|
Manevr ishlaridagi tezliklar
|
bet | 23/90 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 5,64 Mb. | | #148663 |
Bog'liq Китоб 1-қисмManevr ishlaridagi tezliklar
Stansiyada manevr ishlari quyidagi tezliklarda o’tkazilishi talab etilgan:
60 km/soat – bo’sh yo’llar bo’yicha lokomotivning o’zi yoki vagonlari bilan harakatlanish tezligi bo’lib, vagonlari orqada va lokomotiv oldinda bo’lgandagi tezlik bo’lib avtotormozlar ulangan va tekshirib ko’rilgan xolatda;
40 km/soat - bo’sh yo’llar bo’yicha lokomotivning o’zi yoki vagonlari bilan harakatlanish tezligi bo’lib, vagonlari orqada va lokomotiv oldinda bo’lgandagi tezlik;
25 km/soat - bo’sh yo’llar bo’yicha lokomotivning o’zi yoki vagonlari bilan harakatlanish tezligi bo’lib, vagonlari oldinda va lokomotiv orqada bo’lgandagi tezlik, tiklash xamda o’t o’chirish poezdlari xam shu yo’sinda harakatlanadi.
15 km/soat – odamlar bilan band bo’lgan, shu bilan birga yon va pastki yuklash nogabariritligi 4, 5, 6 darajali bo’lgan vagonlar harakatida;
5 km/soat - turtkili manevr ishlarida, saralash osti parkida uzilma vagonlarni boshqa uzilmalarga yaqinlashishidagi tezlik;
3 km/soat – lokomotivlarni vagonlar bilan yoki vagonlarsiz vagonlarga yaqinlashishidagi tezlik;
Harakat tarkiblarining harakatlanish tezliklari vagon og’irliklari bo’yicha og’irligidan kelib chiqqan xolda stansiyadagi texnikalarni taqsimot dalolatnomasida belgilanadi.
Vagonlarni saralash tepaligidan tushirish tezligitepalik svetoforining xar xil belgilarida va shubilan birga harakat xavfsizligi va harakat tarkibining saqlanishini ta’minlagan xolda tepalikning texnik jixozlanganligi va maxalliy sharotlardan kelib chiqqan xolda “O’TY” AJ raxbari tomonidan belgilanadi.
Turtki usuli bilan bajariladigan manevrlarda xamda ayrim turdagi yukli vagonlarni, refrejirator vagonlarni va sektsiyalarni saralash tepaligidan tarkiblarni tushirish yuklarni tashish qoidalariga mos ravishda o’ta extiyotkorlik bilan poezdlar harakati va manevr ishlari bo’yicha yo’riqnomada belgilangan tartibda amalga oshirish talab etiladi.
Bosh yo’llarda bajariladigan yoki uni kesib o’tib bajarilishi lozim bo’lgan manevr ishlari faqatgina stansiya navbatchisining ruxsati bilan manevr ishlari o’tkazilayotgan yo’lga o’tish strelkasini chegaralab turuvchi kirish svetoforning ta’qiqlovchi belgisiga bajarilishiga ruxsat beriladi.
Bir yo’lli uchastkalarda stansiyadan tashqariga chiqib bajariladigan manevr harakatlari faqatgina poezd dispetcheri va qo’shni stansiyaningnavbatchilarining belgilangan tartibdagi mashinistga topshiriladigan yozma ruxsatnomalar bilangina amalga oshirilishi lozim. Ikki yo’lli uchastkalarda esa noto’g’ri yo’l bo’yicha peregonga chiqib bajariladigan manevr harakatlari esa poezd dispetcherining roziligi va stansiya navbatchisining og’zaki ruxsati bilan amalga oshirilishiga ruxsat beriladi.
Maxsus manevr svetofori mavjud bo’lgan stansiyalarda manevr lokomotivining stansiya chegarasidan tashqariga chiqarilishi shu signal ko’rsatkichlari bo’yicha amalga oshiriladi.
Harakat tarkibining peregonga ketib qolish xavfi bo’lgan katta nishabliklarda joylashgan stansiyalardagi manevr harakatlari nishablik tomondan manevr lokomotivini qo’yib xamda vagonlarning avtotormozlarini ulagan xolda amalga oshirilish mumkin.
Agar bunday yo’llarda manevr ishlarini bajarishda nishablik tomondan manevr lokomotivini qo’yishning imkoni bo’lmasa, u xolda manevr ishlapri surib borish usuli bilan amalga oshirilishi lozim va avtotormozlar ulanib sinab ko’rilgan bo’lishi lozim. Bunday stansiyalarda manevr ishlaprini o’tkazish tartib qoidalari poezdlar harakati va manevr ishlari bo’yicha yo’riqnomada keltirilgan va stansiya texnikalarini taqsimlash dalolatnomasida ko’rsatilgan bo’ladi.
Vagonlarni saralash uchun tepali qurilmalari mavjud bo’lgan stansiyalarda, manevr harakatlari “O’TY” AJ ning MTU raxbarlari tomonidan tasdiqlangan yo’riqnoma asosida amalga oshirilishi lozim.
Quyidagi xollarda turtkili manevr ishlari va tepalikdan tushirish manevrlari ta’qilanadi:
Odamlar bilan band bo’lgan vagonlarni (vagon kuzatuvchisi yoki yukni kuzatib ketayotgan shaxslardan tashqari);
Yuklarni tashish qoidalariga mos ravishda aloxida yuklar ortilgan vagonlarni;
Yon va pastki nogabariritligi 4,5,6 darajadagi yuklar ortilgan platforma va yarimvagonlarni va nogabaritliligi 3 darajali yukli transporterlarni;
Ishlab turgan xolatdagi lokomotivlarni, motorvagon harakat tarkiblarini, refrijirator poezdi tarkiblarini, yo’lovchi vagonlarni xamda temir yo’l izlarida harakatlanuvchi kranlarni;
“Tepalikdan tashlanmasin” deyilgan trafaretga ega bo’lgan vagonlar va maxsus harakat tarkiblarini; Bunday harakat tarkiblari saralash tepaligidan faqatgina manevr lokomotivi bilan o’tkazilishi mumkin bo’ladi.
Saralash tepaligidan quyidagilarni o’tkazish ta’qiqlanadi: 12 va undan ortiq o’qga ega bo’lgan yukli yoki bo’sh transporterlar,120 tonnali yuk ko’taruvchi va ulanmasida ikki va undan ortiq platformalari bo’lgan ulanma platformalar, xamda “Saralash tepaligidan o’tkazilmasin” deb yozilgan trafaretga ega bo’lgan harakat tarkiblari.
Harakat tarkiblari stansiya yo’llarida chegara qoziqchalari bilan belgilangan stansiya chegaralarida o’rnatilishi lozim.
Stansiya yo’llarida lokomotivsiz turgan poezd tarkiblari yoki maxsus harakat tarkiblari o’z o’zidan ketib qolmasligi uchun boshmoqlar, qo’l tormozlari yoki boshqa “O’TY”AJ tomonidan belgilangan maxkamlash vositalari yordamida mustaxkam maxkamlangan bo’lishi lozim.
Vagon xamda tarkiblarni maxkamlash tartiblari Poezdlar harakati va manevr ishlari bo’yicha yo’riqnomada xamda stansiya texnikalarini taqsimlash dalolatnomasida maxaliiy sharoitlardan kelib chiqqan xolda belgilangan.
Stansiyada turgan va yuk amallariga band qilinmagan vagonlarning (dezinfektsiya qilinayotgan, ta’mirlanayotgan yoki tozalanayotgan) eshiklari yopiq bo’lishi lozim.
Aloxida extiyotkorlik talab etiladigan yuklar ortilgan vagonlar bilan manevr harakatlarini amalga oshirishda yuklarni tashish qoidalariga mos ravishda qattiq yoqilg’ida ishlovchi parovozdan saqlangan xoldagi va bittadan kam bo’lmagan xavfsiz yuk yuklangan yoki bo’sh vagonlar bilan chegaralangan bo’lishi lozim.
Tez portlovchi yuklari bo’lgan yoki siqilgan gaz to’ldirilgan tsisternalar stansiya yo’llarida turganida va poezdlardan ajratilgan bo’lsa (saralash parkida yig’ilishda turishi bundan mustasno), ularni maxsus yo’llarga qo’yish talab etiladi. Bu kabi vagonlar mustaxkam maxkamlangan va ko’chma signallar bilan chegaralab qo’yilgan bo’lishi lozim.
Bunday vagonlar turgan yo’llarga olib boruvchi strelka o’tkazgichlari ushbu yo’lga boshqa harakat tarkibini kirib ketmasligini ta’minlovchi temir yo’l qoidalari bo’yicha belgilangan.
Portlovchi materiallar va siqilgan gaz yuklangan tsisternalarni saralash parkida yig’ilishda turishida poezdlar harakati va manevr ishlari bo’yicha yo’riqnoma talablari bo’yicha belgilangan tarzda aloxida extiyotkorlik talab etiladi.
Manevr ishlarini o’tkazayotgan lokomotiv harakatiga bir shaxs – manevr ishlari raxbari (poezd tuzuvchisi), ya’ni uning to’g’ri bajarilishiga mas’ul bo’lgan xodim raxbarlik qilishi lozim.
|
| |