|
Texnik foydalanish qoidalarining ahamiyati
|
bet | 5/90 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 5,64 Mb. | | #148663 |
Bog'liq Китоб 1-қисм2.2. Texnik foydalanish qoidalarining ahamiyati
Harakat xavfsizligini ta’minlovchi birinchi qoidalar 1851 yilda Peterburg-Moskva temir yo’l liniyalarida ishlab chiqilgan va joriy etilgan. 1852 yilda shu liniyaning o’zida aloqa bo’yicha qoidalar kiritilgan. 1860 yilda barcha temir yo’l liniyalari uchun yagona xisoblangan inshootlarning va harakat tarkibining yaqinlashish gabaritlarijoriy etildi. 1874 yilga kelib Rossiyada birinchi umumtizim temir yo’llar bo’yicha harakat qoidalari joriy etildi va u umum foydalanuvchilar, qo’riqlash qoidalari, temir yo’llarni ta’mirlash va boshqalar uchun ochiq edi.
1891 yilda harakat tarkiblarini saqlash va ulardan foydalanish qoidalari ishlab chiqilgan va nashr ettirilgan.
Umum foydalanish uchun ochiq bo’lgan va o’zida yuqorida keltirilgan texnik xujjatlarni mujassam etgan (harakat, yo’l xamda tortuv turi bo’yicha) birinchi umum tarmoq temir yo’llardan texnik foydalanish qoidalari 1898 yilda tasdiqlandi va 1900 yilda joriy etildi.Ushbu qoidalarda faqatgina asosiy yo’naltirishlar bo’lgan. Xar bir temir yo’llar qoidalarning barcha paragraflari bo’yicha o’zlarining ko’plab qo’shimchalarini berishlari lozim edi. Ushbu qoidalar 1921 yillargacha ya’ni, yangi ittifoq miqiyosidagi Texnik foydalanish qoidalari chop etilguncha amalda bo’ldi.
Barcha tarmoq uchun temir yo’llardagi aloqa bo’yicha qoidalar 1873 yillarda joriy etildi. Faqatgina 1909 yilda 1924 yilgacha amal qilgan aloqa bo’yicha qoidalar joriy etildi.
Shunday qilib texnik foydalanish qoidalari bir necha bor qayta ishlangan. Xozirgi vaqtdagi texnik foydalanish qoidalari 1935 yilda ishlab chiqilgan va shundan beri unga bir necha bor, ya’ni 1952, 1959, 1964, 1970, 1978, 1984, 1991, 1996 yillarda o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritilgan. 1999 yilda “O’TY” AJ raisi tomonidan tasdiqlangan texnik foydalanish qoidalari o’zbek tilida chop etildi. Xozirgi davrda 13.08.01.da O’zdavlattemiryo’lnazorat tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlan texnik foydalanish qoidalari amal qilib kelmoqda. U Vazirlar Maxkamasining 3.03.01yildagi 109 raqamli qaroriga mos ravishda ishlab chiqilgan. Texnik foydalanish qoidalarining oxirgi o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritilgan varianti 2012 yilning 1 noyabrida chiqarilgan.
Texnik foydalanish qoidalari barcha temir yo’l transporti ishini aniq bir maromda va avariyalarsiz tashkil etishda katta axamiyatga ega. TFQ – bu vosita, PXXTE – esa bu maqsad. TFQ quyidagilarni belgilab beradi:
temir yo’llar ishi va temir yo’l transporti xodimlari ish tartibi va asosiy qoidalarini;
asosiy o’lchamlar,asosiy qurilmalarni vasitalarni va harakat tarkibini saqlash me’yorlari va ularga qo’yiladigan talablarini;
poezdlar harakatini tashkil etish tizimi va aloqa vositalarining ishlash TFQ talablarini aniq va og’ishmasdan bajarilishi transport konveyrining barcha bo’g’inlari ishini bir maromda bajarilishini temir yo’llar ishining aniq va to’xtovsiz ishlashini xamda harakat xavfsizligini ta’minlaydi. TFQ ning barcha qoidalari va talablari nafaqat aloxida korxonalar o’rtasidagi, balki asosiy yo’l, aloqa, elektrta’minot va boshqa xo’jaliklari va harakat tarkiblari ishining xamjixatligini ta’minlanishiga mos ravishda ishlab chiqilgan.
TFQ beshta bo’limda tashkil topgan:
1-bo’lim. Umumiy xolatlar. 1-bob
2-bo’lim. Qurilma va vositalar. 2-8 boblar
3-bo’lim. Harakat tarkibi. 9-12 boblar
4-bo’lim.Poezdlar harakatini tashkil etish. 13-16 boblar
5-bo’lim.O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarida texnik foydalanish qoidalarida qo’llaniladigan atamalar.
|
| |