Poezd radioaloqasi bo’yicha muloqotlar reglamenti




Download 5,64 Mb.
bet27/90
Sana30.01.2024
Hajmi5,64 Mb.
#148663
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   90
Bog'liq
Китоб 1-қисм

Poezd radioaloqasi bo’yicha muloqotlar reglamenti

Mazkur reglament quyidagi shakldagi muloqotlar va ularni uzatish ketma-ketligiga rioya qilishi lozim:
Talab etilayotgan abonentni chaqirish
“Salar stansiyasi navbatchisi”.
Agar chaqirilayotgan abonent javob bermasa, u xolda chaqiruv qaytarilishi lozim.
Agar chaqirilayotgan radiostansiya faoliyat ko’rsatuvchi xududdagi barcha abonentlarni e’tiborini qaratish lozim bo’lsa, u xolda:
“Diqqat xammaga!”
Chaqirilayotgan abonentlar javobi:
«Men Salar stansiyasi navbatchisi Mo’minov eshitaman»;
«Men, poezd (lokomotiv, elektrta’minot) dispetcheri Azimov, eshitaman»;
«Men, 2001 poezd mashinisti Qurbonov, eshitaman».
Xar qanday xolatda xam barcha abonentlar o’z familiyasi va lavozimini aytishlari lozim.
Chaqirayotgan abonent esa o’zini tanishtirishi lozim:
«Men 3001 poezd mashinisti» va keyin xabar, savol yoki buyruqning matni aytiladi.
Poezd kirish, marshrut yoki chiqish signalining ta’qiqlovchi belgisiga kirib borishida Stansiya navbatchisiga (Poezd dispetcheri) mashinistni radioaloqa bo’yicha faqat unga poezdni stansiyaga qabul qilish yoki uni o’tkazib yuborish tartibi o’zgargan xoldagina chaqirishga ruxsat etiladi.
Avariya yoki nostandart vaziyatlar yuzaga kelganda mashinist (mashinist yordamchisi) xabarni yuborishni quyidagi so’zlar bilan uzatishni boshlashi lozim: “Diqqat hammaga” (kerak bo’lsa xabar bir necha marta qaytarilishi mumkin). Yuqoridagi xabar olinganda radioaloqa faoliyat ko’rsatadigan xududda bo’lgan barcha poezdlar (lokomotivlar) mashinistlari, Poezd dispetcherlari va stansiya navbatchilari radioaloqa bo’yicha muloqotlarni to’xtatishlari va kerak bo’lsa xabarni diqqat bilan tinglashlari va poezdlar harakat xavfsizligini ta’minlash bo’yicha choralar qabul qilishlari lozim.
Poezd tormoz tizimlarida nosozliklar aniqlanganda mashinist yoki uning yordamchisi poezd dispetcheriga va peregonni chegaralab turgan stansiyalar navbatchilariga xamda shu vaqtda peregonda bo’lgan boshqa poezdlar mashinistlariga bu xaqida quyidagi shaklda xabar berishlari lozim: “Diqqat barchaga! Men 2007 poezd mashinisti Avazov, “Salar – Xamza peregonining 25 kilometridaman, tormoz tizimi ishdan chiqdi. Choralarni ko’rishingizni so’raymiz” (radioaloqa kanali bo’yicha chaqiruv 12-15 sekund davom etadi, shundan so’ng uni poezd dispetcheri yoki stansiya navbatchisidan javob olingunga qadar qaytariladi).
Temir yo’llarning neft xamda gaz o’tkzigichlari bilan kesishgan joyida “Gaz” va “Neft” signal belgilaridan o’tishda mashinist va uning yordamchisi lokomotiv kabinasi oynalarini ochib, ushbu joydan o’ta xushyorlik bilan, imkon qadar avtotormozlardan foydalanmagan xolda o’tishlari talab etiladi.
Maxsus axamiyatli xidni yoki neft maxsulotining to’kilishi aniqlanganda mashinist bu xaqida darxol poezd dispetcheri yoki stansiya navbatchisiga xabar jo’natishi lozim.
Tormoz magistralida bosimning tushib ketishi natijasida poezd to’xtaganida mashinist bu xaqida darxol radioaloqa bo’yicha quyidagi shaklda xabar jo’natishi lozim:
“Diqqat barchaga! Men 2007 poezd mashinisti Azimov, tormoz magistrallarida bosimning tushib ketganligi sababli “Salar – Xamza” peregonining 25 – kilometri, toq yo’lida to’xtadim. gabaritlarning buzilganligi to’g’risida ma’lumotlar mavjud emas. extiyot bo’linglar!”
Harakat tarkibining temir yo’l izlaridan chiqib ketishi natijasida poezd to’xtab qolgan taqdirda, mashinist bu xaqida darxol radioaloqa orqali quyidagi shakldagi xabarni jo’natishi lozim:
“Diqqat barchaga! Men 2007 poezd mashinisti Azimov. “Salar-Xamza” peregoning 25 kilometri toq yo’lida harakat tarkibining izidan chiqib ketishi natijasida gabaritlar buzilgan. Extiyot bo’ling!”
Xabar, peregondagi poezd mashinistlariga, yo’lovchi poezdi boshlig’iga (brigadir-mexanik), poezd dispetcheriga, peregonni chegaralab turgan stansiyalar navbatchilariga poezd dispetcheriyoki stansiya navbatchisi, orqadan kelayotgan poezd mashinisti va qo’shni yo’ldan harakatlanib kelayotgan poezd mashinisti tomonidan qabul qilinganligi to’g’risidagi tasdiqi kelmaguncha qaytarilib turilishi lozim.
Mashinist yoki uni yordamchisi radioaloqa orqali yo’lning ustki qismida begona buyumning tushib qolganligi, temir yo’l transporti qurilma va inshootlarining zararlanganligi, temir yo’l izlarida yoki temir yo’l ob’ektlarida begona shaxslarning borligi aniqlanganligi to’g’risidagi xabarni poezd dispetcher yoki stansiya navbatchisiga etkazishlari lozim.
Jo’natish stansiyasida va lokomotiv brigadalari almashuv punktida yo’lovchi poezdiga lokomotiv ulanganidan so’ng, yo’lovchi poezdi boshlig’i xamda lokomotiv mashinisti o’rtasida radioaloqa tekshirib olinishi lozim. Bunda quyidagi reglamentlar saqlanib qolishi talab etiladi:
Yo’lovchi poezdi boshlig’i mashinistni chaqiradi:
“2007 raqamli poezd mashinist”.
Mashinistning javobini olgan so’ng poezd boshlig’i davom etishi lozim:
“Men 185 raqamli yo’lovchi poezdi boshlig’i Samadov” va undan so’ng xabarning matni davom ettiriladi.
Mashinist yo’lovchi poezdi boshlig’ini chaqiradi:
“ 185 raqamli yo’lovchi poezdi boshlig’i”.
Yo’lovchi poezdi boshlig’ining javobi olingandan so’ng mashinist davom ettirishi lozim:
“Sizning poezdingiz mashinisti Azimov chaqiradi” va undan so’ng matnini davom ettiradi.



Download 5,64 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   90




Download 5,64 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Poezd radioaloqasi bo’yicha muloqotlar reglamenti

Download 5,64 Mb.