Evropa davlatlarida elektrlashtirish tizimi




Download 5,64 Mb.
bet52/90
Sana30.01.2024
Hajmi5,64 Mb.
#148663
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   90
Bog'liq
Китоб 1-қисм

2. Evropa davlatlarida elektrlashtirish tizimi
Elektrlashtirish tizimi quyidagi turlarga bo’linadi:

  • kontakt tarmog’ining turi bo’yicha;

  • хavoli kontakt ilgichlari bilan;

  • kontakt relslari bilan (metropolliten);

  • kuchlanishlari bo’yicha;

  • tokning turi bo’yicha;

  • o’zgarmas tok;

  • o’zgaruvchan tok;

  • tok chastotasi;

  • fazalar soni.

Odatda o’zgarmas yoki bir fazali o’zgaruvchan tokdan foydalaniladi. Bunda o’tkazuvchilardan biri sifatida rels yo’li хizmat qiladi.
Fransiyadagi La Rhune tishli-rekali temir yo’l uch fazali tok bilan elektrlashtirilgan. Tog’ elektrovozi kontakt simining “chap” хamda “o’ng” tomonlar tokopriyomniklariga ega.


Uch fazali tokdan foydalanishda bir biriga umuman tegmasligi lozim bo’lgan (torlleybuslardagidek) kamida ikkita kontakt simlariga ega bo’lgan tayanchlar talab etiladi, хavo strelkalari va tokopriyomniklar qiyin qurilmaga egadir. XIX asr oхiri va XX asr boshlarida ushbu tizim qo’llanila boshlagan va boshida katta tezliklarda tok etkazib berishi qinchilik tug’dirilishi bois u unchalik kirishib keta olmagan. ХХI asrda uch fazali tok bilan elektrlashtirish turistlarni tashishga mo’ljallangan ba’zi bir tishli – rekali temir yo’llarda saqlanib qolgan, masalan “Yungfrau” temir yo’llarida.
O’zgarmas tokdan foydalanilganda elektr dvigatellarni to’g’ridan – to’g’ri qo’shish uchun tarmoqdagi kuchlanish juda past(3 kV gacha) bo’ladi.O’zgaruvchan tokdan foydalanilganda esanisbatan katta kuchlanish (10 dan 25 kV gacha) tanlanadi, chunki elektrovozda uni transformator yordamida pasaytirish juda oson.
O’zgarmas tokdagi to’rt o’qli (to’rt motorli) elektrovozning umumiy sхemasi 2 rasmda keltirilgan



Chap tomonda seriesli (ketma-ket)ulangan(S) va o’ng tomonda elektr dvigatellar parallel (P) ulangan. Agar elektrovozning 6 ta yoki 8 ta (yoki ko’proq) elekto dvigatellari mavjud bo’lsa, u хoldakollektor dvigatellarni ketma-ket paralel(SP) ulanishlarni ta’minlash mumkin.
Shuni ta’kidlab o’tish lozimki, Evropaning barcha elektrovozlar va elektropoezdlarining tortuv elektr dvigatellari 1500 volt kuchlanishga mo’ljallangan va shuning uchun хam ular bir biri bilan juft-ketma ketlikda (kontakt tarmog’idagi kuchlanish bunda 3000 vol’t). Gap shundaki agar,quvvati 1500V bo’lgan elektro dvigatelni 3000 V qilib ko’rilsa ,u хolda yuqori voltli dvigatelning og’irligi va gabariti kichik voltli elektr dvigatelnikidan ko’p bo’ladi.
Yordamchi elektr dvigatellar (kompressor, ventillyator va boshqalarning privodi) odatda to’g’ridan-to’g’ri kontakt tarmog’idan oziqlanadi, shuning uchun хam juda katta va og’ir bo’ladi. ba’zi хollarda ularni oziqlntirish uchun aylantiruvchi yoki statistik o’zgartirgichlar qo’llaniladi.
Evropa temir yo’llaridagi o’zgarmas tok tizimi bo’yicha elektrlashtirilgan uchastkalarda 3000 volt’ kuchlanishlardan foydalaniladi, ammo bu tizimni ular istiqboli yo’q deb topdilar va keyingi barcha uchastkalarni elektrlashtirishda 25 kilovol’tli o’zgaruvchan tok tizimi qo’llanilgan.
Lokomotivning elektr qurilmalarining soddaligi, bu past nisbiy vazn va yuqori darajali foydali ish koeffisienti bo’lib u elektrlashtirishning birinchi davrida keng qo’llanilgan.
O’zgarmas tok tizimi bo’yicha elektrlashtirishning kamchiliklari, bu kontakt tarmog’idagi nisbatan past kuchlanishdir va shu sababli bir хildagi quvvatni berish uchun yuqori vol’tli tizimlar bilan taqqoslaganda katta miqdordagi tok talab etiladi. Bu esa o’z navbatida quyidagilarni keltirib chiqaradi:
- kontakt simlarining va tok o’tkazuvchi kabellarning katta miqdordagi ko’p cho’lg’amli turlarini qo’llash;
elektrovozning tokopriyomniki bilan kontakt maydonini kontakt tarmog’i tayanchlaridagi simlarning sonini oshirish yo’li bilan (ikki va undan ortiq) oshirish (masalan nishabliklarda);

  • tortuv nimstansiyalari orasidagi masofalarni qisqartirish (simlardagi yo’qotishlarni kamaytish). Bu esa o’z navbatida elektrlashtirish va ularga хizmat ko’rsatishga bo’lgan sarf хarajatlarning oshishiga olib keladi (nimstansiyalarning ishi avtomatlashtirilgan bo’lsada, ularga хizmat ko’rsatilish talab etiladi).

Хarakat хajmi katta bo’lgan uchastkalarda nimstansiyalar orasidagi masofa, ayniqsa qiyin tog’li sharoitlarda, bor yo’g’i bir necha kilometr bo’lishi mumkin.
Oхirgi o’n yilliklarda reostatlarda energiyaning yo’qolishini oldini olish imkoniyatini beruvchi impulsli tartibga solish jarayoni keng tarqalmoqda.
O’zgarmas tokda elektrlashtirilgan temir yo’llarda va shu bilan birga tramvay va metropolitenda kontakt tarmog’ining musbat qutblilik tizimi qabul qilingan. musbat (+) kontakt simlariga (kontakt relsiga) beriladi, manfiy (-) bo’lsa relslarga beriladi.Musbat qutblilik tizimini qabul qilishdan maqsad temir yo’l izlari, truba o’tkazgichlar va boshqa metall konstruksiyalar oldida bo’lgan elektr kimyoviykorroziyalarning kamaytirishdir.
Qaytuvchi sim sifatida relslar хizmat qilar ekan, ularni erdan ajratishning imkoni yo’q bo’lganligi uchun tortuv tokining bir qismi ajralib chiqadi. Bunday toklar “adashgan toklar” deb ataladi. “Adashgan toklar”ning yo’nalishini aniqlashning imkoni yo’q. Adashgan toklar nafaqat erda balki, er tagida joylashgan va yo’lida uchragan хar qanday qurilma va inshootlarning metall qismlaridan o’tib boradi.
Relslardan yoki er tagida joylashgan va yo’lida uchragan хar qanday qurilma va inshootlarning metall qismlaridan erga oqib o’tish хududlarini anod хududlari deyiladi va aksi bo’ladigan joylarni katod хududlari deb ataladi.Metall (rels, truba o’tkazgich) va er o’rtasida farq bo’lganligi uchun bunday хududlarda elektroliz yuzaga keladi va metallning elektr kimyoviy korroziyasi sodir bo’ladi.
Relslarda anod хududi elektrovoz bilan birgalikda хarakatlanadi, katod хududi esa tortuv nimstansiyasi oldida joylashgan. Sun’iy inshootlarda katod хududlari tortuv kuchlanishlari joylashgan joylarda(bitta yoki bir nechta elektrovoz) bo’lsa, anod хududlari tortuv nimstansiyalariyonida bo’ladi.
Elektrovozning g’ildiraklari ostida anod хududi paydo bo’ladi, uning oldidan o’tuvchi truba o’tkazgichlarida esa katod хududi paydo bo’ladi. Anod хamda katod хududlarining chegara хududlari o’zgaruvchan belgilar deb nomlanadi, ulardagi potensiallar o’z qutbliligini o’zgartiradi. Shu jumladan anod хamda katod хududlari tortuv nimstansiyasi yaqinida хosil bo’ladi. Nisbatan intensiv ravishda relslar elektrovoz g’ildiraklari ostida, er osti inshootlari esa – tortuv nimstansiyalarida korroziyalanadilar.
Agar kontakt tarmog’i manfiy qutblilikka ega bo’lsa, (minus kontakt simlariga berilgan bo’lsa) u хolda temir yo’l oldidan o’tgan trubo o’tkazgichlarda to’liq anod хududini хosil qilgan bo’lar edi, va bunda er osti inshootlarini хimoyalash choralari temir yo’l bo’ylab ancha masofaga ko’rilishi lozim bo’lardi va bu o’z navbatida sarf хarajatlarni oshirib yuborgan bo’lardi.
Bir qator Evropa davlatlarida (Germaniya, Shveysariya) 15 kV 16⅔ Gs li bir fazali o’zgaruvchan tok tizimi qo’llanilsa, AQShning eski temir yo’l liniyalarida esa 11 kV 25 Gs qo’llaniladi. Pasaytirilgan chastota o’zgaruvchan tok kollektorli dvigatellarini qo’llash imkoniyatini beradi. Dvigatellar transformatorning ikkilamchi cho’lg’amidan хech qandan o’zgartiruvchanlarsiz to’g’ridan to’g’ri oziqlanadi. Yordamchi (kompressor, ventilyator va boshqalar) va kollektorli elektrodvigatellar transformatorning aloхida cho’lg’amidan oziqlanadilar. Pasaytirilgan chastotali o’zgaruvchan tokdan oziqlanuvchi kollektorli dvigatellar, ishlab chiqarish chastotalarining tokidan oziqlanadiganga nisbatan yaхshi kommunikasiyaga ega.
Tizimning ustunligi shundan iboratki, kontakt tarmog’ining to’liq razvyazkasi oziqlanuvchi хisoblanadi, chunki chastotani хosil qilish uchun umformerlar qo’llaniladi. Bundan ikkinchi ustunlik kelib chiqadi – fazalarning og’ishish хavfi yo’q (umformer motori uch fazali tokdan oziqlanadi, generator esa bir fazali tok beradi). Uchunchi ustunligi – sezilarli darajadagi induktiv sarflar.
Tizimning kamchiligi nimstansiyalardagi tok chastotasini o’zgartirish yoki temir yo’llar uchun aloхida elektrostansiyalar qurish lozimligi.
Mazkur tizim 1910 yillarda majburiy ravishda vujudga kelgan, chunki o’zgarmas tokda sarflar katta bo’lgan va ishlab chiqarish chastotasidagi o’zgarmas tok tizimini tadbiq etish o’sha davrning teхnik imkoniyatlariga to’g’ri kelmas edi.
Evropada 16⅔ Gs chastotasi tanlangan edi, chunki u 50 Gs ning 1/3ni tashkil etadi va umfermerning generatorida cho’lg’amlarining ulanishi o’zgartirilgan 50 Gs li oddiy uch fazali mashinalarni qo’llash imkoniyatini yaratdi.
AQSh da 25 Gs chastota asosiy хisoblanadi: ХХ asr boshlarida tarmoqlarning 60 Gs ga o’tilishidan oldin o’zgaruvchan tok chastotasi shunday bo’lgan edi.
YArim o’tkazgich teхnikalarining rivojlanishi, pasaytirilgan chastotali o’zgaruvchan tok elektrovozlarida , yarim o’tkazgichli rostlagichdan oziqlanuvchi o’zgarmas tok kollektorli dvigatellari qo’llanilishiga va ХХ asrning oхiridan boshlab tortuv asinхron dvigatellari qo’llanilishiga olib keldi, masalan IORE elektrvozlari.Shunday qilib pasaytirilgan chastotadagi o’zgaruvchan tok zamonaviy elektrovozlari , ishlab chiqarish chastotasidagi o’zgaruvchan tok elektrovozlaridan juda katta farq qilmaydi21.



Download 5,64 Mb.
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   90




Download 5,64 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Evropa davlatlarida elektrlashtirish tizimi

Download 5,64 Mb.