Siyosiy zarar quyidagi xollarda yuzaga keladi




Download 5,64 Mb.
bet16/90
Sana30.01.2024
Hajmi5,64 Mb.
#148663
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   90
Bog'liq
Китоб 1-қисм

Siyosiy zarar quyidagi xollarda yuzaga keladi:

Diversiya, qamal va boshqa aktsiyalarda nomoyon bo’ladi va bunda insonlarning mamlakat konstitutsiyasi va inson xuquqlari bo’yicha deklaratsiyasida ximoyalangan xavfsizlik bo’yicha xuquqlari buziladi. Shuning uchun xam poezdlar harakat xavfsizligi qoidalari buzilishida, temir yo’l transporti vositalaridan foydalanish va ta’mirlash ishlaridagi nosozliklarni vujudga kelishiga aybdor bo’lgan temir yo’l xodimlari jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Poezdlar harakat xavfsizligiga panja orasidan qarash davri o’tdi. Xar bir etuk mutaxassis o’zining ishlab chiqarish faoliyatida poezdlar harakat xavfsizligini ta’minlanishiga yo’naltirilgan bo’lishi lozim.
Yangi transport tizimlarini yoki ularning elementlarini barpo etishda umumiy tavakkalchilikka baxo berishi lozim. Masalan, agar tezkor harakat uchun kerakli xarakteristikalarga ega bo’lmagan eski strelka o’tkazgichlaridan foydalanilgan xolda yangi tezyurar lokomotivlarni tadbiq etish yuqori tezliklar uchun talab etilgan xavfsizlikni ta’minlamasligi mumkin. Uning barcha komponentlari bo’yicha xavflarining xisobini amalga oshirishtexnik siyosat va inson omillari bo’yicha asoslangan qarorlar qabul qilish imkoniyatini yaratadi.
Xatarning birinchi turi - yoki mazkur xavfsizlik ko’rsatkichi turi bo’yicha xavfsizlikning buzilish extimoli, yoki xavfsizlikni buzilishining barcha turlari bo’yicha bo’lishi mumkin. Ushbu xolatda ma’lum bir davr uchun xavfsizlikning buzilish miqdori bo’yicha, xavf qabul qilingan harakat xavfsizligi xarakteristikasiga mos tushadi. Shu sababli xavfsizlikni buzilishning xar bir ko’rsatkichlaridan bo’ladigan yo’qotishlarning va uning chastotasi o’rtacha kattaligini aniqlovchi yo’qotishlar yoki kutilayotgan yo’qotishlar to’g’risida gapirish o’rinlidir.
Transportda quyidagilar tavakkal qiladilar:

  • Yo’lovchilar yoki yuk jo’natuvchilar.

  • Xavfsizlik buzilishi natijasida vujudga keladigan zararlarni va moddiy zararlarni to’ldiruvchi transport korxonalari.

  • Sug’urtalash kompaniyalari.

Yo’lovchilarni asosan xavfsizliklarning buzilish chastotasi va uning natijasida yuzaga keladigan og’ir oqibatlar va unda o’zining zarar ko’rish darajasi qiziqtiradi. Yuk jo’natuvchilarni esa yuqoridagilardan tashqari yana, yukning yo’qolishi yoki buzilishidan keladigan zararlar miqdori xam qiziqtradi. Transport korxonalari va sug’urtalash kompaniyalari harakat xavfsizligi narxini bilish maqsadida yo’qotishlardan keladigan o’rtacha moddiy zararlarni xisoblab chiqishlari lozim.
Yo’qotishlar xavfini loyixalashtirish va ularni boshqarishni amalga oshirish uchun ushbu ko’rsatkichlarni texnika va inson omillari bilan bog’lash lozim bo’ladi.
Bundan xavflarning quyidagi turlari o’rin olishi mumkin:
3-xavflilik – transport tizimi texnik vositalari elementlari ishlamay qolganda yuz beradigan ishdagi brak xolatlari, avariya va talofatlardagi yo’qotishlardan xavflilik (texnik vositalar, uning elementlari ishining buzilishi xamda operator xatosi);
4-xavflilik –ishdan chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan elementlarning me’yordan og’ishi bilan bog’liq bo’lgan xvfsizlikning buzilishidan yo’qotishlar xavfliligi.
Shunday xolatda xafliliklar tuzilmalarga ajratiladi va aniqlanadi. Bu esa o’z navbatida xavfsizlikning son ko’rsatkichi xisoblanadi. Bir tomondan bu xavfsizlikning loyixalashtirish baxosi xisoblansa. ikkinchi tomondan ishlarning amaldagi xolatining real baxosi xisoblanadi. Bu esa o’z navbatida xavfsizlikni buzilish sabablarini oldindan diagnostika qilish imkonini beradi.
Xavfsizlikni loyixalashtirish – bu xavflilik. ya’ni kutilayotgan yo’qotishlar xisobi. Bunda yo’qotishlar xaqiqiy bo’lishi shart emas. Potentsial xavflilik darajasi, ya’ni uzel elementining nosozligi yoki operatorning xatosi o’zining oqibatlari bilan qanchalik xavfli ekanligi uning ma’nosini bildirishi mumkin.
Potentsialxavflilik darajasi ikki xil yo’l bilan aniqlanishi mumkin:

  • xisob kitoblar asosida yoki ekspertiza shaklida beriladiganballi baxolash ko’rinishida;

  • statik ma’lumotlar yig’ilishi lozim bo’lgan xaqiqiy yo’qotishlar ko’rinishida;

Shunday qilib xavfliliklarni quyidagilar asosida xisoblash mumkin:

  • xavfsizlikning buzilish statistikasi: talofat, avariya va ishdagi brak xolatlari;

  • Ishdan chiqish statistikasi: texnika, xodimlarning xatolari;

  • texnik vostialardan foydalanish me’yorlaridan og’ishishi va texnologiyalarga xizmat ko’rsatishning buzilishining statistikasi;

Xavfsizlikni buzilishning asosiy profilaktikasi 4 va 5 darajalarda amalga oshiriladi. ammo xavfsizlikning son xarakteristikalari faqatgina xavfsizlikning buzilish faktlari bo’yicha aniqlanadi. Xavflilikning 3 va 4 bosqichini xisoblash usullari ma’lumotlar bazasini loyixalashtirish va avariya xodisalarining ular sodir bo’lmasdan oldin kompleks diagnostika qilish imkoniyatini yaratadi. Ushbu xavfliliklarni real tarzda xisoblash katta miqdordagi ma’lumotlarni yig’ish va ishlov berish axborot texnologiyalarini tadbiq etish xisobiga amalga oshiriladi.
Xavflilik ko’rsatkichlarini amaliyotga tadbiq etish, uning tarkibiy qismlarini yagona o’lchamlarda ko’rish va xavfsizlik profilaktikalarini kerakli proportsiyalarda va o’z vaqtida rejalashtirilishi imkonini beradi. Xavflilik ko’rsatkichlari yordamida bir tomondan avariya xolatlarini oldindan kompleks diagnostika qilishi mumkin bo’lsa, boshqa tomondan nafaqat texnik vositalarning, balki transport xodimlari va umumiy transport korxonalarining ish sifatini xam xavfsizligini loyixalashtirish va ularga asoslangan me’yorlarni berishini ta’minlaydi.



Download 5,64 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   90




Download 5,64 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Siyosiy zarar quyidagi xollarda yuzaga keladi

Download 5,64 Mb.