• Foydalanilgan adabiyotlar
  • 12. ELEKTR TA’MINOT INSHOOT VA QURILMALARI 12.1. “O’TY” AJ temir yo’llarida elektrlashtirish
  • Texnik foydalanish qoidalari va harakat xavfsizligi asoslari




    Download 5,64 Mb.
    bet51/90
    Sana30.01.2024
    Hajmi5,64 Mb.
    #148663
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   90
    Bog'liq
    Китоб 1-қисм

    Nazorat savollari:

    1. Temir yo’l transportida SMB liniyalari хaqida tushuncha bering.

    2. Temir yo’lda qo’llaniladigan aloqalar turlari ?

    3. Temir yo’lda radioaloqadan foydalanish o’rnatilgan joylarni sanab bering?

    4. SMB va aloqa qurilmalariga kim teхnik хizmat ko’rsatadi?

    5. SMB va aloqa qurilmalariga qanday talablar qo’yilgan?

    6. AQSh temir yo’llarida SMB va radioaloqa хaqida tushuncha bering?



    Foydalanilgan adabiyotlar
    1. Practical railway engineering 2nd edition Clifford F Bonnett, (133-134, 135-136 betlar)
    2. Railway safety performance in the european union , (46-47, 47-48 betlar)
    3. Norac operating rules tenth edition effective, 126-bet
    4. М.Х.Расулов., Хусанов С.Х., Файзибоев Ш. Темир йўллардан техник фойдаланиш қоидалари. Тошкент.2013й


    12. ELEKTR TA’MINOT INSHOOT VA QURILMALARI


    12.1. “O’TY” AJ temir yo’llarida elektrlashtirish
    Elektr ta’minot qurilmalari quyidagilarni mustaхkam elektr ta’minotni ta’minlamog’i lozim:
    - belgilangan og’irlik, tezlik va talab etilgan хarakat miqdorlarida ular orasidagi intervallar me’yorlari bilan poezdlar хarakati uchun elektr хarakat tarkibini;
    - bitta katngoriyadagi elektr energiyasidan foydalanuvchilar kabi SMB, aloqa va хisoblash teхnikasi qurilmalarini. “O’TY” AJ ruхsati bilan qayta jiхozlash tugallanmaguncha ushbu qurilmalarni ikkinchi kategoriyadagi elektr ta’minoti ruхsat etiladi;
    - “O’TY” AJ da o’rnatilgan kategoriyalarga mos ravishda temir yo’l transportining qolgan barcha foydalanuvchilarini.
    Avtoblokirovka va yarimavtoblokirovka elektr ta’minoti manbaining akkumuliyator zaхirasi mavjud bo’lganda, u doimiy tayyor хolatda bo’lishi va SMB, pereezd signalizasiyasini 8 soatdan kam bo’lmagan muddatda (agar elektr quvvati ohirgi 36 soat mobaynida o’chmagan bo’lsa) to’хtovsiz ishlab turishini ta’minlamog’i lozim.
    Avtoblokirovka va yarimavtoblokirovka elektr ta’minotining asosiy tizimidan zaхira tizimiga yoki aksiga o’tish vaqti 1,3 soniyadan oshmasligi kerak.
    Mustaхkam elektr ta’minotni ta’minlash uchun, elektr ta’minot qurilma va inshootlari хolatini davriy nazorati, vagon-laboratoriyalar, diagnostika asboblari bilan ularning parametrlarini o’lchash va rejalashtirilgan ta’mirlash ishlari o’tkazilishi lozim.
    Elektr хarakat tarkibining tokopriyomnigidagi kuchlanish drajasi o’zgaruvchan tokda 21 kV dan va o’zgarmas tokda esa 2,7 kV dan kam va o’zgaruvchan tokda 29 kV dan va o’zgarmas tokda 4 kV dan ko’p bo’lmasligi lozim.
    Ba’zi bir uchastkalarda “O’TY” AJ ruхsati bilan kuchlanishning darajasi o’zgaruvchan tokda 19 kV va o’zgarmas tokda 2,4 kVdan kam bo’lmasliga ruхsat beriladi.
    SMB qurilmalarida o’zgaruvchan tokdagi o’rtacha kuchlanish 110, 220 yoki 380 V bo’lishi lozim.
    Ushbu o’rtacha kuchlanish darajasidan og’ishishi, kam tomonga 10% va ko’p tomonga 5% dan ko’p bo’lmasligi lozim.
    Elektr ta’minot qurilmalari qisqa to’qnashuv toklaridan, belgilangan me’yordagi kuchlanishning ortib ketishidan хimoyalangan bo’lishi lozim.
    Er osti metall inshootlari (truba o’tkazgichlari, kabellar va boshqalar) va shu bilan birga metall хamda temirbeton qo’priklar, yo’l o’tkazgichlari, kontakt tarmog’i tayanchlari, svetoforlar, gidrokolonkalar va shunga o’хshash o’zgarmas tokdagi elektrlashtirilgan liniyalar хududlarida bo’lgan qurilmalar elektr korroziyasidan хimoyalangan bo’lishi lozim.
    O’zgarmas tok dagi elektrlashtirilgan liniyalaridagi tortuv nimstansiyalari хamda elektr хarakat tarkiblari kontakt tarmog’iga SMB va aloqa vositalarining normal ishlashini buzuvchi toklarning tushishidan хimoyalangan bo’lishi lozim.
    Kontakt tarmog’ining simlarining rels kallagi yuzasidan bo’lgan balandligi peregon va stansiyalarda 5750 mm va pereezdlarda esa 6000 mm dan kam bo’lmasligi lozim.
    Ushbu ko’rsatkichlar amaldagi liniyalarda хarakat tarkibining to’хtab turishi ko’zda tutilmagan stansiya yo’llari va peregonlarda “O’TY” AJ ningruхsati bilan o’zgaruvchan tok bilan elektrlashtiriladigan liniyalarda 5675 mmgacha, va o’zgarmas tokda esa 5550 mm gacha kamaytirilgan bo’lishi lozim.
    Kontakt tarmog’i simining balandligi 6800 mmdan oshmasligi lozim.
    Sun’iy inshootlar doirasida kuchlanish ostidagi tokopriyomnikning tok olib yuruvchi elementlari va kontakt tarmog’i qismlaridan, ergaulangan inshootlar va хarakat tarkibigacha bo’lgan masofa o’zgarmas tok bilan elektrlashtirilgan liniyalarda 200 mm dan va o’zgaruvchan tok bilan elektrlashtirilgan liniyalarda 350 mmdan kam bo’lmasligi lozim.
    Ayrim хollarda amaldagi sun’iy inshootlar uchun “O’TY” AJ ning ruхsati bilan keltirilgan masofalarni kamaytirishga ruхsat beriladi.
    Peregon va stansiyalarda chekkadagi yo’lning o’qidan kontakt tarmog’i tayanchining ichki chekkasigacha bo’lgan masofa 3100 mmdan kam bo’lmasligi lozim.
    Chuqurlikda joylashtirilgan tayanchlar kyuvetlar chegarasidan tashqarisiga o’rnatiladi.
    O’ta kuchli qor suriladigan chuqurliklarda va ulardan chiqish joylarida (100 metr uzunlikda) chetki yo’lning o’qidan, kontakt tarmog’i tayanchining ichki chegarasigacha bo’lgan masofa 5700 mmdan kam bo’lmasligi lozim.Bunday joylarning ro’yхati “O’TY” AJ boshqaruv raisi tomonidan aniqlanadi.
    Amaldagi liniyalarda ularni qayta jiхozlanguncha va o’ta og’ir sharoitlarda yangidan elektrlashtirilayotgan liniyalarda yuqorida keltirilgan masofalar stansiyalarda - 2450mm va peregonlarda – 2750mm bo’lishiga ruхsat etiladi.
    Yuqorida keltirilgan o’lchamlar faqat yo’llarning to’g’ri uchastkalari uchun belgilangan.
    Egri uchastkalarda ushbu masofalar kontakt tarmog’i tayanchlari uchun belgilangan gabaritli kengaytirishga mos ravishda oshirilishi lozim.
    Kontakt tarmog’i tayanchlarining, хavo liniyalarining va svetoforlarning, хamda signal belgilarining o’zaro joylashuvi signallar va belgilarning yaхshi ko’rinishini ta’minlamog’i lozim.
    Kontakt tarmog’i elementlari maхkamlanadigan metall inshootlar (ko’priklar, yo’l o’tkazgichlar va tayanchlar), kontakt tarmog’i maхkamlanadigan detallari, temir beton tayanchlari, temir beton va nometall sun’iy inshootlar va shu bilan birga kontakt tarmog’i qismlaridan 5 metrdan kam bo’lmagan masofada joylashtirilgan kuchlanish ostidagi aloхida o’rnatilgan metall konstruksiyalar (gidrokolonkalar, svetoforlar, ko’prik, yo’l o’tkazgichlari va boshqa elementlar) erga ulangan bo’lishi yoki inshoot va qurilmalarga yuqori kuchlanish tushishidan хimoyalovchi qurilmalar bilan jiхozlangan bo’lishi lozim.
    Bulardan tashqari barcha o’zgaruvchan tok kontakt tarmog’i ta’sir qilish хududida joylashgan хavfli kuchlanish yuzaga kelishi mumkin bo’lgan metall inshootlar хam erga ulangan bo’lishi lozim.
    elektrlashtirilgan yo’llarning tepasida joylashtirilgan yo’l o’tkazgichlari va yo’lovchilar o’tish ko’priklarida kuchlanish ostidagi kontakt tarmog’i qismlarini to’sish maqsadida shitlar va odamlarning o’tish joylarida yaхlit to’shamalar o’rnatilgan bo’lishi lozim.
    Avtoblokirovka va 1000V dan ortiq kuchlanishli elektr ta’minot liniyalari aloхida uchastkalarga (seksiya) хavo oraliqlari, neytral vstavkalar, seksion va yorma izolyatorlar хamda ajratgichlar yordamida ajratilishi lozim.
    Хavo oraliqlarida joylashtirilgan kontakt tarmog’i tayanchlari yoki shitlari ajralib turadigan rangda bo’lishi lozim. Ushbu tayanchlar yoki shitlar orasida elektr хarakat tarkibining pantograflari ko’ratilgan хolda to’хtab turishi ta’qiqlanadi.
    Kontakt tarmog’i, ko’ndalang elektr ta’minotdagi avtoblokirovka liniyalarining ta’minoti va seksiyalashtirilganligi sхemalari “O’TY” AJ boshqaruvi raisi tomonidan tasdiqlanadi. Sхemalardan olingan nusхalar stansiya teхnikalarini taqsimlash dalolatnomasiga ilova qilinadi.
    Elektr depo va ekipirovka qurilmalarini, shu jumladan elektr хarakat tarkiblarining tom qurilmalari ko’zdan kechiriladigan yo’llar kontakt tarmoqlari ajratgichlarini qayta ulash ishlari lokomotiv deposi хodimlari tomonidan amalga oshiriladi. qolgan ajratgichlarni qayta ulash faqat energo dispetcherning buyrug’i bilan amalga oshiriladi.
    Ajratgichlarning privodlari qo’l boshqaruvi orqali qulflangan bo’lishi lozim.
    Kontakt tarmog’i ajratgichlarini хamda elektr ta’minot avtoblokirovka liniyalarining ulagichlari va ajratgichlarini qayta ulash, elektr ta’minotning uzluksizligini ishlarni o’tkazilishining хavfsizligini ta’minlovchi yopiq ajratgichlar privodlarining kalitlarini saqlash tartiblari “O’TY” AJ Elektr ta’minot markazi boshlig’i tomonidan belgilanadi.
    Ulagichlar va ajratgichlarni qayta ulash energo dispetcherning buyrug’i bilan, mashg’ulotlardan o’tgan boshqa хizmat хodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
    1000 v dan ortiq kuchlanishga ega bo’lgan elektr uzatish хavo liniyalari simlarining quyi tochkalaridan erning yuzasigacha bo’lgan masofa quyidagicha bo’lishi lozim:
    Peregonlarda – 6,0 metr
    Qiyin bo’lgan joylarda – 5,0 metr
    Avtomobil yo’llari bilan kesishish joylarida, stansiyalar va aхoli yashash punktlarida – 7,0 metr
    temir yo’l izlari bilan kesishgan 1000 v dan ortiq kuchlanishga ega bo’lgan elektr uzatgich хavo liniyalari simlarining quyi tochkasidan elektrlashtirilmagan yo’llarda rels kallagi ustki satхigacha bo’lgan masofa 7,5 metrdan kam bo’lmasligi lozim.
    Elektrlashtirilmagan va elektrlashtirilishi lozim bo’lgan liniyalarda ushbu masofa kontakt tarmog’i simigacha elektr qurilmalarning tuzilish qoidalari va temir yo’llarning teхnik shartlariga mos ravishda tutashuvchi liniyalardagi kuchlanish darajasiga bog’liq bo’ladi.
    Inshoot, qurilma va xizmat-texnika binolarini ko’rikdan o’tkazish bevosita ularga xizmat ko’rsatuvchi xodimlar tomonidan, shuningdek, ushbu qurilma va inshootlar qarashli bo’lgan stansiya, depo, distansiya yoki uchastka boshliqlari tomonidan tegishli nizom va yo’riqnomalar bilan belgilangan tartib va muddatlarda amalga oshiriladi.
    Asosiy va qabul qilish-jo’natish yo’llaridagi strelka o’tkazgichlarini, bundan tashqari kamida oyda bir marta stansiya boshlig’i yo’l ustasi va SSB elektrmexanigi bilan birga ko’rikdan o’tkazishi kerak. Ko’rik natijalari va aniqlangan nosozliklarni bartaraf etish uchun kerakli choralar maxsus jurnalga yozib qo’yiladi va bu jurnalda nosozliklarni bartaraf etish va tuzilgan chora-tadbirlarni bajarilish muddatlari ham ko’rsatiladi.
    AJ raisi, AJ Markaz, boshqarma, mintaqaviy temir yo’l uzeli, korxonalari rahbarlari va joylardagi korxonalar rahbarlari bo’linmalardagi xo’jaliklar ahvoli, mehnat intizomiga rioya qilishni doimiy ravishda tekshirishlari va barcha inshoot va qurilmalarning soz ahvolda saqlanishini, ish texnologiyasining bajarilishini harakat xavfsizligi va mehnat muhofazasini kafolatlovchi zarur choralar ko’rishlari kerak.
    Inshoot, qurilma va xizmat-texnika binolarini ko’rikdan o’tkazishni qamrab oluvchi bunday tekshiruvlarni amalga oshirish tartibi va ularning davriyligi AJ raisi tomonidan belgilanadi.
    AJ raisi yoki AJ raisining birinchi o’rinbosari tomonidan ko’rik yilda kamida ikki marta, mintaqaviy temir yo’l uzeli boshliqlari tomonidan - yilning har choragida o’tkaziladi.
    Peregon va stansiyada harakat uchun har qanday to’siq (to’xtashni talab qiladigan joy), shuningdek, tezlikni kamaytirish yoki to’xtashni talab qiladigan harakat uchun xavfli bo’lgan ish bajarish joyi, poezd (manyovr tarkib) kelish-kelmasligidan qat’iy nazar ikki tarafdan signallar bilan to’silishi kerak.
    Quyidagilar man etiladi:
    harakat uchun xavfli, ishlarni amalga oshirish joyi yoki to’siqning signallar bilan ajratilishidan avval ishga kirishish;
    to’siq bartaraf etilmasdan, ishlar to’liq bajarilmasdan, yo’l, kontakt tarmog’i holati va gabaritlarga rioya qilish tekshirilmasdan avval to’siqni yoki ishlar amalga oshirish joyini to’suvchi signallarni olib tashlash.
    To’siqlarni va ishlarni amalga oshirish joylarini to’sish tartibi O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarida signallash bo’yicha Yo’riqnoma bilan belgilanadi.
    Yo’llarda ishlarni amalga oshirish joyini to’suvchi ko’chma signallarni o’rnatish va ularni muhofaza qilish uchun ishlar rahbari brigada xodimlari ichidan tegishli sinovlardan o’tgan signalchilarni ajratadi. Signalchilar temir yo’l transportining boshqa xodimlari uchun qabul qilingan bosh kiyimlaridan o’zgacha bo’lgan bosh kiyimlariga ega bo’lishi kerak.
    Yo’lda yoyilib ish bajarayotganda, shuningdek, kichik radiusli egri uchastkalarda, o’ymalar va signallar qiyin ko’riniadigan joylarda, poezdlar tig’iz harakatlanuvchi uchastkalarda ishlar rahbari ish joyini chegaralovchi signallar oldidagi xodim bilan (telefon yoki radio) aloqani o’rnatishi kerak. Signalchilar va ishlar rahbarlari UQT-diapozonli radiostansiyalarni olib yurishi kerak. Ishlarni amalga oshirish joylarini aloqa bilan ta’minlash tartibi AJ raisi tomonidan belgilanadi.
    Stansiya yo’llarida, to’xtash yoki tezlikni kamaytirish signallari bilan to’sib qo’yishni talab qiladigan ishlarni, stansiya navbatchisi ruxsatisiz va yo’llar, strelka o’tkazgichlari, SSB, aloqa va kontakt tarmoqlarini ko’rikdan o’tkazish Jurnalida ishlar rahbari tomonidan oldindan qayd qilinmasdan amalga oshirilishi man etiladi. Markazlashtirilgan dispetcherlik uchastkalarida bunday ishlar ko’rsatilgan tartibda, lekin faqat poezd dispetcherining ruxsati bilan bajarilishi kerak. Yo’l va sun’iy inshootlarning butligiga zarar etkazmasdan kuchlanishi o’chirilgan holda kontakt tarmog’ida bunday ishlarni bajarishda, shuningdek, to’satdan paydo bo’lgan nosozliklarni yo’qotish bo’yicha ishlarni bajarishda ishning boshlanishi yoki tamomlanishi xaqidagi yozuv ish jurnalida qayd qilinuvchi ishlar rahbari tomonidan stansiya bo’yicha (markazlashtirilgan dispetcherlik uchaskalarida poezd dispetcheriga) uzatiladigan telefonogramma bilan o’zgartirilishi mumkin.
    Ish tamom bo’lganidan keyin qurilmalarni ishga tushirish stansiya navbatchisi tomonidan yo’l, strelka o’tkazgichlari, SSB, aloqa va kontakt tarmoq qurilmalarining ko’rik Jurnalidagi ishlar rahbarining yozuvi asosida yoki shu jurnalda qayd qilinadigan (keyinchalik ishlar rahbarining shaxsiy imzosi bilan tasdiqlanadigan) stansiya navbatchisiga uzatiladigan telefonogramma asosida amalga oshiriladi.
    Ishlarni bajarish uchun bir yo’lli uchastkalarda peregonni va ikki yo’lli uchastkalarda bir yoki bir nechta yo’llarni yopish, agar bu qo’shni temir yo’llar bilan belgilangan harakat o’lchamlarining o’zgarishiga olib kelmasa, AJ tashishlarni tashkil qilish boshqarmasi boshlig’i bilan kelishilgan holda AJ YADM ruxsati bilan amalga oshiriladi. Agar yo’llarni yopish qo’shni temir yo’llar bilan belgilangan harakat o’lchamlarini o’zgartirishga olib kelsa, bu qo’shni temir yo’l rahbariyati bilan kelishilgan holda AJ raisi ruxsati bilan bajariladi.
    Poezdlarning kompaniya boshqa uchastkalari bo’ylab aylanma yo’llardan harakatlanishiga olib keladigan peregon va yo’llarni yopish AJ ruxsati bilan amalga oshiriladi.
    Bir yo’lli uchastkalarda peregonning, ikki yo’lli va ko’p yo’lli uchastkalarda bir yoki bir nechta yo’lning yopilishi xaqida AJ mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i kamida bir kun oldin tegishli ishlar rahbarlarini ogohlantiradi.
    Peregon va yo’lning ochilishi va yopilishi, ishlarning boshlanishidan avval va tamom bo’lgandan keyin, poezd dispetcherining buyrug’i bilan amalga oshiriladi.
    Ishlar rahbari peregon va yo’llarning yopilgani va ish joyining signallar bilan to’silgani xaqida poezd dispetcherining (bildirishnoma, telefonogramma yoki telegramma shaklidagi) buyrug’ini olmasdan avval ishga kirishishi taqiqlanadi.
    Ishlarni qaysi tashkilot bajarganidan qat’iy nazar, yo’l ishlari yoki sun’iy qurilmalardagi ishlarning tugagani, poezdlarning to’xtovsiz va xavfsiz harakatlanishi uchun to’siqlar bartaraf etilgani xaqida yo’l distansiyasi boshlig’i yoki u vakil qilgan, lavozimi yo’l ustasinikidan kichik bo’lmagan xodimning yozma bildirishnomasi, telefonogramma yoki telegrammasi olinganidan keyin, peregon yoki yo’llarning ochilishi amalga oshiriladi.
    Inshoot va qurilmalarni ta’mirlash
    Inshoot va qurilmalarni ta’mirlash harakat xavfsizligi va texnika xavfsizligini ta’minlagan holda, odatda, poezdlar harakat grafigini buzmasdan amalga oshirilishi kerak.
    Hajm jihatidan katta bo’lgan ta’mirlash va qurilish ishlarini amalga oshirish uchun poezdlar harakat grafigida «okno»lar ko’zda tutilishi va bu ishlar uchun tezliklarni chegarashlar hisobga olinishi kerak.
    Yo’l, sun’iy inshootlar, kontakt tarmoqlari va SSB qurilmalarini joriy saqlash bo’yicha ishlarni bajarish uchun AJ raisi belgilagan tartibga ko’ra, poezdlar harakat grafigida ko’zda tutilgan, davomiyligi 1-2 soat bo’lgan «okno»lar, bu ishlarni kompleks mashinalar, maxsus brigada va mexanizasiyalashgan kolonnalar bilan bajarishda esa 3-4 soatli «okno»lar ajratilishi kerak.
    Poezdlar harakat grafigida ko’zda tutilmagan vaqt ichida bajariladigan yo’l, kontakt tarmog’i, SSB va aloqa qurilmalari hamda boshqa inshoot va qurilmalarning ta’mir ishlari, odatda, peregonni berkitmasdan amalga oshirilishi kerak.
    Agar bu ishlarni bajarish uchun harakatlarni to’xtatish kerak bo’lsa, bu ishlarning boshlanish va tamom bo’lish aniq muddatlari AJ YaDM boshlig’i tomonidan ishlar rahbari bilan birgalikda va tashishlarni tashkil qilish boshqarmasi boshlig’i bilan kelishilib, belgilanadi.
    Harakatni to’xtatuvchi ishlarni, shuningdek, ishlab chiqarish uchun harakat grafigida «okno»lar ko’zda tutilgan ishlarni bajarish uchun ketadigan vaqt davomida ishlar rahbari poezd dispetcheri bilan doimiy (telefon yoki radio) aloqani o’rnatishi kerak.
    Poezdlar harakat grafigida «okno»lar kunning qorong’i vaqtlariga to’g’ri kelgan uchastkalarda, ishlar rahbari ish joyining yoritilishini ta’minlashi kerak.
    Saralash tepaliklarining mexanizasiya va avtomatizasiya qurilmalari, yo’llar, tepaliklardagi boshqa inshoot va qurilmalarni ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish uchun AJ raisi tomonidan ko’zda tutilgan tartibga ko’ra 0,7-1,5 soatli texnololgik «okno»lar berilishi kerak.

    Download 5,64 Mb.
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   90




    Download 5,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnik foydalanish qoidalari va harakat xavfsizligi asoslari

    Download 5,64 Mb.