• 5 – LABORATORIYA ISHI REAKTIV QUVVATNI KOMPENSATSIYALASH Ishdan maqsad
  • Nazariy qism.
  • Termiz muhandislik-texnologiya instituti energetika va konchilik ishi fakulteti «elektrotexnika elektromexanika va elektrotexnilogiya»




    Download 2.27 Mb.
    bet8/23
    Sana16.03.2024
    Hajmi2.27 Mb.
    #174026
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
    Bog'liq
    sanoat laboratoriya qo\'llanma (1)
    moluch 132 ch1 1, 2-slayd psixologiya, SAMANDAR1111, 13 1, Mavzu Resurslarga kirishni cheklashni sozlash. Printer va tash, 9-sinf-Matematika-imtihon-javoblari-2023, the usa, Jumaboyeva Ch 2-G fizika optika kurs ishi, 3-grade cw, faxri, Bolalarda deviant xulqning nomoyon bo\'lish shakllari, tashqi taqriz (2), Emperik va nazariy bilishni qiyoslang., ma\'ruza 1, 1305590
    Nazorat savollari:
    1. Podstansiya transformatorida qanday turdagi himoyalar qo’llaniladi?
    2. Sanoat korxonalarida himoya sxemasining qaysi turlarini qo’llaniladi?
    3. Himoya sxemalarining afzallik va kamchiliklari.
    4. Eruvchan saqlagich nima uchun xizmat qiladi.
    5. Avtomatik o’chirgich nima uchun xizmat qiladi.

    5 – LABORATORIYA ISHI
    REAKTIV QUVVATNI KOMPENSATSIYALASH


    Ishdan maqsad: Elektr energiyasi iste’molchilarining reaktiv quvvat iste’mol qilishini kamaytirish usullarini o’rganish. Kompensatsiyalovchi qurilmalarga kerakli quvvatni hisoblashni o’rganish.
    Nazariy qism. Sanoat elektr ta’minoti tizimlarini ekspluatatsiya qilish va loyihalash jarayonida echilishi kerak bo’lgan asosiy masalalardan biri - reaktiv quvvatni kompensatsiyalash (qoplash) muammosidir.
    Bu masala maqsadga muvofiq reaktiv quvvat manbalarni tanlash, ularning quvvatini hisoblash va rostlash, manbalarni elektr ta’minoti tizimida joylashtirishni o’z ichiga oladi.
    So’nggi yillarda, sanoat elektr ta’minotida son va sifat o’zgarishlari yuz berayotgan bir paytda bu masala alohida ahamiyat kasb etmoqda. Hozirgi paytda reaktiv quvvatga bo’lgan talab-ehtiyoj aktiv quvvatga bo’lgan talabdan sezilarli darajada oshib ketdi. Bunda ishlab chiqarilgan reaktiv quvvatni uzoq masofalarga uzatish elektr ta’minoti tizimining texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini ancha yomonlashtirib yuboradi. Buning asosiy sabablari quyidagilar:
    1. Elektr ta’minoti tizimining barcha elementlari reaktiv quvvat bilan yuklanishi sababli, ularda qo’shimcha aktiv quvvat va energiya isrofi yuzaga keladi. R qarshilikka ega bo’lgan tarmoq elementi orqali aktiv quvvat P va reaktiv quvvat Q uzatilganida aktiv quvvat isrofi quyidagiga teng:

    Reaktiv quvvat Q ning oqishi tufayli yuzaga keluvchi qo’shimcha aktiv quvvat isrofi Rr uning kvadratiga proporsionaldir.
    2. Qo’shimcha kuchlanish isrofi yuzaga keladi. Aktiv qarshilik R va reaktiv qarshilik X ga ega bo’lgan tarmoq elementi orqali P va Q kuvvatlar uzatilganida kuchlanish isrofi quyidagicha topiladi:

    bu yerda, Ua - aktiv quvvat oqishi sababli yuzaga kelgan kuchlanish isrofi;
    Ur - reaktiv quvvat oqishi sababli yuzaga keluvchi kuchlanish isrofi.
    3. Elektr uzatish liniyalari va transformatorlarning reaktiv quvvat bilan yuklanishi ularning o’tkazuvchanlik hususiyatini yomonlashtiradi va ularning bu hususiyatini qayta tiklash uchun qo’shimcha chora-tadbirlar ko’rish talab etiladi.
    Energotizimning korxonalarni reaktiv quvvat bilan ta’minlash imkoniyati chegaralangandir. Bu imkoniyat generatorning mo’ljallangan reaktiv quvvatiga bog’liq. Quvvati 100 mVt va undan yuqori bo’lgan generatorlarning nominal quvvat koeffitsienti 0,85 yoki 0,9 ga teng, bunda reaktiv quvvat to’la yuklanishda aktiv quvvatning 62-48% ini tashkil qiladi. Agar reaktorlar, transformatorlar va havo liniyalarida bo’ladigan reaktiv quvvatini hisobga oladigan bo’lsak, u holda reaktiv quvvat ko’rsatkichi yana kamayadi.
    Maksimal yuklama holatida normal kuchlanishni ushlab turish uchun reaktiv quvvatlar muvozanati(balansi)ga rioya qilish lozim, bunga esa korxonaning energotizim tomonidan ishlab chiqarilgan reaktiv quvvatga bo’lgan ehtiyojini kamaytirish chora tadbirlari ko’rilganda erishish mumkin.
    Bu chora-tadbirlar quyidagilarga bo’linadi:
    1) Maxsus kompensatsiyalovchi qurilmalarni talab qilmaydigan va barcha holatlarda maqsadga muvofiq bo’lgan chora tadbirlar;
    2) Reaktiv quvvat ishlab chiqarish uchun maxsus kompensatsiyalovchi qurilma talab qilinadigan chora-tadbirlar. Elektr iste’molchilarining reaktiv quvvat iste’mol qilishini kamaytirish va tabiiy quvvat koeffitsientini oshirish uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi;
    1) texnologik uskunalarning yuklanishini oshirish;
    2) 45% dan ko’p bo’lmagan yuklanishga ega bo’lgan asinxron yuritgichlarning cho’lg’amlari sxemasini uchburchak ulanishdan yulduz ulanishga o’tkazish yo’li bilan ularning iste’mol qiladigan kuchlanishini kamaytirish.
    3) Asinxron elektr yuritgichning salt ishlash chegaralagichini o’rnatish.
    4) 30% dan kam yuklanishga ega bo’lgan sex transformatorlarini o’chirish va yuklamani boshqa transformatorlarga o’tkazish;
    5) o’rtacha yuklanish koeffitsienti 45% dan kam bo’lgan, sistematik to’la yuklanmagan asinxron yuritgichlarni kichik quvvatli yuritgichlar bilan almashtirish.
    6) eskirgan asinxron yuritgichlarni sinxron yuritgichlar bilan almashtirish;
    7) yuritgichlarni ta’mirlash sifatini oshirish.
    Sanoat korxonalarining elektr uskunalari iste’mol qiladigan reaktiv quvvatni kompensatsiyalash uchun sinxron yuritgichlardan, elektr stansiyalarining generatorlaridan, bundan tashqari qo’shimcha o’rnatiluvchi kompensatsiyalovchi qurilmalar-sinxron kompensatorlar, kondensator batareyalari va maxsus statik reaktiv quvvat manbalaridan foydalaniladi.
    Sanoat korxonalarida asosiy reaktiv quvvat iste’molchilari bo’lib asinxron dvigatellar (60-65%), transformatorlar (20-25%), ventilli o’zgartkich (preobrazo-vatellar), reaktorlar, havo elektr tarmoqlari va h.k. (10%) lar xizmat qiladi.
    Yaqin vaqtlargacha reaktiv quvvatni xarakterlovchi asosiy normativ ko’rsatkich bo’lib, quvvat koeffitsiyenti cos xizmat qilardi. Bu koeffitsientning o’rtacha qiymati 0,92 - 0,95 oraliqda bo’lishi kerak edi. Ammo cos=P/S nisbatga normativ ko’rsatkich sifatida qarash reaktiv quvvatning real qiymati o’zgarishi dinamikasi to’g’risida to’la tasavvur bermaydi. Masalan, quvvat koeffitsiyenti 0,95 dan 0,94 ga o’zgarganda, reaktiv quvvat 10% ga o’zgaradi, bu koeffitsiyent 0,99 dan 0,98 ga o’zgarganda esa reaktiv quvvat endi 42% ga o’zgaradi. Shuning uchun hisob-kitob ishlarida reaktiv quvvat koeffitsientidan foydalaniladi:
    Krm = Q/P = tg
    Elektr qurilmalarining eng maqsadga muvofiq quvvat koeffitsienti, tarmoqning reaktiv yuklamasi tufayli vujudga keladigan energiya isrofini kamaytirish orqali eng katta yilik tejamkorlikka erishish, yoki reaktiv yuklamani kompensatsiyalash orqali tarmoqning yuqori o’tkazuvchanlik qobiliyatidan foydalanish kabi shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Eng maqsadga muvofiq cos ta’minlash sxemasiga va ta’minlovchi tarmoqning parametrlari (kuchlanish, liniyaning uzunligi va solishtirma elektr qarshilik)ga bog’liq.

    Download 2.27 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




    Download 2.27 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz muhandislik-texnologiya instituti energetika va konchilik ishi fakulteti «elektrotexnika elektromexanika va elektrotexnilogiya»

    Download 2.27 Mb.