• Nazariy qism.
  • Termiz muhandislik-texnologiya instituti energetika va konchilik ishi fakulteti «elektrotexnika elektromexanika va elektrotexnilogiya»




    Download 2.27 Mb.
    bet5/23
    Sana16.03.2024
    Hajmi2.27 Mb.
    #174026
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
    Bog'liq
    sanoat laboratoriya qo\'llanma (1)
    moluch 132 ch1 1, 2-slayd psixologiya, SAMANDAR1111, 13 1, Mavzu Resurslarga kirishni cheklashni sozlash. Printer va tash, 9-sinf-Matematika-imtihon-javoblari-2023, the usa, Jumaboyeva Ch 2-G fizika optika kurs ishi, 3-grade cw, faxri, Bolalarda deviant xulqning nomoyon bo\'lish shakllari, tashqi taqriz (2), Emperik va nazariy bilishni qiyoslang., ma\'ruza 1, 1305590
    3 – LABORATORIYA ISHI
    SANOAT KORXONALARINING PASAYTIRUVCHI PODSTANSIYALARI SXEMALARINI O’RGANISH


    Ishdan maqsad: Podstansiya sxemasiniga operativ o’zgartirishlar kiritishda amaliy ko’nikma hosil qilish, 6-10 kV bosh pasaytiruvchi podstansiyada kommutatsiya apparatlarini ulanish tartibini o’rganish.
    Nazariy qism.
    Podstansiyalarda elektr energiyasi qabul qilinadi, kuchlanishi o’zgartiriladi va taqsimlanadi. Ular sanoat korxonalarining elektr ta’minotini asosiy qismlaridan bo’lib, quvvati, kuchlanishi va vazifalasiga qarab keng nomeklaturaga ega. Podstansiyalar quyidagilarga bo’linadi:
    -bosh pasaytiruvchi podstansiyadar(bpp);
    -chuqur kirib borgan (glubokiy vvod) podstansiyalar (chkb);
    -sex transformator podstansiyalar (stp).
    Podstansiyalar sxemasi tanlayotganda umumiy sxemasi bilan birgalikda, korxonani rivojlanish istiqbollarini e’tiborga olishi lozim.
    Kommutatsiya sxemalarini ishlab chiqishda ular maksimal ravishda soddalashtirishga va minimal kommutatsiya apparatlarini qo’llashga harakat qilinadi. Bunday sxemalarning faqat arzonligi emas, balki ishonchliligi ham amalda tasdiqlangan. Sxemalarni soddalashtirish ayrim elementlarni tez va xatosiz zahiralashni amalga oshirishga imkon beradi va bu bilan ularning ishonchliligini oshiruvchi avtomatikani (AVR, APV) qo’llashga yordam beradi.
    Barcha sanoat korxonalari transformator podstansiyalari sxemalari quyidagi asosiy nizomlari hisobga olib ko’riladi:
    - Bitta shinali tizimlarni ko’proq qo’llash va ikkita shinali tizimlarni qo’llashni keskin chegaralash.
    - «Blokli sxema» va «shinasiz» podstansiyalarni keng qo’llash.
    - Oddiy va arzon apparatlardan: bo’lgich va qisqa tutashtirgich, yuklama uzgich va saqlagichlardan keng foydalanish.
    - Avtomatlashtirish va telemexanizatsiyalashtirish sxemalarini keng ishlatish.
    Amaliyotda podstansiya sxemalarining quyidagi turlari keng qo’llaniladi:
    Bitta yig’ma shina tizimli sxemalar.
    Aylanma yig’imli shina tizimli sxemalar.
    Ikkita yig’mali shina tizimli sxemalar.
    Soddalashtirilgan podstansiya sxemalari.
    Ajratkichli, otuvchi saqlagichli sxemalar.
    Ko’prikli sxemalar.
    Faqat ajratgichli yoki transformatorlarning birlamchi kuchlanish tomonidan to’g’ridan to’g’ri ulangan sxemalar.
    Sanoat korxonalarining podstansiyalarida bir shinali kommutatsiya sxemalari keng tarqalgan. Bir shinali sxemalar asosan taqsimlash podstansiyalarida va BPP ni ikkilamchi kuchlanish taqsimlash qurilmalarida yig’ma shinali sxemalar katta kuchlanishli elektr iste’molchilarini ta’minlaydigan o’rta va katta sex podstansiyalari qo’llaniladi. Bir shina tizimli sxemalar seksiyalangan va seksiyalanmagan bo’ladi.
    Sanoat korxonalari ayrim podstansiyalarida, asosiy ish shinasidan tashqari, aylanma yig’ma shinalar ham qo’llaniladi. Ularni qo’llash operativ ulanishlar zarur bo’lganda, ish harakteristikasiga qarab o’zgichlarni qisman reviziya qilish imkoniyatini beradi. Alohida yig’ma shinalar uzluksiz ravishda har qaysi ish shinalarni ta’mirlash va o’zgichlarni reviziya qilish imkoniyatini beradi. Alohida uzgichlar yordamida aylanma yig’ma shinali har qanday asosiy ish shinalariga ulash mumkin. Hozirgi vaqtlarda "Blokli prinsip" nomi bilan ataladigan podstansiyalarning soddalashtirilgan sxemasi keng qo’llaniladi.
    Blokli sxema shunday bir oddiy podstansiya sxemasi bo’lib. birlamchi kuchlanishda yig’ma shina yo’q. Ba’zi bir hollarda esa ular ikkilamchi kuchlanishda ham bo’lmaydi. Kommutatsiya sxemalari esa oddiy uzgichlar yoki ayirgich va qisqa tutashtirgichlar yordamida bajariladi.
    Otqichli saqlagichli sxemalar 35 va 110 kV li kuchlanishlarda ochiq podstansiyalarda ishlatiladi. Albatta bunda saqlagichni nominal toki, kuchlanishi va uzish quvvatini hisobga olish zarur. Otqichli saqlagichlar yopiq binolarda ishlatishga ruhsat etilmaydi va quvvati 6300 kVA gacha bo’lgan transformator podstansiyalari uchun tavsiya etiladi.
    BPP lar uchun yig’ma shinasiz sxemalar yoki birlamchi kuchlanish uchun uzgichlar, ko’prikli sxemalarni uzib-ulab turadigan qurilmalar qabul qilinadi. Oddiy keng tarqalgan ko’prikli sxema ikki transformatorli va ikki ta’minlovchi liniyalaridan iborat bo’ladi. Ajratkichli yoki transformator birlamchi kuchlanishga to’g’ridan to’g’ri ulanishli sxemalari 1000kVA quvvatli transformatorlarda ishlatiladi. Bu hollarda gaz himoyasi talab qilinmaydigan tupikli liniya - transformator sxemasi ishlatiladi. Bunday sxemalarni har qanday quvvatli transformatorlarni radial liniyalar orqali ulanganda ham ishlatish mumkin bo’lib. liniyani boshlang’ich qismida joylashgan uzgichlarni distatsion boshqaruvchi sistemasiga transformator himoyasi ta’sir etadigan bo’lishi kerak. Energosistemaga yoki korxonaning asosiy taqsimlovchi podstansiyaga 110-220 kV. radial liniyalar orqali ulangan chuqur pasaytiruvchi transformatorlar sxemasi eng sodda hisoblaadi. Bunday sxema ifloslangan muhitli sanoat korxonalarda maqsadga muvofiq, chunki apparatlar qanchalik kam bo’lsa ifloslanish va korroziya manbalarini ta’siri kam bo’ladi.
    Ushbu tajriba ishida qo’yilgan maqsadni bajarish uchun universallik va qulaylikka ega bo’lgan 2 ta yig’ma shina tizimli sxema ko’rib chiqiladi. Ikkita yig’ma shina tizimida quyidagilarni bajarish mumkin;
    yig’ma shinalarni qurilma ishida tanaffussiz va iste’molchilar ta’minotini buzmasdan navbat bilan ta’mirlash;
    har qanday shina ajratkichini faqatgina u tegishli bo’lgan zanjirni uzib ta’mirlash;
    yigma shinalar tizimidagi qisqa tutashuvdan so’ng ishni tezda tiklash;
    har qanday shina ajratkichini faqatgina u tegishli bo’lgan zanjirini uzib ta’mirlash;
    yig’ma shinalar tizimidagi qisqa tutashuvdan so’ng ishni tezda tiklash;
    har qanday zanjirdagi o’chirgichni, uni ishini uzoq muddatga to’xtatmagan holda ta’mirlash.
    Biroq shu bilan birga ikkita yig’ma shinali sxemalar bir qator kamchiliklarga ham ega. Bulardagi eng asosiy kamchiligi shina ajratkichlarini operativ apparatlar sifatida, ya’ni zanjirda yuklama toki mavjudligida har xil qayta ulash operatsiyalarini amalga oshirishda ishlatishdir. Bunday operatsiyalarda qayta ulash tartibidagi xatolik ajratgich zanjirini uzishda yoy hosil bo’lishiga va natija yig’ma shinalarda qisqa tutashuv bo’lishiga olib kelishi mumkin. Ikkinchi kamchiligi ishchi shinalar tizimidagi qisqa tutashuvdan butun qurilmani uzilib qolishi ehtimoli mavjudligidir. Liniya o’chirgichlarini ta’mirlash uchun bu liniyalarni ma’lum muddatga uchirish kerak bo’ladi. Bu narsa ham sxemaning kamchiligi bo’lib hisoblanadi.
    Ko’rib chiqilayotgan sxemaning kamchiligiga shina ajratkichlarining soni ko’pligi, rangli metallar sarfini kattaligi. TP qurilmasi konstruksiyasining murakkabligi va boshqalar kiradi.

    Download 2.27 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




    Download 2.27 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz muhandislik-texnologiya instituti energetika va konchilik ishi fakulteti «elektrotexnika elektromexanika va elektrotexnilogiya»

    Download 2.27 Mb.