|
Strelka va signallarning mikroprotsessor tizimi (MPTS)
|
bet | 43/90 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 5,64 Mb. | | #148663 |
Bog'liq Китоб 1-қисм10.4. Strelka va signallarning mikroprotsessor tizimi (MPTS)
MPTS kengaytirilgan elektron komp’yuter tizimi xisoblanib, poezdlar harakat xavfsizligini ta’minlashda boshqariladigan SMB ob’ektlarining va foydalaniladigan peregon qurilmalarining sonidan qat’iy nazar, xar qanday turdagi yo’l qurilmasiga ega bo’lgan stansiyalarni boshqarishga mo’ljallangan. IPU950 apparat platformasi umumiy va markazlashtirilgan ma’lumotlardan tuzilgan modulli dasturiy tizimni kafolatlovchi eng zamonaviy texnologiyalardan foydalanadi va yuqori darajadagi ishonchlilikka ega.
MPTS yordamida boshqarishda peregonlarda o’tish svetoforlarini va pereezd signalizatsiyasini yoqish mumkin. U xolatlarda peregon rels zanjirlarining yo’l qabul qilgichlari stansiyada joylashgan bo’lishi lozim.
MPTS da SMB pastdagi qurilmalar, kabellar, protsessor qurilmalarini va ob’ekt nazoratchilarini joylashtirish uchun mo’ljallangan shkaflar, stansiya navbatchisining avtomatlashtirilgan ish o’rni uchun dasturiy ta’minot, va rele va rele shkaflari qo’llaniladi. MPTS apparat vositalarining chet elda ishlab chiqarilganlari qo’llaniladi.
MPTS tizimiga ulangan qurilmalarni boshqaruvi namunaviy PEXM bazasida o’rnatilgan stansiya navbatchisining avtomatlashtirilgan ish o’rnidan turib amalga oshiriladi. MPTS qurilmalarining ishi stansiya navbatchisining avtomatlashtirilgan ish o’rnidagi monitorda ko’rsatiladigan ob’ektlarning xolati bo’yicha nazorat qilinadi. Ob’ektlar ishini boshqarish stansiya navbatchisi tomonidan stansiya navbatchisi avtomatlashtirilgan ish o’rnidagi sichqoncha va klaviatura yordamida amalga oshiriladi. SMB ob’ektlarini bboshqarish bo’yicha bajariladigan jarayonlarning bir qismi maxalliy boshqaruv posti operatori yoki vagonlarga texnik xizmat ko’rsatish punkti operatoriga berilishi mumkin. Beriladigan ob’ektlarning ro’yxati loyixa xujjatlarini ishlab chiqishda aniqlanadi.MPTS ob’ektlarining texnik parametrlarini nazorati ShN avtomatlashtirilgan ish o’rni yordamida amalga oshiriladi. Xuddi shu avtomatlashtirilgan ish o’rni stansiya navbatchisining harakatlari protokolini va MPTS tizimi ishining natijalarini taxlil qilish imkonini beradi.
Markaziy protsessor ikkita komp’yuterdan tashkil topgan bo’lib, MPTS faoliyati logikasini va poezdlar harakat xavfsizligi shartlarini ta’minlaydi. Komp’yuterlardan bittasi doimiy ravishda ishlab turadi va ikkinchi komp’yuter esa zaxirada turadi. Chunki axborotlani asosiy komp’yuterdan zaxiradagi komp’yuterga uzatish to’xtovsiz amalga oshirb turiladi. Agar asosiy komp’yuter ishdan chiqsa, ikkinchi komp’yuter MPTSning ishini to’xtovsiz davom ettirib turadi. Xr ikkala komp’yuter xam aloqa tugunlari orqali ob’ekt konrollerlari bilan ulangan aloqa kontsentratorlari bilan bog’langan.Aloqa tizimi shunday ulanganki, agar kabel bir joyidan uzilgan bo’lsa, tugun rekonfiguratsiyalanadi, axborotlar esa xar bir kontsentratorga (xar bir kontsentratordan) ushbu kontsentrator qaysi yo’nalishga ulangan bo’lsa shu yo’nalishdagi kontsentratorga tushib turishni davom ettiradi. Komp’yuterlar qayta ulanganda aloqa tugunlarining avtomatik tarzdagi perekommutatsiyasi ro’y beradi.
1-rasm MPTS tizimining tuzilmaviy sxemasi.
Markaziy protsessorning asosiy maqsadi boshqaruv tizimidan keladigan xavfli komandalarning bajarilishini oldini olish uchun ma’lumotlarga ishlov berishdan iborat.
MPTS da ob’ekt nazoratchilarining moduli qurilmalarini (MOK) markazlashtirilmagan joylashuvi bilan pastdagi ob’ektlarga nisbatan yaqin bo’lgan joylardagi stansiyalar bo’g’izlarida o’rnatiladi. MOK ga aloqa kontsentratorlari, ob’ekt nazoratchilari, rels zanjiri qurilmalarining rele qismi , kodlash, strelka o’tkazgichlarini purkash, pereezdlar va boshqa qurilma xamda tizimlar bilan bog’lash, va shu bilan birga elektr ta’minot qurilmalarining uskunalari joylashtiriladi.
|
| |