|
Poezdlar harakat xavfsizligini ta’minlashning taxlili
|
bet | 14/90 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 5,64 Mb. | | #148663 |
Bog'liq Китоб 1-қисм4.2. Poezdlar harakat xavfsizligini ta’minlashning taxlili
O’tgan o’n yilliklar davri temir yo’l transporti soxasidagi tuzilmaviy o’zgarishlari bilan xarakterlangan.G’arbiy Evropa davlatlari milliy temir yo’llarining ko’pchiligi bir nechta kompaniyalarga ajratilgan. xuddi shunga o’xshash jarayonlar Markaziy xamda sharqiy Evropa davlatlarida xam amalga oshirilmoqda. Bunday kompaniyalar xar bir davlatda kamida ikkitadan xattoki ular davlat xolding kompaniyalari yurisdiktsiyasida bo’lsada (Avstriya, Belgiya, Germaniya yoki Pol’sha) bo’lib ularning biri infratuzilmaning menejeri vazifasini bajarsa ikkinchisi operator vazifasini o’taydi. Bir qator davlatlarda yuk va yo’lovchi tashishlar aloxida ajratib qo’yilgan bo’lib, tortuvchi harakat tarkibi va vagonlar bilan ta’minlash ishlari, stansiyalardan foydalanish amallari, joriy xizmat ko’rsatish xamda ta’mirlash ishlari subpodryadchiklarga berilgan.
Evropa temir yo’llariga ta’sir etish nuqtai nazaridan nisbatan axamiyatli jixatlardan biri bu milliy chegaralarni ochish orqali yagona transport bozorini tashkil etishdir. Evropa davlatlarining transport siyosati umumevropa temir yo’l bozorini tashkil etishga va evropa temir yo’llar infratuzilmasi barcha ob’ektlari uchun yagona bo’lgan undan foydalanuvchi kompaniyalar va foydalanuvchilarning xuquq va majburiyatlarini belgilab beruvchi qonunchilikni ishlab chiqishga yo’naltirilgan.
Bu kabi o’zgarishlardan maqsad, Evropa temir yo’llari ishining samaradorligini Shimoliy Amerika temir yo’llaridagi yuk tashishlar darajasiga etkazishga qaratilgan. Tashishlar ishining yuqori darajasini ta’minlash sharoitlarida Shimoliy Amerika temir yo’llar kompaniyalari me’yoriy xujjatlar va harakat xavfsizligini ta’minlash namunalarini ko’rsatmoqdalar.
Kanada temir yo’llarida iqlimi, tuzilmasi va yuk tashishlar masofalari xarakteristikalari bo’yicha Rossiya temir yo’llariga yaqinligini xisobga olgan xolda xozirgi kunda uning ishini davlat tomonidan samarali tashkil etilganligi xisobiga jaxon temir yo’llari orasida eng yaxshi ko’rsatkichlarga erishilmoqda. Davlat tomonidan temir yo’llar ishini boshqarilishini tashkil etishning Kanada modeli, shu jumladan temir yo’l transporti ishining xavfsizligini ta’minlash, uning yordamida iqtisodiyotning davlat xamda xususiy sektorlarida faoliyat ko’rsatayotgan temir yo’l kompaniyalari xavfsizligini yagona standartlarga keltirilishini tadbiq etish bo’yicha qiziqishlar uyg’otadi.
Kanadada temir yo’l transportida xavfsizlik masalalarini xal etishga kompleks yondoshuv ishlab chiqilgan bo’lib, u davlat, temir yo’l kompaniyalari, uning aktsionerlari. temir yo’l industriyasi. kasaba uyushmalari, fan va ta’lim muassasalarining barcha jabxalari (qonunchilik, ijrochilik va sud) faoliyati resurslarini birlashtirish imkoniyatini yaratib, ular orasida javobgarlik va majburiyatlarini samarali taqsimlash va qat’iy xisobot tizimini shakllantiradi.
Transport xodisalarini ko’rib chiqish va uning to’g’ridan to’g’ri va asosiy sabablarini aniqlashga ular mustaqil va betaraf tashkilotlar tomonidan o’tkazilishi evaziga erishiladi. Bu tashkilot Transportda xavfsizlik bo’yicha kengash deb nomlanadi va davlatning barcha xududi bo’yicha o’zining ofislariga ega bo’lib keng tarqalgan xamda jamoatchilik o’rtasida katta ishonchga ega.
Temir yo’llardan foydalanish jarayonlari xavfsizligini ta’minlash bo’yicha ayrim temir yo’l kompaniyalarining faoliyati davlat tomonidan qat’iy belgilab qo’yilgan va katta mavqega ega bo’lgan Transport Vazirligining inspektorlik korpuslari tomonidan samarali nazorat qilib boriladi.
Buyukbritaniya temir yo’llari boshqa yo’ldan ketgan. Temir yo’llardan foydalanish jarayonlarining xavfsizligini ta’minlash uchun asosiy javobgarlik yangi tashkil etilgan xususiy kompaniyalardan birining zimmasiga yuklatilgan bo’lib, u temir yo’l infratuzilmasi taqsimoti egasi bo’lgan Railtrack kompaniyasidir. Bunday qaror qilish oqibatida ro’y berayotgan avariya xolatlarining soni oshib ketdi va harakat xavfsizligining umumiy axvoli yomonlashib ketdi. Xozirgi vaqtda iqtisodiyotning davlat va xususiy sektorlari o’rtasida faoliyatlar va javobgarliklarni qayta taqsimlash bo’yicha qonunchilik va standartlashtirishni takomillashtirish ishlari bo’yicha keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Bu esa o’z navbatida britaniya temir yo’llarida reformalar o’tkazish natijasida 100 dan ortiq xususiy kompaniyalarga maydalanib ketgan temir yo’l infratuzilmasini umumiy bir xolatga keltirilishiga xizmat qilmoqda.
Xozirgi davrda britaniya temir yo’llarida mavjud bo’lgan harakat xavfsizligini ta’minlash tizimining kamchiliklari shular sababidan desak yanglishmaymiz. Bu birinchi navbatda xar xil nazorat instansiyalari orasidagi ijrochilik va javobgarlik faoliyatlarining aniq taqsimlanmaganligi, funktsiyalarning qaytarilishi, boshqaruvchilarning buyruqlariga bir maromda yondoshitshning mavjud emasligi, xavfsizlikni ta’minlashga ajratilgan vositalardan oqilona foydalanilmasligi, infratuzilmalar va tashishlarni amalga oshiruvchi kompaniyalar o’rtasida foydalanish jarayonlari xavfsizligini ta’minlashda o’zaro aloqalar reglamentlari ishlab chiqilmaganligidandir.
Reformalarning birinchi bosqichlarida yo’l qo’yilgan xatoliklar va tijrat tuzilmalarining ajratilgan mablag’larni noto’g’ri taqsimlashda xatoliklarga yo’l qo’yilganligi, temir yo’llarning foydalanish jarayonlarining xavfsizligi uchun javobgarliklarni noto’g’ri taqsimlash va texnikalarni ta’mirlash va muxandislik ta’minotini to’g’ri tashkil etilmaganligi natijasida soxaning faoliyatini takomillashtirishda davlatning ishtrokini kengaytirish zarurati yuzaga kelib qoldi.Shu narsa ma’lum bo’lib qoldiki, davlat temir yo’l transporti xo’jalik faoliyatini liberizatsiya qila turib temir yo’llar ishining xavfsizligi uchun javobgarlikdan ozod etilmaydi, balki uning o’rni harakat xavfsizligi uchun javobgarlikda yanada oshib boradi. shu sababli Buyukbritaniya temir yo’llarida xavfsizlikni ta’minlash, taqsimlash va nazorat qilish funktsiyalarini davlat korxonalari va tashkilotlari foydasigi qayta taqsimlash bo’yicha faol ishlar amalga oshirilmoqda.
Xar xil davlatlarda, temir yo’l bozorini deregulirovka qilish va uni raqobat uchun ochib yuborish transportda xavfsizlikni ta’minlanishiga xavf tug’dirishi to’g’risda bir necha bor aytib o’tilgan. Infratuzilma va bir nechta operatorlik krmpaniyalariga ko’rsatmalar berish bo’yicha aloxida tashkilotning mavjudligi xavfsizlik darajasini tushib ketishiga olib keladi deyilishiga asos yo’q. Masalan, shvetsiya temir yo’llari tajribasidan ko’rinib turibdiki xattoki temir yo’llar infratuzilmasini deregulovka qilinganda xam xavfsizlikni ta’minlashning yuqori darajali standarti saqlanib qolgan. Bu davlatda temir yo’l transporti boshqa transport tizimlariga nisbatan eng xavfsiz transport turi bo’lib qolgan.
“Germaniya temir yo’llari” aktsionerlik jamiyati tarmog’ida harakat xavfsizligini ta’minlash va temir yo’l transportidan foydalanishning samarali usullari ishlab chiqilgan. xavfsizlikni boshqarish umumiy tizimiga bozorning ochilishi bilan yangi tashishlar bo’yicha operator kompaniyalar barpo etilishi lozim. Biroq turli xil ishlash tajriba va madaniyatiga ega bo’lgan ko’plab operator kompaniyalari amaldagi xavfsizlikni ta’minlash tizimi uchun noqulayliklar keltirib chiqaradi.
Xar qanday temir yo’l korxonalari manbaasi temir yo’l transportidan foydalanish xizmati bo’lgan barcha xavflar uchun javobgar xisoblanadilar. Bunda gap boshqa shaxslarga zarar etkazilishi, ya’ni yo’lovchilarni shikastlanishi yoki nobud bo’lishi,korxona xodimlariga keltiriladigan zararlar xamda anjomlarga keltiriladigan zararlar xaqida bormoqda. Germaniyada temir yo’llar to’g’risidagi umumiy qonunda, temir yo’l korxonalari harakat tarkibini, inshootlar va yordamchi vositalarni o’ta mustaxkam darajada qurishni. ularni xavfsiz xolatda saqlashni va shu bilan birga temir yo’l transportidan foydalanishning xavfsizligini ta’minlamog’i lozimligiga chaqiradi.
1.Muammolar masshtabi.
1.1. Avariyalar statistikasi qoniqarsiz – avariya xolatlarining oshishi kuzatilmoqda.
1.2. Keltiriladigan zararlarning miqdori katta va xar tomonlama.
1.3. Yuk tashishlar xajmining kamayishiga qaramay, poezdlar harakat xavfsizligi darajasi tushmayapdi.
2.Muammoning dolzarbligi.
2.1. Doimiy avariya xolatlari jamiyatning noroziligini keltirib chiqarmoqda.
2.2. Bozor munosabatlariga o’tish davrida transportning samaradorligini ta’minlash lozim.
2.3. Yo’l xo’jaligining moddiy-texnik ta’minotidagi qiyinchiliklar xisobiga avariya xolatlari bo’yicha muammolarning keskinlashuvi.
3.Muammolarning vuzudga kelish manbaalari.
3.1. Poezdlar harakat xavfsizligini ta’minlash va yo’l mustaxkamligi bo’yicha nazariyalarning etarli darajada ishlab chiqilmaganligi; muammoning qiyinligi.
3.2. Poezdlar harakat xavfsizligini ta’minlash printsiplari va usullarining buzulishi.
3.3. Materiallar va texnikalarning etishmasligi.
3.4. Yo’llarni ta’mirlash va soz xolatda ushlab turish uchun mashina va materiallar sifatining pastligi.
3.5. Xodimlar malakasining pastligi va ularning sovuqqonligi.
4.Boshqa muammolar bilan bog’liqligi.
4.1. Inson omili – muammolarni kompleks xar qilinmaydi.
4.2. Poezdlar harakat xavfsizligi buzilish xolatlari qoniqarsiz o’rganiladi va shuning uchun avariyalarning asosiy sabablari aniqlanmaydi.
5. Muammolarni xal etish uchun belgilangan (yoki talab etilgan) resurslar.
Moddiy-texnik resurslar chegaralangan, shuning uchun texnik vositalar yordamida muammoni xal etish qiyin. Imkon darajasida inson omillarini ishga solish lozim.
6. Muammolarni imkon qadar oz fursatda xal etish imkoniyati.
Moddiy texnik ta’minotda qiyinchilik bo’lganligi sababli muammo samarali va oson bo’lg tashkiliy choralarni tezlik bilan qo’llash xisobiga xal etilishi mumkin.
7. Muammoni o’rganish va uni taxlil qilish.
Poezdlar harakat xavfsizligining talab etilgan darajasiga, faqatgina poezdlar harakat xavfsizligini ta’minlashning kompleks tizimini qo’llash va inson omillaridan (tashkiliy, ijtimoiy-psixologik, xuquqiy) foydalanish orqali erishish mumkin.
|
| |