|
Foydalanilgan adabiyotlar
|
bet | 12/90 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 5,64 Mb. | | #148663 |
Bog'liq Китоб 1-қисмFoydalanilgan adabiyotlar
1. Practical railway engineering 2nd edition Clifford F Bonnett (7-8 betlar)
2. Handbook of transport strategy, policy and institutions (135-137 betlar)
3. National Transportation Networks And Intermodal Systems Chapter One National Transportation Network Databases (5-bet)
4. М.Х.Расулов., Хусанов С.Х., Файзибоев Ш. Темир йўллардан техник фойдаланиш қоидалари. Тошкент.2013й
4. BUTUN DUNYO TEMIR YO’LLARIDA POEZDLAR
HARAKAT XAVFSIZLIGINING ZAMONAVIY MUAMMO VA MASALALARI
4.1. Poezdlar harakat xavfsizligi to’g’risida tushunchalar
Harakat xavfsizligi – bu temir yo’l tizimining yuk va yo’lovchilarni minimal darajadagi xavfsizlik bilan tashishlarni amalga oshirish qobiliyati bo’lib, uning chegaraviy kattaligi harakat xavfsizligidarajasi bilan aniqlanadi. Harakat xavfsizligi darajasi ayrim harakatlarda favqulotda xodisalar yuz berishi yoki bermasligi ehtimoli bo’yicha aniqlanadi.
Temir yo’l transporti transport tizimlari orasida eng xavfsiz transport turi xisoblanadi.Poezdlar juda katta tezliklarda harakatlanishi mumkin, lekin ularning og’irlik me’yorlari o’ta katta bo’lganligi sababli to’xtashga juda uzun tormoz yo’li talab etiladi.bundan tashqari to’qnashib ketishlarni oldini olish maqsadida chetga o’tib turolmaydi. Poezdlar relsdan chiqib ketishi, boshqa poezdlar bilan to’qnashib ketishi yoki pereezdlarda boshqa avtomobil transportlari bilan to’qnashib ketishi mumkin. Oxirgi keltirilgan xolatdagi avariyalar juda ko’p uchrab turadi va uning oqibatida asosan insonlar nobud bo’ladilar. Xavfsizlikni ta’minlashning asosiy tadbirlaridan biri bu temir yo’l signallari va pereezdlarda ko’prik va tonellar qurilishidir. Poezd xushtaklari, qo’ng’iroqlari va gudoklari poezdning yaqinlashib kelayotganligi xaqida ogohlantirisa, signalizatsiya vositalari poezdlar orasidagi intervallarni ta’minlab beradi.
Yuqori tezlikda harakatlanuvchi poezdlar harakat xavfsizligini ta’minlashning samarali yo’llaridan biri bu pereezdlarsiz aloxida maxsus yo’llarning qurilishidir. Bu esa o’z navbatida temir yo’l transportining boshqa turdagi transport vositalari, ya’ni avtomobil transporti xamda yo’lovchilar bilan to’g’nashuvlarining olini oladi va shu bilan birga boshqa poezdlar bilan bo’ladigan to’qnashuvlarning oldini olgan xolda poezdlar harakat jadvaliga rioya qilinishini ta’minlaydi.
Poezdlar harakat xavfsizligi qiyin xamda ko’p qirrali tushuncha xisoblanadi. u juda ko’p omillarga bog’liq bo’lgan xolda quyidagicha ko’rib chiqilishi mumkin:
Temir yo’l transporti yuqori xavfsizlikka ega bo’lgan faoliyat soxasi xisoblanadi. Natijasi og’ir oqibatlaga olib keluvchi (insonlar o’limi, katta miqdordagi moddiy talofatlar va boshqalar) poezdlar harakat xavfsizligi qoidalarining buzilishi, jamiyatimiz xavfsizligi uchun jinoyat xisoblanadi va jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Poezdlar harakat xavfsizligining tarkibiy qismlari (PXX)
1. Yo’lovchilar, yuk jo’natuvchilar xamda yuk qabul qiluvchilar uchun transport xizmatlari sifati
2. Temir yo’l transporti texnik vositalari, yo’l, avtomatika, telemexanika va boshqa tizimlarning ishining aniqligi va samaradorligining bosh tarkibiy qismi, temir yo’llarning ishlash qobiliyati
3. Texnosfera xavfsizlik qismi. Yo’lovchi va yuklarni tashish jarayonlari masuliyatli texnologik jarayon xamda ekologik ma’suliyatli omil sifatida qaraladi.
Shuning uchun poezdlar harakat xavfsizligini ta’minlash muammolari quyidagicha majmua sifatida ko’rib chiqiladi:
Ijtimoiy iqtisodiy;
Tashkiliy- texnik;
Ijtimoiy-psixologik;
Huquqiy, ya’ni insonlar xayot faoliyati va texnikalarning ishlashi bilan bog’liq muammolar.
Temir yo’llarning faoliyati xavfsizligi bu – temir yo’l transporti poezdlar harakat xavfsizligi muamolarining tarkibiy qismi xisoblanadi. “O’zbekiston temir yo’llari” AJ temir yo’llarida poezdlar harakati va manevr ishlarida harakat xavfsizligini buzilishi quyidagicha tavsiflanadi:
Poezdlar xalokati;
Avariyalar;
Ishdagi brakning aloxida xolatlari;
Ishdagi brak xolatlari.
Poezdlar xalokatiga quyidagilar mansub:
yo’lovchi yoki yuk poezdlarining boshqa poezdlar yoki harakat tarkiblari bilan to’qnashib ketishi va uning natijasida insonlar xalok bo’lsa yoki og’ir tan jaroxat olsa, lokomotiv va vagonlar inventardan chiqarib tashlanadigan darajada shikastlangan bo’lsa
|
| |