• Nazorat savollari
  • 7 – LABORATORIYA ISHI UCH FAZALI TARMOQNING NOSIMMETRIYA YUKLAMALARINI SIMMETRIYALASH Ishdan maqsad
  • Hisobotni tayyorlashga tavsiyalar




    Download 2.27 Mb.
    bet14/23
    Sana16.03.2024
    Hajmi2.27 Mb.
    #174026
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
    Bog'liq
    sanoat laboratoriya qo\'llanma (1)
    moluch 132 ch1 1, 2-slayd psixologiya, SAMANDAR1111, 13 1, Mavzu Resurslarga kirishni cheklashni sozlash. Printer va tash, 9-sinf-Matematika-imtihon-javoblari-2023, the usa, Jumaboyeva Ch 2-G fizika optika kurs ishi, 3-grade cw, faxri, Bolalarda deviant xulqning nomoyon bo\'lish shakllari, tashqi taqriz (2), Emperik va nazariy bilishni qiyoslang., ma\'ruza 1, 1305590
    Hisobotni tayyorlashga tavsiyalar
    Xisobotda ishning nomi, nomeri va maqsadi ko’rsatiladi, asosiy tushunchalar va terminlarni qisqa ta’rifi keltiradi.
    O’lchash natijalarini qayta ishlash to’grisidgi barcha ma’lumotlar ko’rsatiladi. Hisobotda quyidagilar bo’lishi kerak:
    Tajriba kurilmasining sxemasi, elektr o’lchash asboblari yordamida olingan eksperimental o’lchash natijalari. Kuzatilayotgan kuchlanishning ossillograf ekranidagi egri chizig’ining kalkadagi tasvri. Xisobotning hisob qismida Ky va Kns larning hisoblarini aks etishi lozim. Xisobot xulosa bilan yakunlanishi shart.


    Nazorat savollari:
    1. Yuqori garmonikalarni ventilli o’zgartgich yordamida generatsiya kilishning fizik ma’nosi nima?
    2. Ventilli o’zgartgich ishining kondensator batareyalariga ta’siri?
    3. Amaliy xisoblarda garmonikalar nechanchi tartibgacha o’rganiladi va bu nima bilan tushuntiriladi?
    4. Yuqori garmonikalarning zararli ta’siri nimada paydo bo’ladi?

    7 – LABORATORIYA ISHI
    UCH FAZALI TARMOQNING NOSIMMETRIYA YUKLAMALARINI SIMMETRIYALASH


    Ishdan maqsad: Uch fazali tarmoqda simmetriyalashni o’rganish va amaliy ko’nikmalar hosil qilish.
    Nazariy qism. Sanoat korxonasini normal ishlashi uchun uni elektr ta’minoti sifatli va ishonchli bo’lishi zarur. Energiyaning sifat ko’rsatkichlaridan biri bu uch fazali sistemaning kuchlanish nosimmetriyasidir.
    Kuchlanishlar (toklar)ning nosimmetriyasi deb faza yoki liniyalararo kuchlanishlar (toklar)ning amplituda va ular orasidagi burchak siljishi bo’yicha tengsizlik tushuniladi.
    Har qanday kuchlanishlar nosimmetriya sistemasini simmetrik tashkil etuvchilarga, ya’ni to’g’ri U1, teskari U2 va nol U0 ketma-ketliklarga taqsimlash mumkin;
    U1=1/3 (UA+aUB+a2UC) U2=1/3 (UA+a2UB+aUC)
    U0=1/3 (UA+UB+UC)
    bu yerda UA, UB, UC - tarmoqning faza kuchlanishlari.

    (vektorni soat strelkasi harakatiga teskari 1200 burilishi)

    1, 2, 3 formulalar asosida nosimmetriyali uch fazali sistemaning simmetrik tashkil etuvchilari Ua, Ub, Uc larni aniqlash mumkin.
    Elektr ta’minoti sistemalarida qisqa vaqtli (avariyali) va uzoq davomli nosimmetrik rejimlarga bo’linishi mumkin.
    Qisqa vaqtli nosimmetriya rejimlar asosan har xil avariyali jarayonlar bilan bog’liq, jumladan, nosimmetriyal qisqa tutashuvda, havo liniyasida bir yoki ikki simning yer bilan tutashishi. Davomli nosimmetriya esa tarmoqda elektr energiyasini nosimmetriya iste’molchilarini ulanishi bilan vujudga keladi (yoritish uskunalari, induksion va yoyli pechlar, bir fazali elektr payvandlash uskunalari, temir yo’l transport yuklamalari).
    Nosimmetriyaning mavjudligi toklarning teskari va nolli ketma-ketliklarini paydo bo’lishiga olib keladi. Bu toklar tarmoq elementlarda o’z navbatida kuchlanish og’ishini paydo bo’lishiga olib keladi.
    Tok nosimmetriyasi kuchlanish nosimmetriyasida ancha katta bo’ladi. Toklar nosimmetriyasi sinxron generatorning rotorini qizishiga, uning ayrim qisimlarini silkinishiga olib keladi. Fazalarni bir tekis yuklanmaganligi natijasida toklar nosimmetriyasi elektr uzatish liniyalarda va transformatorlarda o’tkazuvchanlik qobiliyatini kamaytiradi. Bu esa asixron yuritkichlarni yarim o’tkazgich qurilmalarini, elektr uzatish liniyalarini ishlarga yomon ta’sir ko’rsatadi va elektr ta’minoti sistemasida o’rnatilgan rele himoyasi ishini qiyinlashtiradi.
    Nosimmetrik kuchlanishlar va toklar nosimmetriya koeffitsiyentlari Knsu va Knsi va toklar kuchlanishlarni muvozanatsizligi koeffitsiyentlari (Kou va Koi) bilan xarakterlanadi:
    Knsu=U2/Un100% Kou=U0/Un100%
    Knsi=I2/In100% Koi=I2/In100%
    bu yerda, U2, I2, U0, I0 - kuchlanishlar va toklarning teskari va nol simmetrik tashkil etuvchilari.
    Uch fazali elektr energiya iste’molchining qisqichlaida kuchlanish nosimmetriya koeffitsientlarini qiymati 2% dan oshmasligi lozim.
    Kuchlanishni fazalararo nosimmetriyasi fakat teskari ketma-ketlik kuchlanishi bilan aniqlanadi. Faza kuchlanishrining nosimmetriyasi esa nol va teskari tashkil etuvchilari bilan aniqlanadi. Nolli ketma-ketlik toklari asosan kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo’lgan tarmoqlarda mavjud.
    Nosimmetriya rejimda faza va liniyalararo kuchanishlar umumiy hollarda turlicha bo’lgani uchun ularning bir vaqtning o’zida ulchash lozim.
    1-rasmda nosimmetriya koeffitsiyentini aniqlash uchun nomogramma keltirilgan. Koordinata o’qlarida liniyalararo kuchlanishlarini UBC va UCA UAB kuchlanishiga nisbati belgilangan. Nomogramma nosimmetriya koeffitsiyentini Kns va uning argumenti kattaligini aniqlash imkonini beradi.
    Masalan, quyidagi liniyalararo kuchlanishlar qiymatlari
    UAB=385B UBC=380B, UCA=375B.
    Uch fazali tarmoq uchun kuchlanishlar nosimmetriya koeffitsiyentini aniqlaymiz UCA /UAB  0,975 va UBC/UAB  0,99 hisobga olib nomogrammadan Kns=0,015 va =3100 aniqlaymiz.
    Uch fazali tarmoqni simmetrik bo’lishi uchun tok va kuchlanishlarining teskari va nol tashkil etuvchilarini bo’lmasligi kerak. Shuning uchun simmetriyalash masalasini hal etilganda shu tashkil etuvchilarini kamaytirish uchun hamma choralar ko’riladi. Bu esa, birinchi navbatda, alohida fazalarning yuklamalarini tenglashtiish, ayniqsa bir fazali katta quvvatli iste’molchini liniyalararo kuchlanishiga ulanganda uni yuklamasini uch fazaga tekis taqsimlash zarur.
    Kuchlanishigi 1 kV gacha bo’lgan tarmoqlarda nosimmetriyani teskari ketmaketlikni qarshiligini kamaytirish yo’li bilan pasaytirish mumkin. Bu nol chizig’ini qarshiligi kamaytirish yo’li bilan, transformatorni cho’lg’amlarini yulduz-yulduz noldan (Y/Y0), uch burchak - yulduz nolga (/Y0) yoki yulduz - zigzag nol (Y/Z0) o’tishi yo’li bilan amalga oshiriladi.
    Nosimmetrik sistemaga ulangan uch fazali asinxron dvigateli simmetriyani saqlashga harakat qiladi Fazalararo nosimmetriyali ulangan kondensatorlar hisobiga simmeriyaga erishishi mumkin. Bunda kondensator batareyalari ikki vazifani bajaradi: yuklamani reaktiv quvvatini kompensatsiyalaydi va nosimmetriyani yo’qotadi. Agar ko’rsatilgan amallar kutilgan natijani bermasa turli simmetriyalovchi uskunalarni qo’llaniladi.
    Bir fazali yuklamani simmetriyalovchi sxemalardan keng tarqalganlardan biri SHteynmets sxemasidir (1-rasm). Faqat aktiv yuklamali Pn iste’molchi uchun
    Qc=QL=Pn/3,
    bu yerda, Pn - yuklamani aktiv quvvati. Agarda yuklama aktiv - induktiv xarakterga ega bo’lsa, unga parallel ravishda kondensator batareyasi ulanidi.

    Download 2.27 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




    Download 2.27 Mb.