|
Texnik foydalanish qoidalari va harakat xavfsizligi asoslari
|
bet | 35/90 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 5,64 Mb. | | #148663 |
Bog'liq Китоб 1-қисмNazorat savollari:
Evropa temir yo’llarida xavfsizlik xaqida tushuncha bering?
Evropa temir yo’llarida harakat xavfsizligi bo’yicha chora tadbirlari xaqida ma’lumot?
“O’zbekiston temir yo’llari” AJ temir yo’llarida poezd harakati va manevr ishlarida xavfsizlik buzilishlari tasnifi sanab bering va xar biriga izoh bering?
Ishdagi braklarga nimalar kiradi?
Xalqaro xavfsizlik xaqida gapiring?
Evropada xarkat xavfsizligi statistikasi xaqida ma’lumot bering?
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Handbook of transport strategy, policy and institutions (167-169 betlar)
2. Railway safety performance in the european union ( 9-10, 11-13 betlar).
3. М.Х.Расулов., Хусанов С.Х., Файзибоев Ш. Темир йўллардан техник фойдаланиш қоидалари. Тошкент.2013й
9. SIGNALIZASIYA, ALOQA VA XISOBLASH TEXNIKASI
QURILMA VA INSHOOTLARI
9.1. Temir yo’llarda qo’llaniladigan signallar
Temir yo’l signallarini ishlab chiqaruvchi xususiy kompaniyalarning sonini ortib borishi signallarning turi va shakllarini ko’payib ketishiga olib keldi. Masalan, yuqoriga harakatlana oladigan qanotli semaforlar – yuqori kvadrant semaforlari va pastga harakatlanuvchi qanotli semaforlar – pastki kvadrant semaforlari. Lekin shuni inobatga olish lozimki eski SMB qurilmalarini rekonstruktsiya qilishda semaforlar svetoforlar bilan almashtirilmoqda. Mashinistga tezlik bo’yicha belgilarni nisbatan aniq etkazib berish imkoniyatini vujudga keltirish maqsadida signal ko’rsatkichlarining sonini oshirish talab etilgan. AQSh temir yo’llarida qo’llaniladigan lokomotiv signalizatsiyasining asosiy xarakterli tomoni asosiy signal ko’rsatkichlarini mashinist kabinasida qaytarib ko’rsatilishidir.
Lokomotiv signalizatsiyasi mustaqil signalizatsiya tizimi sifatida qo’llaniladi. Lokomotiv signalizatsiyasi odatda avtoto’xtatgich xamda tezkor avtorostlash tizimlari bilan birgalikda jixozlangan bo’ladi. oxirgi yillarda bir qancha temir yo’llarda ayrim uchastkalar avtoto’xtatgichsiz lokomotiv signalizatsiyasi bilan jixozlangan. Xozirgi davrda lokomotiv signalizatsiyalarini saralash tepaliklarida xam qo’llashga qiziqishlar ortib bormoqda..15
O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarida signallar harakat xavfsizligini ta’minlash xamda poezdlar harakati va manevr ishlarini aniq va to’g’ri tashkil etish uchun xizmat qiladi.Signal bu buyruq bo’lib u so’zsiz bajarilishi lozim. Temir yo’l transporti xodimlari signallarning talablarini bajarilishi uchun barcha vositalardan foydalanishlari mumkin.
Ta’qiqlovchi signalga o’tib ketish ruxsat etilmaydi.
Svetoforlarning o’chib qolgan chiroqlari (avtoblokirovka tizimi bilan jixozlanmagan uchastkalardagi ogoxlantirish,chegaralash va qaytarish svetoforlaridan tashqari), ularning tushunarsiz ko’rsatkichlari va shu bilan birga boshqa qurilmalar tomonidan signallarning tushunarsiz berilishi poezdning to’xtalishini talab etadi.
Ba’zi bir xolatlarda o’chib qolgan yoki tushunarsiz ko’rsatkichli signallardan o’tish Qoidalar va poezdlar harakati va manevr ishlari bo’yicha yo’riqnomalarida belgilangan tartibda amalga oshirishga ruxsat etiladi.
Poezdlar harakati bilan bog’liq signalizatsiyalarda quyidagi signal ranglari qo’llaniladi:
yashil, belgilangan tezlik bilan harakatlanishga ruxsat etadi;
sariq, harakatni ruxsat etadi va tezlkni pasaytirishni talab etadi;
qizil, to’xtashni talab etadi.
Manevr ishlaridagi signalizatsiyalarda bulardan tashqari quyidagi ranglar xam qo’llaniladi:
oq –manevr ishlariga ruxsat beradi;
ko’k – manevr ishlari o’tkazilishini ta’qiqlaydi.
Temir yo’llarda doimiy signal vositalari sifatida svetoforlar qo’llaniladi.
Kirish, chiqish, ogoxlantirish, o’tish, chegaralash va to’sish signallarining qizil, sariq va yashil ranglari to’g’ri uchastkalarda kechasi va kuduzi lokomotiv kabinasidan turib 1000 metr masofadan aniq ko’rinishi lozim. Egik uchastkalarda esa bu me’yor 400 metrdan kam bo’lmasligi lozim.Eng qiyin ko’rish sharoitidagi uchastkalarda (tog’liklar, chuqurliklar ) ushbu me’yor 400 metrdan kam bo’lishiga ruxsat etilgan lekin 200 metrdan kam bo’lmasligi lozim.
Barcha kirish va o’tish svetoforlaridan oldin ogohlantirish svetoforlari o’rnatilishi lozim.Avtoblokirovka tizimi bilan jixozlangan uchastkalarda esaxar bir o’tish svetofori keyingi o’tish svetoforiga nisbatan ogohlantiruvchi svetofor vazifasini bajaradi.
Avtomatlashtirilgan lokomotiv signalizatsiyasi mustaqil signal va aloqa vositasi sifatida qo’llaniladigan uchastkalarda esaogohlantirish svetoforlari kirish svetoforlaridan oldin o’rnatilishi shart emas.
Uch belgili signalizatsiyali avtoblokirovka tizimi bilan jixozlangan liniyalardaketma ket joylashgan svetoforlar orasidagi masofa tormoz yo’lidan kam bo’lmasligi lozim. Bunda tormoz yo’li yo’lovchi poezdlarining harakat tezligi 120 km/soat va yuk poezdlari uchun 80 km/soatdan oshmagan tezligi uchun belgilangan me’yorda bo’lishi lozim. Signallarning ko’rinish masofasi 400 metrdan kam bo’lmagan uchastkalarda va yangitdan avtoblokirovka tizimi bilan jixozlanayotgan uchastkalarda yuqorida ko’rsatilgan masofa 1000 metrdan kam bo’lmasligi lozim.
O’rnatilgan signalizatsiyaning minimal uzunligidan kichik bo’lgan blok uchastkalarga ega bo’lish talab etiladigan shaxar atrof yo’lovchi poezdlar harakati zich bo’lgan liniyalar to’rt belgili avtoblokirovka tizimi bilan jixozlanadi.
Svetoforlar harakat yo’nalishi bo’yicha o’ng tomondan yoki ular band etib turgan yo’l o’qining tepasiga o’rnatiladi.
pereezdlarning oldidagi noto’g’ri yo’l bo’yicha harakatlanuvchi poezdlar uchun, peregonlarda o’rnatiladigan chegaralovchi va ular uchun ogohlantiruvchi svetoforlar harakat yo’nalishi bo’yicha chap tomonda xam o’rnatilishi mumkin.
Svetoforlar shunday o’rnatilgan bo’lishi lozimki, ular berayotgan signallar qarama-qarshi yo’nalishdan kelayotgan poezdlarni chalg’itmasin.
Agar o’ng tomondan gabaritning yo’qligi sababli svetoforni o’rnatishni imkoniyati bo’lmasa. u xolda “O’TY” AJ raisining buyrug’iga binoan svetoforlarni chap tomonga o’rnatishga ruxsat beriladi:
* poezdlarni stansiyaga qabul qilish uchun o’rnatiladigan, noto’g’ri yo’l bo’yicha harakatlanadigan va shu bilan birga peregondan noto’g’ri yo’l bo’yicha stansiyaga qaytib keluvchi surib boruvchi lokomotiv va xo’jalik poezdlari harakati uchun o’rnatilgan kirish va ularning ogohlantirish svetoforlari;
* ikkinchi yo’llarning qurish davrida vaqtinchalik o’rnatiladigan kirish va o’tish svetoforlari;
“O’TY” AJ boshqaruvining raisi ruxsati bilan ba’zi bir stansiyalarda tepalik svetoforini manevr ishlari texnologiyasi sharoitlariga moslashtirish maqsadida chap tomonga o’rnatishga ruxsat etiladi.
Svetoforlar asosan normal yonib turishi lozim bo’lgan xolatda qo’llaniladi;
Avtoblokirovka tizimi bilan jixozlangan liniyalarda poezd blok uchastkaga kirib kelishida yonadigan lekin ishlamayotgan o’tish svetoforlarining signaliga kirishga ruxsat beriladi.
Agar qurilmalarda nosozlik yuzaga keladigan bo’lsa, svetoforlar avtomat tarzdv ta’qiqlovchi belgiga o’tib qolishi lozim, ogoxlantirish svetoforlari esa asosiy svetoforlarga mos ravishda signal berishi lozim.
Avtoblokirovka tizimi bilan jixozlangan uchastkalarda, svetoforning normal ko’rsatkichi bu ruxsat etuvchi signal xisoblanadi, kirish, marshrut va chiqish svetoforlarida esa, ta’qiqlovchi belgilar xisoblanadi.
Stansiyalar bo’yicha poezdlarni to’xtatmasdan o’tkazib yuborish uchun marshrut svetoforlari avtomatik tarzda o’tishi mumkin bo’lgan temir yo’l uchastkalarida svetoforning ruxsat etuvchi belgisi normal xisoblanadi.
Avtoblokirovka tizimi bilan jixozlanmagan uchastkalarda kirish, chiqish svetoforlarining normal ko’rsatkichi bu ta’qiqlovchi belgilar xisoblanadi.
To’sish svetoforlarining normal ko’rsatkichi “O’TY” AJ raisining buyrug’i bo’yicha belgilanadi.
Kirish svetoforlari birinchi kirish strelka o’tkazgichidan 50 metrdan kam bo’lmagan masofada o’rnatilishi lozim.
Agar kirish svetoforlari oldin o’rnatilgan bo’lsa va u 50 metrdan kam lekin 15 metrdan kam bo’lmagan masofada o’rnatilgan bo’lsa ularni qayta o’rnatib o’tirish shart emas.
Stansiyalardagi svetoforlarni joylashtirib chiqish, marshrutdagi strelka o’tkazgichlarining va svetoforlar ko’rsatkichining bir biri bilan o’zaro bog’lqligi jadvali “O’TY” AJ raisi tomonidan tasdiqlangan bo’lishi lozim.
Doimiy signallarning o’rnatilish joylari “O’TY” AJ Mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tomonidan tayinlangan maxsus kommisiya tomonidan aniqlanadi.
|
| |