• Foydalanilgan adabiyotlar
  • 8. POEZDLAR HARAKAT XAVFSIZLIGINI BUZILISH TASNIFI 8.1. Umumiy xolatlar
  • Texnik foydalanish qoidalari va harakat xavfsizligi asoslari




    Download 5,64 Mb.
    bet29/90
    Sana30.01.2024
    Hajmi5,64 Mb.
    #148663
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   90
    Bog'liq
    Китоб 1-қисм

    Nazorat savollari:

    1. Poezd ishlarida reglament so’zlashuvlar xaqidagi umumiy qoidalarni gapiring?

    2. Poezd larni qabul qilish bo’yicha reglament tartibi?

    3. Manevr ishlarida reglament so’zlashuvlar xaqidagi umumiy qoidalarni gapiring?

    4. Poezd tuzuvchi va mashinist bilan reglament tartibi?

    5. Poezd radioaloqasi va manevr ishlari bajarayotganda reglament so’zlashuvlar xaqida gapirib bering?

    6. Yuqori tezlik uchastkalarida muloqot reglamenti tartibi?



    Foydalanilgan adabiyotlar
    1. Practical railway engineering 2nd edition Clifford F Bonnett (148-149, 149, 154-156, 156-158 betlar)
    2. М.Х.Расулов., Хусанов С.Х., Файзибоев Ш. Темир йўллардан техник фойдаланиш қоидалари. Тошкент.2013й


    8. POEZDLAR HARAKAT XAVFSIZLIGINI BUZILISH TASNIFI


    8.1. Umumiy xolatlar
    O’zbekiston Respublikasining “Temir yo’llar to’g’risida”gi qonuni va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2004 yil 2 martdagi 101 raqamli “O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarida tashishlar xavfsizligining nazorati bo’yicha Davlat inspektsiyasi faoliyatini takomillashtirishning chora tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga asosan “Temir yo’l transportida harakat xavfsizligini buzilishini, tasnifi, xizmat tekshiruvlari va xisobining tartibi to’g’risida”gi qonun tasdiqland (O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 2015 yilning 30 iyul kuni 2703 raqam bilan xisobga lingan).
    T ashishlar xo’jaligida - manevr ishlarida koidalar buzilishining oldini olish, harakat tarkibini maxkamlash tartibi va me’yorlarini saqlash, vapgonlarni o’z-o’zidan harakatlanib ketishini oldini olish, yo’lovchi va xavfli yuklar ortilgan vagonlari bo’lgan yuk poezdlarini stansiyaga birinchi navbatda qabul qilish va jo’natish tartibini buzilmasligini nazorat qilish, so’zlashuv muloqotlarini buzilmasligini, nostandart vaziyatlarda xodimlarning o’z vazifalarini to’g’ri bajarilishi, ko’rikdan o’tkazishni o’z vaqtida va sifatli o’tkazilishini nazorat qilinishi lozim.
    Lokomotiv xo’jaligida – ta’qiqlovchi belgilarga o’tib ketish, avtotormozlarni noto’g’ri boshqarish, belgilangan harakat tezliklarini oshirish, lokomotiv brigadalarining ish tartibi va dam olish tartiblarini buzilishi, harakat tarkibining texnik xizmat ko’rsatilishi va ta’mirlanishini nazorat qiligsh va shu bilan birga lokomotiv parklari va motorvagon harakat tarkibining texnik jihatdan soz holatda bo’lishini tekshirib turish lozim bo’ladi.
    Vagon xo’jaligida – avvalam bor nosoz vagonlarni yuklash jarayonlari uchun poezdlarga berilishini oldini olish, maxsus trafaret yoki belgilarsiz yuklashga berish, vagonlarni ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatilishini tashkil etish hamda texnologik jarayonlarga rioya qilinishini nazorat qilishlari lozim.
    Aloqa va signalizatsiya xo’jaligida – SMB va aloqa apparatlarining ayrim detallarini o’z vaqtida almashtirilishini nazorat qilishlari, aloqa va signalizatsiya vositalarini saqlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko’rsatish shartlarini buzilmasligini nazorat qilishlari va boshqa signal va aloqa vositalarining normal ishlashini qattiq nazorat ostiga olib ulardan foydalanish qoidalarini buzilmasligiga ahamiyat qaratishlari lozim.
    Yo’l xo’jaligida – yo’llarda ta’mirlash va yo’llarni saqlash me’yorlarini buzilmasligiga, strelka o’tkazgichlariga o’z vaqtida to’g’ri xizmat ko’rsatilishiga, yuzaga kelgan nosozliklarni o’z vaqtida bartaraf etilishiga, yo’lning holatidan kelib chiqib poezdlar harakat tezliklarini belgilanishiga, ta’mirlash ishlari o’tkaziladigan ob’ektlarni to’sish va xavfli uchastkalarni chegaralash tartiblarini buzilmasligiga e’tiborni kuchaytirish lozim.
    Elektrta’minot xo’jaligida – kontakt tarmog’i va avtoblokirovka tizimining texnik xizmat ko’rsatilishi uni to’g’ri saqlanishiga, yuzaga kelgan nosozliklarni o’z vaqtida bartaraf etilishiga va belgilangan rejadagi ta’mirlash ishlarini o’z vaqtida va sifatli o’tkazilishiga e’tiborni qaratishlari lozim.
    Yo’lovchi tashish xo’jaligida – yo’lovchi vagonlarnini ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko’rsatishni tashkil etish, texnilogik jarayonlarga rioya qilish, yo’loachi vagonlarni reysga tayyorlash, poezd brigadalarining reysga jo’nashdan oldin kasbiy yo’riqnomalardan o’tishlari va boshqa ishlarni nazoratini o’tkazishlari lozim.
    Yuk tashish xo’jaligida – birinchi navbatda yuklarni ortish va ularni mahkamlash shartlarini buzilmasligini, yuklarni tashish qoidalari talablari hamda yuklarni mahkamlashning texnik shartlarini buzilmasligini va yuk ortish uchun beriladigan vagonlarning soz holatda ekanligi va u texnik ko’rikdan o’tganligiga ahamiyatni qaratishlari lozim.
    Temir yo’l xolati ustidan nazorat qilish o’rtacha darajasi AQSh va G’arbiy Evropa davlatlarida Rossiyaga nisbatan ancha past. Buning muammoga turli yondashish mavjud. Bizning bosh mavqeimiz xavfsizlikni joyiga ko’yish bo’lsa, G’arb mamlakatlarida ko’p xollarda temir yo’l transporti yuk va yo’lovchi tashish xarajatlarini minimallashtirish jixatidan mukobilsiz sifatida aniklash mezoni bo’ladi. Shunday kilib, temir yo’l va Evropa temir yo’l agentligida avariyalarni tasniflash tizimini asosiy mezoni ko’rilgan zarar bilan aniqlanadi aniklash mezoniga ko’rib xodisalari tasniflash tizimida moliyaviy zarar bo’ladi.
    Muayyan turdagi avariyalar temir yo’l er polotnosiga qanchalik moliyaviy zarar etkazilganligini aniqlanadi, avariyani oldini olish yoki iloji boricha etkazilgan zarar sug’urtalanidi.
    G’arb mamlakatlarida har 3-6 oy bir marta er polotnosi o’rtacha xolatini mobil’ diagnostikvagon tekshiruvi o’tkaziladi. Bu tekshiruvni taqqoslaganda, Rossiyada bu ko’rsatkich yuqori va poezdlar eng ko’p uchastkalarda esa oyda 3-4 marta o’tkaziladi. AKSh va Evropa davlatlarida bu ko’rsatkich 5-10 barobar past, yo’l xo’jaligi temir yo’lni diagnostika qilishda 10-12 kishi ishlaydi, 350-400 ta maxsus vagonlar bilan jixozlangan.
    2012 yilda Rossiya temir yo’o’llarida taxminan 30 ta xolatda rel’s sinishi, Germaniryada esa taxminan 500-600 xolatda, barcha MDH xududlarida esa bu ko’rsatkich 4-5 ming xolat xisoblanadi. Temir yo’l avariyalari natijasida yiliga Evropa yo’lovchi poezdlar orasida baxtsiz xodisalar tufayli bir necha o’nlab odamlar kurbon bo’lmoqda, bu xodisa natijasida mingdan ortik odamlar vafot etgan.
    Evropa temir yo’llarida Rossiya temir yo’llariga yuk tashish aylanmasi 12-16 mln.tonna brutto, yani ikki marta kam xisoblanadi.
    Bundan tashkari, Evropada iklim kulay sharoitlar idan foydalanib, Evropa Ittifokida temir yo’l er polotnosi chidamli va uning xolati ustidan nazorat qilish darajasi ossiya temir yo’llari kabi unchalik yuqori emas.
    Ayni paytda Ispaniyada ro’y berayotgan avariya xaqida xabar kilinganiga qaraganda, Rossiya temir yo’llarida barcha harakat tarkiblari avtomatlashtirilgan harakat tizimlari bilan jixozlangan bo’lib, mashinist chegaralangan temir yo’l uchastkalari uchun belgilangan kamchiliklar kamaytirish poezd mashinisti tezlikni yuqoriligida xisoblanadi.
    Evropa temir yo’llarida shunga o’xshash eng yukori tezlikda harakatlanish tizimlari mavjud. Extimol, Ispaniya poezd bunday tizimi bilan jixozlangan emas edi, yoki ishlamay yoki o’chirilgan. Bu mutaxassislar ko’rgan bo’ladi13. .



    Download 5,64 Mb.
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   90




    Download 5,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnik foydalanish qoidalari va harakat xavfsizligi asoslari

    Download 5,64 Mb.