yo’qligi davomat hamda o’quvchilar bilim saviyasi va ayniqsa tartib-intizomni susayib ketishiga turtki bo’ladi. Albatta bunday ko’ngilsiz holat ota-onalar va keng jamoatchilikning noroziligiga olib keladi.

Pedagogik nizoli jamoada ishni tubdan yangilash, rahbar shaxslarning o’z o’rnida qolish yoki qolmasligi masalasi zudlik bilan hal etilmog’i lozim.



O’qituvchi va o’quvchi har xil ijtimoiy mavqedagi shaxslar bo’lib, “o’qituvchi-o’quvchi”ning ta’lim-tarbiyaviy munosabatiga xos nizolar, muammoli vaziyatlar turlicha sodir bo’lishi mumkin. Bular:

  • O’qituvchining haddan tashqari qattiqqo’lligi va talabchanligiga ko’ra;

  • O’qituvchining avtoritar munosabatiga ko’ra;

  • Muammoli vaziyatlarni to’g’ri hal eta olmasligiga ko’ra;

  • O’quvchining qalbiga yo’l topa olmasligi va uning o’rniga o’zini qo’yib ko’ra olmasligiga ko’ra;

  • Talab va ijroning uyg’un bo’lmasligiga ko’ra;

  • Ibrat va namunaning sustligiga ko’ra;

  • O’qituvchining qo’pol muomalasi va qo’rsligiga ko’ra;

  • O’quvchini adolatsiz jazolanishiga ko’ra;

  • O’qituvchining shu dargohda o’qiyotgan farzandlari va qarindoshlari bilan o’quvchilar o’rtasida vujudga keladigan muamoli vaziyatlarga ko’ra va hokazo.

Pedagogik nizolar va ularni bartaraf etish texnologiyasi bugungi kunda fanda to’lig’icha o’rganilmagan. Pedagogik nizolar kelib chiqishi va sodir bo’lishiga muvafiq muayyan tizim holiga keltirilmagan. Alohida tadqiqot ob’ekti ko’rinishida ishlanmagan. Ammo pedagogik tajribalar va bu yo’nalishda olib borilayotgan izlanishlar natijasi o’laroq pedagogik nizolarni bartaraf etish texnologiyasining mazmun-mohiyatida quyidagi ilmiy-amaliy tavsiyalar yotadi.

  1. Pedagogik nizolar echimida har bir jamoaning o’ziga xos xususiyati va shart-sharoiti o’rganilmog’i maqsadga muvofiq hisoblanadi.

  2. “Pedagogik nizo” va “muammoli vaziyat”ning psixologik-pedagogik mohiyati ilmiy asoslab ko’rsatilishi talab etiladi.

  3. Pedagogik nizo pedagogik tahlil va pedagogik tanqidning mohiyati bilan qiyoslanib o’zining ilmiy-amaliy echimini topishi lozim.

  4. O’qituvchilar jamoasida insonparvarlik, o’zaro hurmat, o’zaro yordam, mehnatni ilmiy asosda tashkil etilishi, kasb burchi va mas’uliyatini dildan his etish kabi tamoyillarga asoslanilgan sog’lom ijodiy va raqobat muhiti shakllangandagina pedagogik nizolarning oldi olingan bo’ladi.

Yuqoridagi ko’rsatib o’tilgan tavsiyalar echimi pedagogik nizolarning oldini oluvchi ustun vazifasini o’taydi. Bu jarayonning amaliy ifodasi o’qituvchining kasbiy pedagogik mahoratida o’z ifodasini topadi.


Download 1,62 Mb.
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   121




Download 1,62 Mb.