|
Dispetcherlik markazlashuv
|
bet | 41/90 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 5,64 Mb. | | #148663 |
Bog'liq Китоб 1-қисм10.2. Dispetcherlik markazlashuv
Dispetcherlik markazlashuv qurilmalari quyidagilarni ta’minlamog’i lozim:
Bitta punktdan turib bir qancha stansiya va peregonlarning strelka o’tkazgichlari va signallarini boshqaruvini;
Boshqaruv apparatida peregonlar, stansiya yo’llari va unga tutashgan blok uchastkalarning bandligi va u erdagi xolatini nazoratini va shu bilan birga kirish, marshrut va chiqish svetoforlarining qata ko’rsatkichlarini nazoratini;
Stansiyalarning poezdlarni qabul qilish, jo’natish va manevr ishlarini o’tkazish bo’yicha strelka va signallarini zaxira boshqaruviga o’tkazish yoki strelka o’tkazgichlarini manevr ishlarini o’tkazish uchun mahalliy boshqaruvga o’tkazishni;
Bajarilgan poezdlar harakat grafigini avtomatik tarzda yozishni;
Elektr markazlashuv, avtoblokirovka va mustaqil signalizatsiya va aloqa vositasi sifatida qo’llaniladigan avtomatik lokomotiv signalizatsiya talablarining bajarilishini.
Dispetcherlik markazlashuvning yangi tizimlari blok uchastkaning aldamchi bandligida va pereezd signalizatsiyasining ishidagi nosozligini imkoniyatini ta’milashi lozim.
10.3.Avtomatik lokomotiv signalizatsiya va avtoto’xtatgich
Avtomatik lokomotiv signalizatsiya (ALS) — relsli transportdagi signalizatsiya tizimi bo’lib, signal ko’rsatkichlarini harakat tarkibining boshqaruv postiga uzatadi Masalan (lokomotiv, mtorvagon poezdi, drezina kabinasiga).
Avtomatik lokomotiv signalizatsiyasida lokomotiv svetoforlari poezd yaqinlashib kelayotgan yo’l svetoforlarining ko’rsatichlariga mos bo’lgan ko’rsatkichlarni berishi lozim.
Faqat lokomotiv svetoforlari ko’rsatkichlari bo’yicha harakatlanishda bu svetoforlar oldindagi blok uchastkaning bandligi yoki bo’shligidan kelib chiqqan xolda svetoforlar ko’rsatkichlarini berishi lozim.
Lokomotiv svetoforlar lokomotiv, motorvagon poezd, maxsus o’zi yurar harakat tarkibi boshqaruv kabinasiga o’rnatilgan bo’ladi va mashinist yoki uning yordamchisiga yoki drezina xaydovchisiga va uning yordamchisiga signal ko’rsatkichlarini taqdim etadi.
Lokomotivlarda, motorvagon poezdlarda va maxsus o’ziyurar harakat tarkiblarida avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi belgilangan harakat tezliklarini, poezdning o’z o’zidan ketib qolishi va mashinistning xushyorligini davriy tekshiruvi nazoratini ta’minlovchi xafsizlik qurilmalari bilan to’ldirilishi lozim. Mashinistning lokomotiv, motorvagon poezdi, maxsus o’ziyurar harakat tarkibi, drezina xaydovchisi drezinani boshqarish qobiliyatini yo’qotgan xolatda yuqorida keltirilgan qurilmalar poezdning yo’l svetoforining ta’qiqlovchi belgisiga avtomatik tarzda to’xtashini ta’minlaydi.
mustaqil signalizatsiya va aloqa vositasi sifatida qo’llaniladigan avtomatik yoki yarimavtomatik lokomotiv signalizatsiyasi bilan jixozlangan uchastkalarda joylashgan stansiyalarda bosh yo’llar, yo’lovchi poezdlarni qabul qilish va jo’natish yo’llari xamda poezdlarni to’htatmasdan o’tazib yuborishga mo’ljallangan qabul qilib jo’natish yo’llari avtomatik signalizatsiyaning yo’l qurilmalari bilan jixozlangan bo’lishi lozim.
Ba’zi bir stansiyalarda avtomatik lokomotiv signalizatsiyasining yo’qligi “O’TY” AJning boshqaruv raisining ruxsati bilan amalga oshiriladi. YArimavtoblokirovka tizimida avtomatik lokomotiv signalizatsiyaning yo’l qurilmalari bilan yaqinlashish uchastkalari va stansiyaning bosh yo’llari jixozlanadi.
Avtoo’xtatgichlar poezdni yopiq xolatdagi svetofor oldida avtomat tarzda to’xtatishi lozim.
ALS tizimi tarkibiga pastda joylashgan uzatish qurilmalari, harakat tarkibidagi qabul qiluvchi va shifrlovchi qurilmalar va shu bilan birga ALS ishini signalizatsiya va blokirovka, indikatorlar uzatgichlar va harakat tarkibidagi ijrochi qurilmalarning boshqa komponentlari bilan kelishtiruvchi qurilmalar kiradi.
ALS ning (ALSN) to’xtovsiz harakatlanuvchi tizimi, ya’ni svetoforning signali to’g’risidagi axborotlar to’g’tovsiz tushib turadi va tochkali, ya’ni axborot lokomotivga signal tochkasi oldidan o’tish vaqtida (ALSN to’ldiruvchi SAUT shunday ishlaydi) uzatiladigan turlari mavjud. Tizimning bir qismi to’g’tovsiz axborotlarni berib turuvchi va ikkinchi qismi esa tochkali harakat qiladigan tizimlar xam mavjud. Qabul qilish uskunasi asosan mashinistning xushyorligini va poezdni majburiy to’xtashini nazorat qilish tizimi bilan birlashtirilgan bo’lib,lokomotiv svetofori xar bir lokomotivning majburiy vositasi xisoblanadi va bosh vagon yoki motovozlar xam bundan mustasno emas. Signal tochkalari svetoforlarga xamda faqat apparaturalarga ega bo’lishi mumkin va u ALSO — ALS deb nomlanadi va mustaqil aloqa va signalizatsiya vositasi sifatida qo’llaniladi. Bunda peregonda o’tish svetoforlari bo’lmaydi.
|
| |