|
"Harakat xavfsizlik kuni"ni tashkil etish va olib borish
|
bet | 19/90 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 5,64 Mb. | | #148663 |
Bog'liq Китоб 1-қисм5.3."Harakat xavfsizlik kuni"ni tashkil etish va olib borish
“Harakat xavfsizligi kuni”ni o’tkazishda quyidagi tizim o’rnatilgan. Barcha korxona, MTU, markaz boshqarma boshliqlari va ularning o’rinbosarlari payshanba kuni soat 17-00 gacha o’tkazilgan tadbirlar to’g’risida kompaniyaning texnik va texnologik nazorat boshqarmasiga yozma hisobot yuborishlari lozim.
Kompaniyaning texnik va texnologik nazorat boshqarmasi barcha hisobotlarni umumlashtirib juma kuni, ahamiyatga ega bo’lgan nosozlik va kamchiliklarni poezdlar harakat xavfsizligi bo’yicha selektr majlisiga tavsiya qiladilar.
Xodimlar ish vazifalarini bajarish vaqtida quyidagi yo’riqnoma va qoidalarni bajarishi kerak:
Lokomotiv kabinasida turib yo’lovchi va yuk poezdlari lokomotiv brigadalari ishini va ularni muloqotlar o’tkazish tartiblarini tekshirish;
Alohida ishchilarning ish joylariga borib yo’riqnoma va qoidalarning talablarini bajarishlarini tekshirishlari;
Maqsadli, davriy tekshiruvlar – bunda ish o’rinlaridagi texnik vositalarning holati va ulardan foydalanish shartlarini tekshirishlari;
Maqsadli tekshiruvlar oldin kuzatilgan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha o’tkazilayotgan tadbirlarni tekshirish va poezdlar harakat xavfsizligini ta’minlash bo’yicha tadbirlar bilan tanishish;
Mehnat jamoalarida majlislar o’tkazish va o’tkazilgan nazorat natijalari bo’yicha ishlar olib borish;
“Harakat xavfsizligi kuni” tadbiri o’tkazilgandan so’ng, keltirilgan kamchiliklarni tuzatish nazorati;
“Harakat xavfsizligi kuni” tadbiri natijalari bo’yicha ma’sul xodimlar va rahbariyat tomonidan dalolatnoma (telegramma, raport) tuziladi va 3 kunlik muddat ichida korxona rahbariyatiga yuboriladi.
Ushbu yuborilgan dalolatnoma asosida korxonada “Harakat xavfsizligi kuni” tadbiri natijalari e’lon qilinib ularni bartaraf etish bo’yicha xulosalar chiqariladi va ma’sul xodimlarga nisbatan chora belgilanadi.
“Harakat xavfsizligi kuni” tadbirini o’tkazish jarayonida, korxona jamoasi bilan uchrashuvda, boshqarma, markaz, MTU va korxona rahbarlari, o’zini ijobiy tomoni bilan ajralib chiqqan xodimlarni moddiy yoki ma’naviy jihatdan rag’batlantiradilar. Bu rag’batlantirishning eng muhim mezoni ushbu xodimlarga biriktirilgan uchastkalardagi harakat xavfsizligining holati bo’lib, u o’tkazilgan tadbirning samarasini ko’rsatib boradi.
AQSh va Evropa davlatlarida “Harakat xavfsizligi kuni” mavjud emas. AQSh va Evropa davlatlarida xavfsizlikni ta’minlash yo’nalishlari kompleks chora tadbirlari keltirilgan.
2004 yilda Evropa itifoqida temir yo’l transporti xavfsizligi xaqida №2004/49-sonli ko’rsatmalar qabul qilingan, evropa miqyosida temir transportidan foydalanish va harakat xavfsizligini ta’minlash masalalarini echish asos qilingan. Temir yo’l infratuzilmasi va harakat tarkibini xavfsizligi va ishonchini mustaxkamlash tashish jarayonida xavfsizlikni ta’xminlashni tashkil etishga majbur etadi. bu xamma temir yo’l kompaniyalari va harakat tarkibi egalariga xolatlar tarqatilgan. Temir yo’l kompaniyalari umumiy kommutator-operator tarmog’iga chiqish uchun davlatning transport vazirligining temir yo’l departamentidan litsenziya olgan bo’lishi kerak, temir yo’lning umumiy foydalanish yo’llarida yuk tashishda sertifikatsiz kommutator-operator tarmog’i xavfsizligi ta’minlab bo’lmaydi.5
|
| |