Temir yo’l transporti oldida turgan asosiy masalalar




Download 5,64 Mb.
bet8/90
Sana30.01.2024
Hajmi5,64 Mb.
#148663
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   90
Bog'liq
Китоб 1-қисм

3.2. Temir yo’l transporti oldida turgan asosiy masalalar
Temir yo’llarning foydalanish ishlarini boshqarish tizimida asosi bu uning foydalanish ishlarini texnik me’yorlashdir.
«O’zbekiston temir yullari» aktsionerlik jamiyati xar oy uchun texnik me’yorlarni belgilab beradi.Temir yo’l esa o’z navbatida olingan vazifalarni boshqa tashkilotlar taqsimdaydi.
Temir yo’l transporti xodimlarining asosiy vazifalari poezdlar harakatini so’zsiz ta’minlagan xolda, tashiladigan yuklarni saqlagan xolda texnik vositalardan samarali foydalangan xolda va atrof muxitni ximoya qilish talablariga rioya qilgan xolda yuk va yo’lovchilarni tashishga bo’lgan talablarni to’liq ta’minlashdan iborat.
Vagonlar ishchi bo’lmagan parkiga esa quyidagi vagonlar mansub xisoblanadi:

  • “O’zbekiston temir yo’llari”aktsionerlik jamiyati soz xoldagi zaxira vagonlari;

  • ta’mirlashda bo’lgan yoki ta’mirlanishini kutib turgan soz xolatdagi vagonlar;

  • maxsus yoki texnik extiyojlar uchun, yashash yoki xizmat xonasi sifatida foydalanilayotgan vagonlar. Vagonlar ishchi bo’lmagan parki me’yorlangan bo’ladi.

Vagonlar ishchi parkini temir yo’l oralig’ida taqsimotini ta’minlash maqsadida harakat tarkiblari xolatiga ko’ra bo’sh va yukli turlarga ajratiladi.
Tezkor sharoitlarda temir yo’llarning foydalanish ishlarini tashkil etishda temir yo’llar uchun belgilangan texnik me’yorlarning konkret xolatga axamiyatni qaratgan xolda xar sutkada bajarilishiga harakat qilish lozim va shunday sharoitdagina rejalashtirilgan tashish xajmini sifatli qamrab olishga erishish mumkin bo’ladi.
Xar bir davlatlar tomonidan foydalaniladigan vagonlar ishchi parkini quyidagi turlarga bo’lish maqsadga muvofiq xisoblanadi:

  • davlat ichidagi vagonlar parki, davlat ichidagi tashishlarni amalga oshirish uchun mo’ljallangan va o’z tarkibiga davlat ichida harakatlanadigan vagonlarni oladi;

  • davlatlararo vagonlar parki, davlatlararo tashishlarni amalga oshirish uchun mo’ljallangan va o’z tarkibiga davlatlararo olib chiqishlarni (eksport) va davlatlararo olib kirishlarni (import)va davlatlararo tranzit tashiydigan vagonlarni oladi.Ushbu park milliy vagonlar parkidan, ya’ni o’z vagonlarimizdan xamda boshqa davlatlar vagonlar parkidan, ya’ni o’zga vagonlardan tashkil topgan bo’lishi mumkin.

Boshqaruv darajasi va uning samaradorligi qabul qilingan boshqarishning tashkiliy tuzilmasiga to’g’ridan to’g’ri bog’liqdir.
Boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • Tashish jarayonlarini ketishining yuqori tezkorligini, mustaxkamligini va nazoratning to’liqligini ta’minlashi

  • transport tashkilotlari barcha tsex va korxonalarining aniq ishlashlarini yo’lga qo’yish va ishlab chiqarish jarayonlarida to’xtalishlar bo’lmasligini ta’minlashi;

  • boshqaruv organlarining bir biriga to’g’ri bo’ysunuvchanligini belgilash va ularni ishining yuqori samaradorligini ta’minlashi;

Tashkilotning tashkiliy tuzilmasi deganda bir biri bilan o’zaro bog’liq bo’lgan ishlab chiqarishni boshqarish bo’yicha xar xil funktsiyalarni bajaruvchi tashkiliy birliklarning bir biriga bo’ysunuvchanligi tushuniladi.
Temir yo’l tizimi tuzilmasi xam boshqa transport tizimlari tuzilmasi kabi yo’naltirilgan xamda funktsional printsiplar bo’yicha qurilgan.
Yo’naltirilgan boshqarish ishlab chiqarish jarayonlariga to’g’ridan to’g’ri ta’sir etish orqali tavsiflanib, boshqarishning barcha funktsiyalari bir shaxs tomondan amalga oshiriladi.  Bunday xolatlarda ijrochilarga buyruqlar (yuqoriroq turuvchi boshliqlardan emas) to’g’ridan to’g’ri boshliqlaridan keladi. Bunda xar bir topshirilgan ishga shaxsan javobgarlik printsipi saqlanib qoladi.
Funktsional boshqaruv aloxida bo’limlar yoki ishlab chiqarish ob’ektlar bo’yicha funktsional yacheykalar (bo’limlar va sektorlar)ning mavjudligi bilan ajralib turadi. Masalan, ko’p xollarda temir yo’llarni boshqarish xizmati bo’limlari funktsional printsip bo’yicha quriladi. Yo’naltirilgan xamda funktsional printsiplarni birlashtirish nisbatan istiqbolli xisoblanadi. Bulardan tashqari bir qator boshqaruv tuzilmalari mavjud.

Download 5,64 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   90




Download 5,64 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Temir yo’l transporti oldida turgan asosiy masalalar

Download 5,64 Mb.