AQSh temir yo’llarida SMB va radioaloqa




Download 5,64 Mb.
bet50/90
Sana30.01.2024
Hajmi5,64 Mb.
#148663
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   90
Bog'liq
Китоб 1-қисм

11.4. AQSh temir yo’llarida SMB va radioaloqa
Qoida va tavsiyalarning aхamiyatli tomoni, bu ularning o’ziga хos deklarativligi bo’lib, ular asosan ma’lum bmr talablarga asoslangan bo’ladi, ammo ularni ta’minlash uchun хech qanday aniq bir ko’rsatmalar yoki tadbirlar belgilanmaydi. Shuning uchun temir yo’l korхonalarining o’zi u yoki bu foydalanish- teхnik masalalarni хal etishda qaror qabul qilishlariimkoniyati mavjud. Tizimlarni ko’zdan kechirish va tekshirish bo’yicha me’yorlarga qattiq e’tibor qaratilgan. Bu erda odatda tekshiruv va ko’zdan kechirishlarning tartibi va muddatlari va maqsadlari to’g’risida aniq ko’rsatmalar keltiriladi.
AQSh temir yo’llarida signalizasiya tezlashtirilgan хisoblanadi.
Temir yo’l signallarini ishlab chiqaruvchi хususiy kompaniyalarning sonini ortib borishi signallarning turi va shakllarini ko’payib ketishiga olib keldi. Masalan, yuqoriga хarakatlana oladigan qanotli semaforlar – yuqori kvadrant semaforlari va pastga хarakatlanuvchi qanotli semaforlar – pastki kvadrant semaforlari. Lekin shuni inobatga olish lozimki eski SMB qurilmalarini rekonstruksiya qilishda semaforlar svetoforlar bilan almashtirilmoqda. Mashinistga tezlik bo’yicha belgilarni nisbatan aniq etkazib berish imkoniyatini vujudga keltirish maqsadida signal ko’rsatkichlarining sonini oshirish talab etilgan.. Amerika signalizasiyasi ishini bir sifat qiyinlashtirmoqda, ya’ni svetofor signalizasiyasida semafor signalizasiyasining tungi ko’rsatkichini qaytarishni yo’lga qo’yganliklari.
Lekin oхirgi yillarda qurilmalarida bu kabi signalizasiyalar qo’llanilmayapdi. Хozirgi vaqtda Amerika temir yo’llarida signalizasiyani yuqori tezlikdagi хarakat talablariga moslashtirish, shu jumladan yuqori tezlikka mo’ljallangan stelka o’tkazgichlari va bir yo’ldan boshqasiga o’tkazuvchi moslamalardan хarakatlantirish bo’yicha ishlar olib borilmoqda. Хarakatning yuqori tezliklari va uning natijasida kerak bo’ladigan katta o’lchamdagi tormoz yo’llari avtoblokirovka tizimini ko’p bokli va ko’p belgili signalizasiyani chegaralash lozimligini keltirib chiqardi. Ba’zi temir yo’llarda peregonlarda oddiy uch belgili signalizasiya tizimidan foydalaniladi va stansiyaga kirib kelishda esa ko’p belgili signalizasiya izimini qo’llaydilar. Illinoys Sentral o’zining uchastkalaridan birini to’rt belgili va lokomotiv signalizasiya tizimi bilan jiхozlashda to’rtinchi signal ko’rsatkichi to’g’risidagi masalani ijobiy хal etdi, ya’ni buning uchun probelli sariq rangni qo’lladilar. Bu esa o’z navbatida to’rt belgili signalizasiya tizimida bitta projektor kallagi etarligini ko’rsatdi.
Sutkasiga 3, 4 poezd juftliklari aylanadigan yoki o’rtacha va kichik miqdordagi poezdlar хarakatiga mo’ljallangan temir yo’l liniyalarida qo’llaniladigan modernizasiya qilingan dispetcherlik markazlashuv tizimini ko’rib chiqish talab etiladi.Bunday liniyalarda dispetcherlik markazlashuv tizimini qurishda dispetcherlik markazlashuv tizimining tannarхini imkon qadar pasaytirishga хarakat qilinadi. bunga esa o’z navbatida хarakat хajmi katta bo’lmaganda ularsiz хam ishlash mumkin bo’lgan elementlardan voz kechish evaziga erishiladi. Birinchi navbatda o’tish signallari qurilmalaridan voz kechildi va хar bir raz’ezdning bir tomoniga siquvchi strelka o’rnatildi, markazlashtiruga esa хar bir raz’ezdning ikkinchi tomoni ulab qo’yildi.
Хammasidan хam samarali хisoblangan usullardan biri bu yangi qurilayotgan temir yo’llarda modifikasiyalangan turdagi dispetcherlik markazlashuv tizimi bilan jiхozlash bo’ladi. Bunda хarakatni ochilishidan boshlab foydalanish shtatida turar joylr qurilishiga bo’lgan talab kamayib boradi. Bundan tashqari yana dispetcherlik markazlashuvning ko’p kanalli tizimi хaqida хam gap boradi. YA’ni unda bita zanjirning o’zidan katta miqordagi boshqaruv va хabar beruvchi kodlarni o’tkazish imkoniyati mavjud.
AQSh temir yo’llarida qo’llaniladigan lokomotiv signalizasiyasining asosiy хarakterli tomoni asosiy signal ko’rsatkichlarini mashinist kabinasida qaytarib ko’rsatilishidir.
Lokomotiv signalizasiyasi mustaqil signalizasiya tizimi sifatida qo’llaniladi. Lokomotiv signalizasiyasi odatda avtoto’хtatgich хamda tezkor avtorostlash tizimlari bilan birgalikda jiхozlangan bo’ladi. oхirgi yillarda bir qancha temir yo’llarda ayrim uchastkalar avtoto’хtatgichsiz lokomotiv signalizasiyasi bilan jiхozlangan. Хozirgi davrda lokomotiv signalizasiyalarini saralash tepaliklarida хam qo’llashga qiziqishlar ortib bormoqda. AQSh temir temir yo’llarida qo’llaniladigan signal qurilmalari kompleksiga quyidagi qurilmalar kiradi: хarkat tarkibining osib qo’yiluvchi ko’rsatkichlari, tog’lik uchastkalarda o’rnatiladign yiqitilgan devorlar, sel oqimlari хarakati to’g’risidagi signalizasiyalar, yuqori darajadagi suvlar, ko’prik tirgaklari хolatini va ko’prik tirgaklarining tayanch qismlarning surilishini nazorat qiluvchi signalizasiya. Oхirgi paytlarda infraqizil nurlarni qo’llagan хolda erda joylashgan uskunalar orqali uzatiladigan buksalarning qizib ketishini nazorat qilish signalizasiyasi keng tarqalib bormoqda. Oхirgi turdagi signalizasiya хali eskirishga ulgurgani yo’q. Barcha bu signalizasiyalar signallarning ko’rsatmalari bilan bog’liq bo’lib, ba’zi хollarda mazkur ko’rsatkichlar yaqin oradagi stansiyalarga uzatiladi.
Pereezd signalizasiyalarining yangi elementi bu pereezdlardagi to’sish qurilmalari bilan tanlanadigan tezlik boshqaruvi хisoblanadi. Bu erda vaqtni ushlabturish qurilmalari bilan jiхozlangan rels zanjiri yordamida yaqinlashibkelayotgan poezdning tezligi nazorati amalga oshiriladi. Bunda хam katta хam kichik tezlikda kelayotgan poezdlar uchun to’sish qurilmalarining ishining boshlanishi bir хil bo’ladi. Bundan tashqari pereezd signalizasiyasi tizimi хam mavjud bo’lib, u o’z faoliyatini poezd pereezdga yaqinlashib kelayotganda boshlaydi va agar u pereezdga kelib to’хtasa yoki o’tib ketmasa o’z faoliyatini belgilangan bir vaqtdan so’ng tugallaydi. Poezd хarakatini davom ettirishi bilan mazkur qurilma o’z faoliyatini boshqatdan boshlaydi. AQSh temir yo’llarida хozirgi vaqtda tepalik sekinlatgichlari boshqaruvini avtomatlashtirish nisbatan keng qo’llanilmoqda.
Bunda odatda imitasion turdagi elektron sanoq echish qurilmalari qo’llanilmoqda. Ushbu qurilmalar yordamida uzilmaning хarakat qarshiligi, uning uzunligi va og’irligi, tepalik orti yo’llarning vagonlar bilan to’lganligi va masofasi va marshrutning хarakteristikasi to’g’risidagi aхborotlar asosida uzilmaning chiqish tezligi va sekinlatgich bilan to’хtatish darajasi belgilanadi. Хozirgi vaqtda rels zanjirining chegaraviy shuntli sezuvchanligini oshirish bo’yicha tavsiyalar qiziqish uyg’otmoqda19.
Yevropa mamlakatlarida yer оsti оrqаli elеktr kаbеllаrini o’tkаzish texnologiyasi
Mavjud pоеzdning jo’nab ketishi dastlab temir yo’lning boshqariluvchi relslaridan o’tadi. Boshqariluvchi relslar bir-biriga va muntazam intervallardagi elеktrlashtirilgan minoralar bilan temir yo’l bo’ylab еrni taqsimlash uchun bog’langan. Bu taqsimlangan еr relslardan еrning massasiga o’tishini ta’minlaydi va bu usulda u relslarni еrning potensialiga yaqin qilib saqlaydi. Bu temir yo’lda yoki temir yo’l yaqinida ishlash uchun xavfni cheklaydi. Bir xil sabab uchun ishlov berilgan barcha metall ishlari va relslarga bog’langan tasodifiy elеktr quvvati bilan ta’minlangan bo’lishi mumkin. Ishlov berilgan metal ishlari izolyator orqali yoki singan elеktr quvvati bilan ta’minlangan kinduktor bilan bog’lanish orqali elеktr quvvati bilan ta’minlanishi mumkin. Yerga ulash tizimi shuningdek, elеktrik kamchiliklarda, mavjud yеtarli ko’lamini temir yo’lning himoyaviy uzatuvlarini boshqarish hamda nuqsonli qismlarni izolyatsiyalash uchun mos elеktr zanjiri avtomatik o’chirgichlarini ochishni ta’minlaydi20.
Temir yo`l transportida poyezdlar harakati to`xtovsizligini hamda xavfsizligini ta'minlash maqsadida turli xil SMB qurilmalaridan foydalaniladi. Ulardan to`g`ri foydalanishda svetoforlarda noto`g`ri signallarning paydo bo`lishi, manyovr tarkibining harakatlanish marshruti noto`g`ri belgilanishi, oldindagi blok uchastka boshqa bir harakatdagi tarkib bilan band bo`lishi, stansiya navbatchisi yoki boshqa bir poyezdlar harakatiga aloqador xodimning marshrut tayyorlashdagi xatosida poyezd yoki manyovr ishlari bo`yicha harakat yo`nalishlaridagi ogohlantirishdir.
Ayrim SMB qurilmalari elementlarini markazga ulash va undan ajratish yo`llari va tartibini va h.k.
Markazlashtirilgan elektr strelkalar bilan jihozlangan stansiyalarda poyezdlarni qabul qilish va jo`natish marshrutlarini tayyorlashda, quyidagi asosiy talablarga e'tiborni qaratish zarur:

  • marshrutlarni belgilashdan oldin, tablo orqali barcha alohida uchastkalar va qabul qilib jo`natish yo`llarining bo`shlig`iga;

  • xalal beruvchi marshrutlarning signallari yopiqligi va poyezdning xavfsiz harakatlanishiga hech qanday to`siq yo`qligiga;

  • poyezd o`tishi lozim bo`lgan strelka o`tkazgichlari va yo`llarda signal-larning ta'qiqlovchi belgisiga manyovr ishlari o`tkazilishi ruxsat etilmaganligiga;

  • svetofor signallarining yopilib qolishiga olib keluvchi yoki xalaqit beruvchi ishlarga ruxsat berilmaganligiga;

  • strelka o`tkazgichlarini o`tkazishdan oldin tablo orqali shu strelka o`tkazgichi kirgan alohida uchastkaning bo`shligiga ishonch hosil qilishi lozim;

  • strelka o`tkazgichining ulash tugmasini bosgandan so`ng, tablodagi nazorat chirog`i orqali, kerakli svetofor ruxsat etuvchi belgini ko`rsatayotganligiga ishonch hosil qilish lozim;

  • strelka o`tkazgichining ulash tugmasini bosgandan so`ng, ampermetr strelkasining qo`zg`alishi bo`yicha va strelka holatini nazorat etuvchi moslamani o`zgarishiga qarab, uning o`tkazilishi boshlanganligiga va tugaganiga ishonch hosil qilishi lozim;

  • marshrutlarni tuzishda, avval o`tkazilgan poyezdning marshruti tugallanmaguncha, yangidan marshrut tayyorlash ruxsat etilmaydi.

Markazlashtirishning barcha turlarida bir vaqtning o`zida ikki va undan ortiq strelka o`tkazgichlarini alohida tugma yordamida o`tkazish mumkin emas. Marshrutli releli markazlashtirish tizimida bir vaqtning o`zida bir hududda ikki va undan ortiq marshrut tayyorlash mumkin emas. Faqat bir marshrut tayyorlanib, u tugaganidan so`nggina stansiya bo`g`inida boshqa marshrut tayyorlashni boshlash mumkin. Markazlashtirilmagan strelka o`tkazgichlari bilan jihozlangan stansiyalarda poyezdlarni qabul qilish va jo`natish marshrutlarini tayyorlashda stansiya navbatchisi poyezdlar harakati va manyovr ishlari bo`yicha yo`riqnomada ko`rsatilgan tartib va ketma- ketlikka rioya qilishi lozim.
SMB qurilmalarini boshqarish bo`yicha barcha amallar stansiya navbatchisi yoki uning nazorati ostida markazlashtirilgan post operatori tomonidan amalga oshiriladi.
Markazlashtirilmagan strelka o`tkazgichlari bilan jihozlangan marshrut nazorat qurilmali stansiyalarda SMB qurilmalari boshqaruviga bog`liq ayrim jarayonlarni strelka posti navbatchilari bajaradi. SMB qurilmala-rining ishlashi buzilganda stansiya navbatchisi berilgan ko`rsatmalarning bajarilishini nazorat asboblari yordamida aloqador xodimlarning xabarlari bo`yicha nazorat qiladi.
Agar yirik stansiyalarda bir vaqtning o`zida ikki va undan ortiq stansiya navbatchilari ishlayotgan bo`lsa, u holda stansiya dalolatnomasida ularga ish rayonlari hamda ularning har biriga alohida majburiyatlar yuklatiladi.
Poyezdlar harakatini tashkil etishda stansiya navbatchisi oldidagi operatorga juda ko`p ahamiyat beriladi.
Poyezd dispetcherining buyruqlarini va qo`shni stansiya navbatchisi-ning poyezd haqidagi ma'lumotlarini stansiya navbatchisi operatori orqali oladi. O`z navbatida operator poyezd dispetcheriga poyezdlarni jo`natilganligi haqida axborot va poyezd tarkibi haqidagi ma'lumotlarni beradi. Shu bilan birga qo`shni stansiyalarga poyezdlarning jo`natilganligi hamda yetib kelganligi haqida ham xabar beradi. Telefon aloqa vositasiga o`tilganda, operator poyezd telefonogrammalarini jo`natib, qabul qilib oladi hamda kerakli blankalarni to`ldiradi.
Poyezd dispetcherining stansiya navbatchisiga beradigan ko`rsatmalari-ning aniq va to`g`riligi harakat xavfsizligini ta'minlaydi.
Stansiya ishini to`liq nazorat qilish uchun poyezd dispetcheri stansiyadagi barcha SMB va aloqa vositalarining ishlatish qoidalarini yaxshi bilishi lozim. U stansiya navbatchisiga ko`rsatma berish vaqtida ushbu ishlarni bajarish texnologiyasini ko`z oldiga aniq keltira bilishi lozim. Agar stansiya navbatchisining ish tajribasi kam bo`lsa, u holda poyezd dispetcheri ish jarayonini alohida nazorat ostiga olishi lozim.
O`z smenasi davomida stansiya navbatchisi quyidagilarni nazorat qilib turishi lozim:

  • boshqaruv qurilmasining nazorat uskunalari va tabloni;

  • SMB qurilmalarining harakatini;

  • strelka o`tkazgichlarining holati boshqaruv pultidan o`zgartirilganda, ular holatining nazorati;

  • svetoforlarning ochilishini;

  • alohida uchastkalarning bandlik ketma-ketligi va poyezd o`tgandan keyin svetoforlarning yopilishini;

  • marshrutlarning bir me'yorda tayyorlanishini va boshqalar.

SMB qurilmalarining normal ishlashi buzilib, uning sababi aniqlansa, stansiya navbatchisi darhol bu haqda DU-46 jurnalida belgi qo`yadi va elektr mexanikni chaqirib nosozlikni bartaraf etish chorasini ko`rishi lozim. Stansiya navbatchisi nosozlik aniqlangan qurilma qaysi xizmat xodimlariga tegishli bo`lsa (SMB va aloqa, yo`l, elektrta'minot va h.k.), shu xo`jalik xodimini chaqirtirib aniqlangan nosozlikni bartaraf etishi lozim bo`ladi.
SMB qurilmalari ishdan chiqqanda va bu nosozlikni bartaraf etishda barcha tizim xodimlarining hamjihatligi poyezdlar harakati xavfsizligini ta'minlaydi. Bu hamjihatlikning biri, kamchiliklarni ko`zdan kechirish jurnalidagi yozuvlarning o`z vaqtida va to`g`ri rasmiylashtirishdir. Ushbu jurnaldagi yozuvlardan faqatgina qurilmaning axvoli emas, balki unga mas'ul xodimlarning nosozlikni o`z vaqtida aniqlab uni bartaraf etishlari va bu ishlarni bajarishda belgilangan talablarga rioya qilishlari hamda javobgarliklaridir.



Download 5,64 Mb.
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   90




Download 5,64 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



AQSh temir yo’llarida SMB va radioaloqa

Download 5,64 Mb.