|
Evropa temir yo’llarida harakat xavsizligi asoslari
|
bet | 30/90 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 5,64 Mb. | | #148663 |
Bog'liq Китоб 1-қисм8.2.Evropa temir yo’llarida harakat xavsizligi asoslari
Evropa temir yo’llarida harakat xavfsizligi birmuncha yuqori bo’lib, ushbu transport vositasi Evropada eng xavfsiz transport turlaridan biri xisoblanadi. Shunga qaramay, evropa fuqarolarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida ushbu sifat darajasini ushlab turish xamda oshirishga harakat qilish talab etiladi. Xavfsiz xisoblangan temir yo’l transporti nisbatan samarali xamda jozibali bo’lishi bilan bir qatorda, 21 asrda jamiyatning xam ekologik xam iqtisodiy muammolarini xal etishda nisbatan kam harakatlar talab etadi.
Temir yo’l transporti regulirovka qilinishi mumkin bo’lgan soxa sifatida rivojlangan bo’lib, bir qator bo’limlar poezdlardan foydalanishning xavfsizligi uchun javobgarlikni taqsimlab olganlar. Bunda temir yo’l korxonalari va infratuzilma menedjerlari faoliyati xal qiluvchi o’ringa ega. tajribalar shuni ko’rsatadiki, temir yo’l korxonalari doirasida xavfsizlik madaniyati asosiga biriktirilgan xavfsizlikni boshqarish tizimini tadbiq etish kelajakdagi xavfsizlik soxasidagi masalalarni xal etishga kalit bo’lib xizmat qiladi.
Evropa temir yo’llari agentliklari Evro ittifoqning temir yo’llarda xavfsizlik masalalari bo’yicha strategiyasining uchli toshi xisoblanadi.Evropa temir yo’llar agentligi milliy xavfsizlik organlari xamda tadqiqod organlariga ularning masalalarini xal etishda yordam ko’rsatish bilan bir qatorda Evro ittifoq darajasida strategik harakatlar uchun isbotlar taqdim etadilar.Ushbu agentlik Evro ittifoq qonunchiligini ishlab chiqish bo’yicha Evropa komissiyasini qo’llab turadi.
Agentlikning asosiy vazifalaridan biri, bu xavfsizlik ko’rsatkichlarining monitoringidir. Evropa temir yo’l agentligi qabul qilingan harakatlar bo’yicha tavsiyalarni qo’llash maqsadida turli xil ma’lumotlar bazasini yig’ish, taxlil qilish va ularga ishlov berish masalalari bilan shug’ullanadi. Shunday qilib, agentlik Evro ittifoq darajasidagi siyosiy qarorlarni qabul qilishga asoslangan ma’lumotlarni ishlab chiqishga yordam beradi. Agentlik xavfsizlik ko’rsatkichlarini uzluksiz monitoring va taxlil qilish yo’li bilan xavfsizlik darajasini ushlab turish va oshirish maqsadiga erishish mumkinligini kafolatlaydi14.
|
| |