Temir yo’l transportida aloqa




Download 5,64 Mb.
bet36/90
Sana30.01.2024
Hajmi5,64 Mb.
#148663
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   90
Bog'liq
Китоб 1-қисм

9.2. Temir yo’l transportida aloqa
Amerika temir yo’llari Assotsatsiyasi tomonidan belgilangan SMB qurilmalariga xizmat ko’rsatilishi va tekshirib borilishi, texnik shartlari, inshootlari bo’yicha bir biriga yaqin bo’lib ular barcha AQSh temir yo’llari uchun majburiy xisoblanadi.
Qoida va tavsiyalarning axamiyatli tomoni, bu ularning o’ziga xos deklarativligi bo’lib, ular asosan ma’lum bmr talablarga asoslangan bo’ladi, ammo ularni ta’minlash uchun xech qanday aniq bir ko’rsatmalar yoki tadbirlar belgilanmaydi. Shuning uchun temir yo’l korxonalarining o’zi u yoki bu foydalanish- texnik masalalarni xal etishda qaror qabul qilishlariimkoniyati mavjud. Tizimlarni ko’zdan kechirish va tekshirish bo’yicha me’yorlarga qattiq e’tibor qaratilgan. Bu erda odatda tekshiruv va ko’zdan kechirishlarning tartibi va muddatlari va maqsadlari to’g’risida aniq ko’rsatmalar keltiriladi.
AQSh temir yo’llarida signalizatsiya tezlashtirilgan xisoblanadi. Amerika signalizatsiyasi ishini bir sifat qiyinlashtirmoqda, ya’ni svetofor signalizatsiyasida semafor signalizatsiyasining tungi ko’rsatkichini qaytarishni yo’lga qo’yganliklari.
Lekin oxirgi yillarda qurilmalarida bu kabi signalizatsiyalar qo’llanilmayapdi. Xozirgi vaqtda Amerika temir yo’llarida signalizatsiyani yuqori tezlikdagi harakat talablariga moslashtirish, shu jumladan yuqori tezlikka mo’ljallangan stelka o’tkazgichlari va bir yo’ldan boshqasiga o’tkazuvchi moslamalardan harakatlantirish bo’yicha ishlar olib borilmoqda. Harakatning yuqori tezliklari va uning natijasida kerak bo’ladigan katta o’lchamdagi tormoz yo’llari avtoblokirovka tizimini ko’p bokli va ko’p belgili signalizatsiyani chegaralash lozimligini keltirib chiqardi. Ba’zi temir yo’llarda peregonlarda oddiy uch belgili signalizatsiya tizimidan foydalaniladi va stansiyaga kirib kelishda esa ko’p belgili signalizatsiya izimini qo’llaydilar. Illinoys TSentral o’zining uchastkalaridan birini to’rt belgili va lokomotiv signalizatsiya tizimi bilan jixozlashda to’rtinchi signal ko’rsatkichi to’g’risidagi masalani ijobiy xal etdi, ya’ni buning uchun probelli sariq rangni qo’lladilar. Bu esa o’z navbatida to’rt belgili signalizatsiya tizimida bitta projektor kallagi etarligini ko’rsatdi.
Sutkasiga 3, 4 poezd juftliklari aylanadigan yoki o’rtacha va kichik miqdordagi poezdlar harakatiga mo’ljallangan temir yo’l liniyalarida qo’llaniladigan modernizatsiya qilingan dispetcherlik markazlashuv tizimini ko’rib chiqish talab etiladi.Bunday liniyalarda dispetcherlik markazlashuv tizimini qurishda dispetcherlik markazlashuv tizimining tannarxini imkon qadar pasaytirishga harakat qilinadi. bunga esa o’z navbatida harakat xajmi katta bo’lmaganda ularsiz xam ishlash mumkin bo’lgan elementlardan voz kechish evaziga erishiladi. Birinchi navbatda o’tish signallari qurilmalaridan voz kechildi va xar bir raz’ezdning bir tomoniga siquvchi strelka o’rnatildi, markazlashtiruga esa xar bir raz’ezdning ikkinchi tomoni ulab qo’yildi.
Xammasidan xam samarali xisoblangan usullardan biri bu yangi qurilayotgan temir yo’llarda modifikatsiyalangan turdagi dispetcherlik markazlashuv tizimi bilan jixozlash bo’ladi. Bunda harakatni ochilishidan boshlab foydalanish shtatida turar joylr qurilishiga bo’lgan talab kamayib boradi. Bundan tashqari yana dispetcherlik markazlashuvning ko’p kanalli tizimi xaqida xam gap boradi. Ya’ni unda bita zanjirning o’zidan katta miqordagi boshqaruv va xabar beruvchi kodlarni o’tkazish imkoniyati mavjud.
AQSh temir temir yo’llarida qo’llaniladigan signal qurilmalari kompleksiga quyidagi qurilmalar kiradi: xarkat tarkibining osib qo’yiluvchi ko’rsatkichlari, tog’lik uchastkalarda o’rnatiladign yiqitilgan devorlar, sel oqimlari harakati to’g’risidagi signalizatsiyalar, yuqori darajadagi suvlar, ko’prik tirgaklari xolatini va ko’prik tirgaklarining tayanch qismlarning surilishini nazorat qiluvchi signalizatsiya. Oxirgi paytlarda infraqizil nurlarni qo’llagan xolda erda joylashgan uskunalar orqali uzatiladigan buksalarning qizib ketishini nazorat qilish signalizatsiyasi keng tarqalib bormoqda. Oxirgi turdagi signalizatsiya xali eskirishga ulgurgani yo’q. Barcha bu signalizatsiyalar signallarning ko’rsatmalari bilan bog’liq bo’lib, ba’zi xollarda mazkur ko’rsatkichlar yaqin oradagi stansiyalarga uzatiladi.
Pereezd signalizatsiyalarining yangi elementi bu pereezdlardagi to’sish qurilmalari bilan tanlanadigan tezlik boshqaruvi xisoblanadi. Bu erda vaqtni ushlabturish qurilmalari bilan jixozlangan rels zanjiri yordamida yaqinlashibkelayotgan poezdning tezligi nazorati amalga oshiriladi. Bunda xam katta xam kichik tezlikda kelayotgan poezdlar uchun to’sish qurilmalarining ishining boshlanishi bir xil bo’ladi. Bundan tashqari pereezd signalizatsiyasi tizimi xam mavjud bo’lib, u o’z faoliyatini poezd pereezdga yaqinlashib kelayotganda boshlaydi va agar u pereezdga kelib to’xtasa yoki o’tib ketmasa o’z faoliyatini belgilangan bir vaqtdan so’ng tugallaydi. Poezd harakatini davom ettirishi bilan mazkur qurilma o’z faoliyatini boshqatdan boshlaydi. AQSh temir yo’llarida xozirgi vaqtda tepalik sekinlatgichlari boshqaruvini avtomatlashtirish nisbatan keng qo’llanilmoqda.
Bunda odatda imitatsion turdagi elektron sanoq echish qurilmalari qo’llanilmoqda. Ushbu qurilmalar yordamida uzilmaning harakat qarshiligi, uning uzunligi va og’irligi, tepalik orti yo’llarning vagonlar bilan to’lganligi va masofasi va marshrutning xarakteristikasi to’g’risidagi axborotlar asosida uzilmaning chiqish tezligi va sekinlatgich bilan to’xtatish darajasi belgilanadi. Xozirgi vaqtda rels zanjirining chegaraviy shuntli sezuvchanligini oshirish bo’yicha tavsiyalar qiziqish uyg’otmoqda.
Barcha uchastkalarda poezd dispetcherlik, poezd stansiyalararo, stansiyalar bo’yicha, yo’l liniyasi bo’yicha va strelka o’tkazgichlar bo’yicha aloqa bo’lishi lozim.
Avtoblokirovka, dispetcherlik markazlashuv tizimi bilan jixozlangan barcha uchastkalarda va barcha elektrlashtirilgan uchastkalarda energodispetcher aloqasi va peregon bo’yicha aloqa bo’lishi lozim.
Kabelli aloqa liniyalari bo’lgan uchastkalar SMB va aloqa elektromexaniklari xamda energodispetcherlik xizmat aloqalariga ega bo’lishi lozim.
Stansiyalarda (“O’TY” AJ raisi tomonidan belgilanadigan stansiyalar) va dispetcherlik uchastkalaridagi poezd radioaloqasi qurilmalari muloqotlarni xujjatli rasmiylashtirish tizimi bilan jixozlangan bo’lishi lozim.
Muloqotlarni xujjatli rasmiylashtirish tizimidan foydalanish tartibi “O’TY” AJ raisi tomonidan belgilanadi
Katta xajm yuk ishlariga ega bo’lgan liniyalarning peregon va stansiyalaridagi ta’mirlash ishlarini boshqarish uchun ta’mirlash tezkor radioaloqa qo’llaniladi. Ushbu aloqa ta’mirlash ishlari bilan shug’ullanuvchilarning raxbarlari, lokomotiv mashinisti va mazkur xizmat tashkilotining navbatchi apparati o’rtasidagi mukammal aloqani ta’minlashi lozim.
Ushbu aloqa bilan jixozlanishi lozim bo’lgan uchastkalarning ro’yxati “O’TY” AJ raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Poezd dispetcherlik va strelka o’tkazgichlari aloqasi bo’yicha poezdlar harakati bilan bog’liq bo’lmagan muloqotlar o’tkazishda foydalanish ta’qiqlanadi.
Srelka o’tkazgichi aloqasi tarmog’iga markazlashtiruv posti, strelka posti va stansiya navbatchisi telefonlaridan boshqa telefonlardan ulanishga ruxsat etilmaydi.
Poezd dispetcherlik aloqasiga faqat, stansiya navbatchisi, manevr dispetcheri, operatorlar, lokomotiv deposi bo’yicha navbatchi,energodispetcher va lokomotiv dispetcheri, signalizatsiya va aloqa masofasi navbatchi muhandisi, davlatlararo chegara stntsiyalarining texnik va tijoriy ko’rikdan o’tkazish punktlari navbatchilari telefonlari ulanishlari mumkin. Dispetcherlik markazlashtiruv tizimi bilan jixozlangan uchastkalarda poezd dispetcherlik aloqasiga ulanish “O’TY” AJ raisiing ruxsati bilan pereezdlar bo’yicha navbatchilarning telefonlariga ulanish ruxsat etiladi.
“O’TY” AJ tashishlarni tashkil etish boshqarmasi navbatchi xodimlari shtati mavjud bo’lmagan yoki shtat bor bo’la turib ularning sutka davomida doimiy navbatchiligi ko’zda tutilmagan stansiyalarda poezd dispetcherlik aloqasiga stansiya boshliqlari, elektromexaniklar va SMB elektromontyorlarining uy telefonlaridan ulanishga ruxsat etiladi.
Uylarda o’rnatilgan telefonlarga ulanishni poezd dispetcheri maxsus qurilma orqali va faqatgina muloqotlar vaqtidagina amalga oshirishi mumkin.
Poezd dispetcherlik aloqasi simlariga vaqtincha peregonda harakatlanib ketayotgan drezina xaydovchisi, tiklash va o’t o’chirish poezdi boshlig’i, SMB elektromexanigi va tiklash, yo’l ta’mirlash va elektrta’minot qurilmalarini ta’mirlash poezdlari raxbarlari olib yuriladigan telefoni orqali ulanishlariga ruxsat beriladi.
Stansiyalararo poezd aloqasiga faqatgina stansiya navbatchilari, avtoblokirovka tizimi bilan jixozlangan uchastkalarda esa peregon aloqa telefoni bo’yicha pereezdlar bo’yicha navbatchilar telefonlaridan ulanishga ruxsat beriladi.



Download 5,64 Mb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   90




Download 5,64 Mb.