|
Texnik foydalanish qoidalari va harakat xavfsizligi asoslari
|
bet | 40/90 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 5,64 Mb. | | #148663 |
Bog'liq Китоб 1-қисмNazorat savollari:
Temir yo’lda qo’llaniladigan signallar xaqida so’zlab bering?
Ko’rinuvchan signallar tasnifi?
Ovozli signallar tasnifi?
Temir yo’l transportida aloqaning axamiyati qanday?
Temir yo’l transportida axborot hisoblash tizimi xaqida gapirib bering?
Axborot hisoblash tizimi tarkibiy qismlari?
Poezdlar harakatini boshqarishda tezkor ma’lumotlar bilan ta’minlovchi tizimlarning ishlash tamoili?
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Handbook of transport strategy, policy and institutions, ( 122, 131-134 betlar)
2. National Transportation Networks And Intermodal Systems Chapter One National Transportation Network Databases ( 251-252 betlar)
3. М.Х.Расулов., Хусанов С.Х., Файзибоев Ш. Темир йўллардан техник фойдаланиш қоидалари. Тошкент.2013й
10. ELEKTR MARKAZLASHUV, DISPETCHERLIK MARKAZLASHUV, ALS VA MPTS.
10.1. Strelka va signallarning elektr markazlashuvi
Elektr markazlashuv qurilmasi quyidagilarni ta’minlamog’i lozim:
Strelka va svetoforlarni o’zaro tutashuvini;
Strelka o’tkazgichining yorilishi nazoratini xamda mazkur marshrutni to’suvchi svetoforlarni yopish;
Strelka o’tkazgichlari xolatini nazoratini va boshqaruv apparatida yo’llar va strelka o’tkazgichi sektsiyalarini bandligini;
Strelka va svetoforlarni marshrutli yoki aloxida boshqarishning imkoniyatini, manevr svetoforlari ko’rsatkichi bo’yicha manevr harakatlariniamalga oshirishni va kerak bo’lganda strelka o’tkazgichlarini maxalliy boshqaruv tizimiga o’tkazishni.
Elektr markazlashuv qurilmalari quyidagilarga yo’l qo’yishi mumkin emas:
Band bo’lgan yo’lga marshrut belgilanganda kirish signalining ochilishini;
Harakat tarkibi ostidagi strelka o’tkazgichini xolatini o’zgarishini;
Agar strelka o’tkazgichlari kerakli xolatga qo’yilgan bo’lsa, ma’lum marshrutga tegishli bo’lgan svetoforlarning ochilishini;
Marshrutga kiruvchi strelka o’tkazgichining o’tishini yoki belgilangan marshrutni to’suvchi ochiq svetofor belgisida xalaqit beruvchi marshrut svetoforini ochilishini.
Markazlashtirilgan strelka o’tkazgichining prvodlari va zamikatellari quyidagilarni ta’minlamog’i lozim:
Strelka o’tkazgichlarining eng chekka xolatlarida ostryakning rama relsiga va krestovinaning harakatlanuvchi yurakchasini mo’ylovchaga zij yopishishini;
Strelka o’tkazgichi ostryagini yoki krestovinaning harakatlanuvchi yurakchasini 4 millimetrdan ko’p bo’lmagan oraliq bilan tutashuvini va ostryak va rama relsi yoki harakatlanuvchi yurakcha va mo’ylovcha yopishishini;
Boshqa ostryakni rama relsidan 125 millimetr masofaga olib o’tish.
|
| |