|
Signalning avtomatik bloki (ABS)
|
bet | 44/90 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 5,64 Mb. | | #148663 |
Bog'liq Китоб 1-қисмSignalning avtomatik bloki (ABS)
Signalning avtomatik blokining maqsadi xar bir blokka kirish xududidagi poezdlar harakatini boshqarish fiksatsiyalangan signallar bilan rejalashtirilishdan iborat.
ABS signallari yukli yoki bo’sh xolatdagi poezdlarning peregon bo’yicha harakatlanishi uchun beriladi. Poezdlarning normal harakatlanishlari ushbu signallarning ruxsati bo’yicha belgilanadi.
Poezd bilan blok uchastkani band etish ()
Poezdga nazorat signalining mos ravishdagi indikatorini tasdiqisiz yoki poezd dispetcheri yoki operatorning og’zaki buyrug’isiz avtomatik blok signalga (ABS) o’tishi ta’qiqlanadi. Og’zki buyruqni olgandan so’ng mazkur yo’riqnomaning 261 punktiga asosan poezdlar harakati belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Mashinist va mashinist yordamchisi poezdning peregon bo’yicha o’tib borishiga to’liq javobgar xisoblanadilar. (ABS) ni band qilish uchun ruxsat olinganidan so’ng, mashinist va uning yordamchisi poezdning peregon bo’yicha xavfsiz o’tib ketishi bo’yicha barcha kerakli choralarni ko’rib qo’yishlari lozim. Masalan:
* marshrutni tayyorlash uchun elektr qulf bilan jixozlanmagan kooutator, strelka o’tkazgichining avtomatik rejimda tutashtirilganidan so’ng va marshrut tayyorlanganda mashinist va uning yordamchisi 5 daqiqa kutib turishlari lozim va undan keyin harakatni boshlashlari lozim.
1. Harakat boshlanishidan avval poezdning ushbu yo’lga yaqinlashib kelayotganligi to’g’risida 5 daqiqa oldin signal olingan bo’lsa, u xolda kommutatordagi ulagichlar normal xolatga keltirilgan bo’lishi lozim va ushbu poezdning jo’natilishi va mazkur yo’lda harakatni davom ettirishi uchun ruxsat boshqatdan berilishi lozim.
2. Qo’l qulfi bilan jixozlangan, ammo elektr qulf bilan jixozlanmagan ulagich tezkor rejimda kerakli xolatga keltirilishi va shundan so’ng strelka o’tkazgichini kerakli xolatga keltirib 5 daqiqa kutish lozim.
3. Ulagichlari elektr qulf bilan jixozlangan xolatda poezdlar harakati kommutatordagi strelka o’tkazgichlarini kerakli xolatga keltirilganidan keyin 5 daqiqa kutib keyin boshlanishi mumkin.
Shundan so’ng dispetcher tayyorlab qo’yilgan marshrut yo’nalishidagi xech bir poezd harakatni boshlamaganligiga ishonch xosil qilishi lozim.
(ABS) bo’yicha poezdlar harakatida svetofor signallarini ulash, lokomotiv aloxida stikdan o’tganidan so’ng va aloxida uchastkani band qilgandan keyin amalga oshiriladi. Signal lokomotivning metall qismlari bo’yicha uzatiladi va ta’qiqlovchi belgiga o’zgaradi. Ketma-ket harakatlanayotgan poezdlar band bo’lgan blok uchastkaga ushbu blok uchastka chegarasida chegaralangan tezlik bilan o’ta xushyorlik bilan xar qanday xolat yuzaga kelgan vaqtda zudlik bilan to’xtashga tayyor bo’lgan xolatda kirib borishlari mumkin.
Harakatni boshlashdan oldin avriyalarni oldini olish maqsadida dispetcher bloklovchi qurilmalar qo’llanilganligiga va qarama-qarshi yo’nalish shu yo’nalishga poezdlarni jo’natish marshrutini tayyorlay olmasligiga ishonch xosil qilishi lozim.
Mazkur yo’riqnomaning 261 punkti ta’sir qilmaydigan temir yo’llarda poezd bir blok uchastkadan boshqasiga dispetcher yoki operatorning og’zki buyrug’isiz kira olmaydi.
Poezdni jo’natilishiga ruxsat berishdan oldin poezd dispetcheri yoki operator quyidagilarga ishonch xosil qilishlari lozim:
- peregonning bo’shligiga;
- qaramaqarshi yo’nalishdagi poezd marshruti ta’qiqlash xolatidagiligiga.
(ABS) bo’yicha poezdni jo’natilishiga buyruq:
5306 poezdni 4129 elektrovoz bilan 2 chi yo’ldan MR 5 o’tish svetoforining ruxsat etuvchi signaliga jo’natilishiga, keyingi o’tish svetoforigacha belgilangan tezlik bilan borishiga va undan keyin tezlikni pasaytirgan xolda ruxsat etuvchi signal paydo bo’lguniga qadar harakatlanishiga ruxsat beraman.
Peregondagi ilojsizlikdan to’xtash.
Kabinasida harakat yo’nalishini ko’rsatib turuvchi signal bo’lgan poezdlarga xech qanday cheklashlar berishning xojati yo’q. Mazkur yo’riqnomaning 562 punktiga mos ravishda mashinist harakat yo’nalishini ko’rsatish tizimi ishdan chiqqanda yuk poezdining mashinisti poezdni darxol peregonda to’xtatishi lozim, yo’lovchi poezdi mashinisti esa, tezlikni kamaytirgan xolda o’ta xushyorlik bilan eng yaqin stansiyagacha borishi lozim.
Agar poezd bir blok uchastkadan boshqasiga o’tib bo’lgan bo’lsa, u xolda mashinist quyidagi xolatlarda poezdni harakatlantirishni boshlashi mumkin:
- keyingi o’tish svetofori ruxsat etuvchi belgini ko’rsatib turgan bo’lsa;
- yo’l keyingi o’tish svetoforigacha bo’sh bo’lsa.
|
| |