|
Ishdagi brakning aloxida xolatlariga quyidagilar mansub
|
bet | 32/90 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 5,64 Mb. | | #148663 |
Bog'liq Китоб 1-қисмIshdagi brakning aloxida xolatlariga quyidagilar mansub:
*yo’lovchi yoki yuk poezdlarining boshqa poezdlar yoki harakat tarkiblari bilan to’qnashib ketishi, yo’lovchi yoki yuk poezdlari tarkibidagi harakat tarkiblarining peregon yoki stansiya yo’llarida izdan chiqib ketishi va uning og’ibatida yuqorida keltirilgan og’ir oqibatli xodisalar sodir etilmagan bo’lsa;
* poezdning band bo’lgan yo’lga qabul qilinishi;
* poezdning band bo’lgan peregonga jo’natilishi;
* poezdni tayyor bo’lmagan marshrut bo’yicha jo’natilishi yoki qabul qilinishi;
* ta’qiqlovchi signal yoki chegara qoziqchasidan o’tib ketish;
* strelka o’tkazgichining poezd yoki harakat tarkibi o’tayotgan vaqtda o’z o’zidan xolatini o’zgartirishi;
* harakat tarkibining qabul qilish. jo’natish marshrutiga yoki peregonga ketib qolishi;
* harakat vaqtida yo’lda yukning ag’anab ketishi;
* o’qning. o’q sheykasining yoki g’ildirakning sinishi;
* vagon telejkasining yoni yoki ressor usti balkasiningsinib ketishi;
* harakat tarkibi xrebet balkasining uzilib ketishi;
* harakat vaqtida texnik nosozlik tufayli yo’lovchi poezdi tarkibidan vagonlarning uzilib qolishi;
* poezdning kontsevoy kranlari yopilgan xolda jo’natilishi;
* yo’lovchi poezd tarkibidagi yordamchi lokomotiv talablari bo’yicha lokomotivlarning shikastlanishi;
* ta’mirlash yoki boshqa ishlar o’tkazilayotganda, poezdlar harakati uchun ish joylarini to’sish signallari bilan ta’minlanmaganligi;
* svetoforda ta’qiqlovchi signal o’rniga ruxsat etuvchi signalning yonib qolishi, yoki aksincha;
* temir yo’l xodimlari aybi bilan poezdning avtotransport yoki boshqa o’zi yurar mashinalar bilan to’qnashib ketishi;
* stansiyada ruxsat etuvchi signalning ta’qiqlovchi signalga o’zgarib qolishi va uning oqibatida ta’qiqlovchi signalga poezdning o’tib ketishining kelib chiqishi;
* relsning poezd o’tish vaqtida sinib ketishi.
Ishdagi brak xolatlariga quyidagilar mansub:
* harakatlanish vaqtida buksalarning qizib ketishi yoki boshqa texnik nosozliklar tufayli yuk poezdi tarkibidagi vagonlarning uzilib qolishi;
* poezddagi avtostsepkalarning o’z o’zidan uzilib ketishi;
* strelka o’tkazgichining yorilib ketishi;
* oraliq stansiyalarida harakat xavfsizligiga xavf tug’diruvchi yuklashning texnik shartlarining buzilishi natijasida vagonning poezddan uzilib qolishi;
* harakat vaqtida lokomotivdagi ALSN qurilmasining nosozligining yuzaga kelishi va uning natijasida yordamchi lokomotivning talab etilishi;
* harakat tarkibi avtostsepkasining uzilib ketishi;
* temir yo’l izlariga harakat tarkibi detallarining tushib qolishi;
* yo’l, harakat tarkibi, SMB va aloqa. kontakt tarmog’i, elektr ta’minot vositalari va boshqa texnik qurilmalarining nosozligi oqibatida poezdning peregonning bironta yo’lida yoki stansiyalarda harakat grafigida belgilangan muddatidan bir yoki undan ortiq soat turib qolishi;
*yo’l o’lchash vagon boshlig’ining talabnomasi bo’yicha poezd dispetcheri tomonidan talab etilgan uchastkada xarpkatning yopilishi to’g’risidagi yoki poezdlar harakat tezligini soatiga 15 kilometrdan kam belgilanishi to’g’risidagi buyrug’i berilishiga sabab bo’ladigan yo’l nosozligi;
*harakat tarkibining manevr, ekipirovka va boshqa harakatlarni amalga oshirish chog’idagi izdan chiqib ketishi va uning oqibatida yuqorida keltirilgan og’ir oqibatli xodisalarning sodir bo’lmasligi xolati
* harakat tarkibining manevr, ekipirovka va boshqa harakatlarni amalga oshirish chog’idagi to’qnashib ketishi va uning oqibatida yuqorida keltirilgan og’ir oqibatli xodisalarning sodir bo’lmasligi, biroq lokomotivlar TR-1 xajmida va vagonlar joriy ta’mirlash xajmida shikastlanish xolati;
* relsning sinishi;
* harakat tarkibining qurilmalar, mexanizmlar, vositalar va boshqa begona predmetlarning ustiga chiqib ketishi;
|
| |