|
Yevropa mamlakatlarida xavfsizlikka bo’lgan yangi talablarning ishlab chiqilishi
|
bet | 3/90 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 5,64 Mb. | | #148663 |
Bog'liq Китоб 1-қисм1.3. Yevropa mamlakatlarida xavfsizlikka bo’lgan yangi talablarning ishlab chiqilishi
Albatta, so'nggi yillarda temir yo'l infratuzilmasi va harakatlanuvchi tarkibni ishchi holatda saqlab turish uchun tobora ko’proq kuch sarflanmoqda. Bular qatorida tahminan hisoblangan ishlab berish muddatidan so'ng almashtirilishi mumkin bo'lgan komponentlarni tuzatish yoki ta'mirlashga urinish emas, balki ulardan foydalanish vaqtini uzaytirish ham bor. Ushbu yo’nalish endi barcha sohalar, shu jumladan, temir yo'l sohasida ham ishlatilishi lozim [1].
O’zbekiston temir yo’llarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha yo’riqnoma. Ushbu yo’riqnoma O’zbekiston temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari va temir yo’llarda signalizatsiya bo’yicha yo’riqnomalarning talablari asosida tayyorlangan bo’lib, quyidagi qoidalarni belgilaydi:
- poezdlarni qabul qilish, jo’natish va o’tkazishni har xil SMB (signalizatsiya, markazlashtirish, blokirovka) tizimlarida, nosozlik holatlarida va temir yo’llarda ta’mirlash ishlari olib borilayotgan vaqtlarda bajarish tartib - qoidalari;
- stansiyalarda manyovr harakatlari tartibi;
- poezdlarni ogohlantirish tartibi;
- poezdlar harakati va manyovr ishlari xavfsizligini ta’minlovchi boshqa qoidalar.
Harakat xavfsizligini ta’minlovchi asosiy shartlardan biri texnik qurilma va inshootlarning butunligini va ishga shayligini ta’minlashdir. Texnikaviy foydalanish qoidalari talablariga binoan temir yo’lning har bir ishchi va
xizmatchisi harakatga xavf tug’diruvchi har qanday holatda poezdga yoki manyovr vositalariga to’xtash signalini berabilishi, uni to’xtatish chorasini ko’rabilishi, harakatga xavf tug’diruvchi inshoot yoki qurilma bo’lsa, bunday xavfli joyni chegaralab muhofazalashi va kamchiliklarni bartaraf etishga harakat qilishi kerak.
Nazorat savollari:
Texnik foydalanish qoidalari va harakat xavfsizligi asoslari” fanining asosiy maqsadi nimadan iborat?
Texnik foydalanish qoidalari va harakat xavfsizligi asoslari” fanining asosiy vazifasi nimadan iborat?
“Temir yo’l to’g’risida”gi qonun qachon tasdiqlangan?
Temir yo’l to’g’risida”gi qonun tuzilishi xaqida ma’lumot bering.
Poezdlar harakat xavfsizligini ta’minlashda qanday me’yoriy xujjatlardan foydalaniladi?
Temir yo’l Nizomi to’g’risida batafsil ma’lumot bering.
|
| |