• Foydalanilgan adabiyotlar
  • 5."O’ZBEKISTON TEMIR YO’LLARI" AJ DA AVARIYA XODISALARINING OLDINI OLISH PROFILAKTIK CHORA-TADBIRLARINING ASOSIY YO’NALISHLARI
  • Texnik foydalanish qoidalari va harakat xavfsizligi asoslari




    Download 5,64 Mb.
    bet17/90
    Sana30.01.2024
    Hajmi5,64 Mb.
    #148663
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   90
    Bog'liq
    Китоб 1-қисм

    Nazorat savollari

    1. Poezdlar harakati xavfsizligi nima?

    2. Harakat xavfsizligiga rioya qilishning o’ziga xos jixatlari?

    3. Poezdlar harakati xavfsizligi tizimining tuzilmasi nimalardan iborat?

    4. Xorijiy temir yo’llarda poezdlar harakati xavfsizligi ta’minoti tamoillari?

    5. Yo’l harakati xavfsizligi buzilishida yuzaga keluvchi muommolar tasnifi?

    6. Poezdlar harakat xavfsizligining buzilishi oqibatida jamiyatda ro’y beradigan yo’qotishlar.

    7. Transportda nimalarga tavakkal qilinadi?

    Foydalanilgan adabiyotlar
    1. Practical railway engineering 2nd edition Clifford F Bonnett (18-23 betlar)
    2.Norac operating rules tenth edition effective ( 50-57 betlar)
    3. М.Х.Расулов., Хусанов С.Х., Файзибоев Ш. Темир йўллардан техник фойдаланиш қоидалари. Тошкент.2013й


    5."O’ZBEKISTON TEMIR YO’LLARI" AJ DA AVARIYA XODISALARINING OLDINI OLISH PROFILAKTIK CHORA-TADBIRLARINING ASOSIY YO’NALISHLARI



      1. Profilaktika chora-tadbirlarining asosiy yo’nalishlari

    Temir yo’l transportida poezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash uchun bir qator kompleks profilaktika chora-tadbirlarni o’z ichiga oladi:
    1. Xodimlarni kasbiy talablari belgilangan me’yorlariga muvofiq joylashtirish;
    2.Poezdlar harakati bilan bog’lik bo’lgan lavozimlarga nomzodlarni tanlash;
    3. Ish va ishlab chikarishni ilmiy tashkil etish hamda boshkarish;
    4. Mexnat va texnologik intizomni mustaxkamlash va ijtimoiy masalalarni echish;
    5. Poezdlar harakati bilan bog’liq xodimlarni davriy tibbiy ko’rikdan o’tkazish, lokomotiv brigadalari salomatligi ustidan nazorat qilish;
    6. Xodimlarni o’quv faoliyatini texnik jixatdan tashkil etish va ularni malakasini oshirish, nostandart vaziyatlarda o’z maxoratini, amaliy ko’nikmalari takomillashtirish;
    7. Poezdlar harakati bilan bog’lik xodimlarning kasbiy bilimlari. TFQ (PTE), boshqa me’yoriy qoida va lavozim yo’riqnomalari bo’yicha davriy sinov o’tkazish;
    8. Poezdlar harakati xavfsizligi xolatini taxlili, xavfsizligi taxlil, "tor" joylarini aniqlash va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari amalga oshirish aniklash.
    9. Poezdlar harakati va manevr ishlari bilan bog’lik bo’lgan xodimlarni (shu jumladan kechasi) muntazam tungi vaqtda to’satdan tekshirish;
    10. "Harakat xavfsizlik kuni" xar xaftada o’tkazish;
    11. Poezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash shakllarmoddiy va ma’naviy rag’batlantirishdan keng foydalanish, poezdlar xalokati yoki avariya, brakka sabab bo’lgan zarar uchun moddiy javobgarlikka tortish;
    12.Xar bir poezdlar harakati xavfsizligi buzilishi belgilangan tartibda tergov qilish va natijalarini taxlil qilish;
    13. Kundalik tashish ishlarida tashkillashtirishni sifatini taxlil qilish, shu jumladan texnik qurilmalarini ish jarayonidagi buzilish xolati, poezdlarning kechikishlari va kamchiliklarni tezkor bartaraf etish usullari
    14.Ish jarayonida texnik vositalarning ishlamay qolish sabablarini bartaraf etish ustidan nazorat va tadqiq qilish tartibi quyidagicha:
    DSP texnik vositalarni ishlamay qolganda darxol DNTSga va tegishli tuzilmaviy bo’lim dispetcheriga xabar berishi kerak. Tegishli tuzilmaviy bo’lim dispetcheri vositalari ishlamay qolish chora ko’rishi kerak va tuzilmaviy bo’lim boshlig’iga xabar berishi kerak;
    Yo’nalish navbatchisi ish jarayonida texnik vositalarning ishlamay qolish xaqidagi ma’lumotni poezd dispetcheridan qabul qilgandan so’ng texnik va texnologik nazorat boshqarmasining mas’ul ishchilariga, tegishli Markaz va bosharmalar dispetcherlariga darxol xabar berishi kerak.
    Markaz va tuzilmaviy bo’linma dispetcherlik boshqarmalari tomonidan ish jarayonida ishlamay kolgan vositalar xaqida xabar olingan so’ng, o’sha joyga mas’ul shaxslarni etib borishlari va kamchiliklarni bartaraf etishda nazolratni amalga oshirishadi;
    Agar ishchi shu erga etib kelgandan so’ng bir soat ichida kamchilikni bartaraf etolmasa, Yagona dispetcherlik markazining yo’nalish bo’yicha navbatchisi shaxsan MTU boshlig’iga, MTU ning texnik va texnologik nazorati boshqarmasining katta inspektoriga, tegishli boshqarma va markazlar boshlig’iga ishchi jurnalidan qayd etilgan xolda axborot beradi,
    Yuqorida ko’rsatilgan MTU, tegishli markaz va boshqarma boshliqlari o’sha joyga tegishli MTUning, tuzilma bo’linmalarining boshliqlarini etib borishiga tezkor choralar kabul kiladi;
    Poezdlarning harakati ko’plab kechikish va uzilish sabablarida 2 soat ichida kamchiliklarni tuzata olmasa, smenadagi YADM boshlig’i o’rinbosari texnik va texnologik boshqarma boshlig’i bilan kelishilgan aloqador Markaz va boshqarma boshliqlarini tezkor chaqiruv va joyiga etib borish uchun buyruqni ro’yxatga olishi kerak
    15. Sun’iy inshootlar, lokomotiv, vagon, signal va aloqa qurilmalari, elektr ta’minot, temir yo’l, temir yo’l pereezdi va boshqa texnik qurilmalar xolati va ta’miri sifatini oshirish uchun doimiy ishlar olib borilishi kerak
    16. Diagnostika tizmi va defektoskop uskunalaridan samarali foydalanish va soz xolatda saqlash;
    17. Xavfsizlik asboblar(ALSN, KTSM, DISK, radio aloqa va boshqalar) va STSB qurilmalarining xolatini belgilangan grafik bo’yicha tekshiruv o’tkazish va kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko’rish;
    18. YAngi uskunalar. xavfsizlik asboblari va diagnostika tizimlarini yaratish va tadbiq etish bo’yicha doimiy ish olib borish kerak, bu ishlar harakat xavfsizligini oshirish bo’yicha Davlat dasturiga muvofik amalga oshirilishi kerak.
    19. Temir yo’l transporti vositalarini sertifikatlashtirish va ularning ta’mirlash uchun korxonalarining ishlab chikarish faoliyatini litsenziyalash.
    20. Belgilangan davr ichida kompaniyaning MTU va korxonalari, xo’jaliklarini taftishdan o’tkazish;
    21. Baxorgi va kuzgi ko’rikdan o’tgan texnik qurilmalarni natijalarini qo’rib chiqish, kishgi va yozgi mavsumga tayyorgarlik darajalari
    22. O’ta xavfli buzilishi oldini olish texnik- tashkiliy chora-tadbirlar majmui amalga oshiriladi:
    ta’qiqlovchi signaldan o’tish ketish;
    stansiyalardan harakat tarkibini maxkamlash tartibini buzish natijasida o’z-o’zidan chiqib ketishini va poezdlarni qabul qilish, jo’natish va o’tkazib yuborish qoidalarini buzilishi, aynan yo’lovchi va xavfli yuklar yuklangan vagonlar;
    tormoz magistrallarining oxirgi krani yopilgan poezdlarni,hamda belgilangan me’yordan ortiq yuklangan vagonlarni jo’natish;
    uloqsiz yo’llarga xizmat ko’rsatish qoidalarini buzish va ishlar olib borilayotgan xavfli joylarni signallar bilan tusish;
    vagonning yurish qismi elementlari va g’ildirak juftlari o’q bo’g’imida sinishi;
    Temir yo’l pereezdlarida vatotransport bilan to’knashuvi.
    23. Yo’l harakati xavfsizligini tamillashdagi tashkil etiladigan izlanish va yangi shakllarni tadbiq etish.
    24. Avariyasiz ishlash tajribasini umumlashtirish va tarkatish .
    Profilaktika ishlarini amalga oshirishda Boshqarma, Markaz, MTU korxonalari va etuk mutaxasislari birinchi navbatda nosozliklarni aniqlashlari va profilaktika chora tadbirlarini ko’rishlari lozim. Poyеzdlar harakatida aloqa va signalizatsiya vositalarining normal ishlash sharoitlarining buzulishiga quyidagilar sabab bo`lishi mumkin: aloqa va signalizatsiya vositalarining nosozligi; ushbu vositalarni ta'mirlash yoki qayta o`rnatish bo`yicha ishlar bajarish; ikki tomonlama avtoblokirovka tizimi bilan jihozlanmagan ikki yo`lli pеrеgonlarning noto`g`ri yo`li bo`yicha poyеzdlar harakatini tartibga solishda; yo`l ta'mirlash ishlari uchun pеrеgonlarni yoki pеrеgonlarning alohida yo`llarini yopishda; pеrеgonga tiklovchi poyеzdlarni yoki yordamchi lokomotivlarni jo`natishda; agarda stansiya navbatchisi boshqaruv apparati jеzl kaliti bilan jihozlanmagan bo`lsa, stansiyadan poyеzdlarni pеrеgonga jo`natishda va ularning orqasiga stansiyaga qaytishida yoki poyеzdlarni surib boruvchi lokomotiv bilan jo`natib, so`ngra orqasiga qaytishida.
    Yuqorida kеltirilgan har bir holatda ham stansiya navbatchisi va poyеzd dispеtchеri aniq bilishi kеrak bo`lgan poyеzdlar harakati xavfsizligini ta'minlovchi asosiy talablar ta'minlanishi lozim.
    Manyovr tarkiblarini stansiya chеgarasidan tashqariga chiqishida ham harakat xavfsizligini asosiy shartlari ta'minlanishi lozim.
    Harakat xavfsizligi qoidalarining buzilish sabablarini aniqlash natijalari ularning qanday sodir bo’lganligi va kim tomondan buzilganligini aniqlashning imkonini beradi va ularga quyidagilar mansub:
    - texnologik jarayonlar reglamentiga rioya qilmaslik;
    - tashish jarayonida ishtirok etayotgan xodimlarning o’z lavozimlari yoki kasblarini etarli darajada o’zlashtirmaganliklari yoki kasbiy maxoratlari darajasining pastligi;
    - temir yo’l xo’jaliklari, bo’limlari, korxona va tashkilotlar raxbarlarining tez - tez almashtirilishi;
    Temir yo’llarning reformalashtirilish sharoitlariga ishchi xodimlarni texnik o’qitish, malakasini oshirish, tayyorlash darajalarining mos kelmasligi;
    Poezdlar harakati xavfsizligini ta’minlovchi yangi tizimlar, qurilmalar va uskunalarni ishlab chiqish, sinash va boshqalarga bo’lgan tizimli talablar darajasining pastligi;
    Lokomotiv xo’jaligi bo’yicha harakat xavfsizligini buzilishining asosiy sabablaridan biri bu lokomotiv brigadalarining past darajadagi mexnat intizomi va kasbiy maxoratlarining etarli darajada emasligidir. Bu esa o’z navbatida poezdlarni ta’qiqlovchi belgilarga o’tib ketishi, poezdlarni xaydash yoki boshqarish rejimlariga rioya qilinmasligi, poezd va manevr ishlari qoidalariga rioya etilmaslik va boshqalarni keltirib chiqaradi.
    Ko’p yillik statistik ma’lumotlar shuni ko’rsatadiki, lokomotiv xo’jaligida yuzaga kelgan poezdlar xalokatining 30 foyizidan ortig’i tormozlarni kech ulanishi oqibatida, 14 foyizi lokomotiv brigadalarining uxlab qolishi oqibatida xamda 5 foyizdan ortig’i poezdlar harakati tezliklarining me’yordan oshirilishi va soz xolatdagi xavfsizlikni saqlovchi qurilmalarning o’chirib qo’yilishi va svetoforning ta’qiqlovchi belgisiga o’tib ketishi oqibatida sodir etilgan. Ushbu ko’rsatkichning 9 foyizi barcha temir yo’l transporti xodimlari uchun mutloqo ruxsat etilmagan xolat, ya’ni lokomotiv brigadalarining mast xolatda bo’lishi oqibatida sodir etilganligi aniqlangan.
    Kuzatuv va tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, svetoforning ta’qiqlovchi belgisiga poezdning o’tib ketish xolatlari bilan bog’liq bo’lgan avariya yoki xalokatlarning 6 foyizi mashinistlar tomonidan ishlab turgan xavfsizlikni ta’minlovchi qurilmalarning o’chirib qo’yilishi, 13 foyizdan ortig’i lokomotivlarda (ALSN dan tashqari) xavfsizlikni ta’minlovchi qurilmalarning umuman mavjud emasligi, 4 foyizilokomotiv brigadlalarining uxlab qolishi, 33 foyizi muloqotlar o’tkazish tartibiga rioya qilinmasligi va yo’llardagi signallarga e’tiborsizlik bilan qarash, 14 foyizi stansiya navbatchisining poezd tuzuvchilari brigadalari bilan kelishmagan xolda harakatlarni amalga oshirishlari, 5,5 foyizi stansiya texnikalarini taqsimlash dalolatnomasini qoniqarsiz darajada bilishlari, 4.5 foyizi mashinist tomonidan mashinist yordamchisi boshqaruvidagi lokomotivni nazorat qilmasligi va 9 foyizi tormoz tizimining kech qo’llanilishi va uning natijasida ta’qilovchi signaldan katta tezzlikda o’tib ketish xolatlari sodir etilganligi aniqlangan.
    Vagon xo’jaligida harakat xavfsizligini buzilish xolatlari quyidagi vagonlar va undagi qurilmalarning texnik nosozligi bo’yicha aniqlanadi: g’ildirak juftliklari o’qlari sheykalarining sinishi, vagon detallarining temir yo’l izlariga tushib qolishi, vagonlarni soz xolatda saqlash me’yorlariga rioya etilmaslik (ayniqsa harakatlantiruvchi qismlariga).
    Bularning natijasi g’ildiraklarning belgilangan muddatidan ortiq foydalanilgan va grebeni sinig’i bo’lgan vagonlar, o’qdagi g’ildirakning bo’shab qolishi yoki surilib qolishi, g’ildiraklardagi polzunlarning mavjudligi uzel va detallarda yoriqlarning mavjudligi va boshqalarda namoyon bo’ladi. Yuqorida keltirilgan xolatlar vaggonlarni ko’zdan kechirish yoki ta’mirlash sifatining pastligidan dalolat beradi va bu o’z navbatida inson omillarining ishtiroki, ya’ni kasbiy maxorat va javobgarlik xissining etarli darajada emasligiga bog’liq bo’ladi.
    Yo’l va inshootlar xo’jaligida harakat xavfsizligining buzilishi asosan yo’l ta’mirlash ishlarini sifatsiz va o’z vaqtida o’tkazilmasligi oqibatida yuzaga keladi. Bu xam o’z navbatida avvalom bor ishchi xodimlarning o’z kasblarini yaxshi o’zlashtirilmaganliklari, yo’l ta’mirlash ishlarini aniq rejalashtirilmaganligi ularni bajarilishining sifat darajasining pastligi xamda mexnat intizomiga to’liq rioya qilmasliklari natijasida yuzaga kelishi mumkin.
    O’z navbatida yuqorida keltirilgan sabablar poezdlar harakati yoki tabiiy xarakterga ega bo’lgan quyidagi nosozliklarni keltirib chiqarishi mumkin: oraliq maxkamlagichlarning bo’shab ketishi, ketma-ket joylashgan uch va undan ortiq yog’och shpallarning yaroqsiz xolga kelib qolganligi, relslarning yonbosh va vertikal edirilish me’yorlaridan oshib ketishi, relslarning sinishi, rels zanjirlari nosozliklari, yo’llarning cho’kishi, ballastning ko’tarilib qolishi, strelka o’tkazgichlari nosozliklari va boshqalar. Yo’l ta’mirlash ishlari o’tkazilayotgan joylarda xavfsizlik to’siqlarning o’rnatilmaslik xolatlari xam uchrab turadi va bu o’z navbatida “Yo’l ta’mirlash ishlari o’tkazilishida poezdlar harakat xavfsizligini ta’minlash bo’yicha yo’riqnoma” (TSP 485) talablarining qo’pol ravishda buzilishi xisoblanadi.
    Shu bilan birga oxirgi uch yillikda baxtsiz xodisalar asta sekin kamayib borayotgan bo’lsada, ayrim turdagi avariyalar bo’yicha tendentsiya bir qancha o’zgarishlarni ko’rsatadi. to’g’nashuv va xalokatlarning keltirilgan miqdori (2012 yildagi ularning xar 97 tadan bittasi) oxirgi uch yillik davr uchun eng yuqori xisoblanadi va ular uchun qiyosiy ma’lumotlar mavjud. Xabar berishlaricha Evro ittifoqda o’rtacha kamida xar ikki kunda sodir etiladigan xalokat va to’qnashuvlarning sababi temir yo’llardan foydalanishdagi uzilishlar xisoblanmoqda.
    2012 yildagi insonlarning avariyasi, pereezdlardagi avariyalar va yong’inlarning keltirilgan miqdori o’tgan yillarga nisbatan ancha kam. Evro ittifoqga a’zo davlatlarning xabariga ko’ra 2012 yildagi harakat tarkibining harakati bilan bog’liq bo’lgan avariyalar soni 1206 tani tashkil etgan. Bu esa o’z navbatida o’tgan yilga nisbatan olganda 20 foyizga kamayganligini ko’rsatadi. Ikki davlat. ya’ni Bolgariya xamda Pol’sha birgalikda ushbu ko’rsatkichning yarmisini tashkil etadi.Bunday avariyalarning xavfililigi uchta Boltiq bo’yi davlatlarida va ba’zi Markaziy xamda Sharqiy Evropa davlatlarida(Vengriya, Slovakiya, Pol’sha va Ruminiya) nisbatan yuqori xisoblanadi.
    Evro ittifoq davlatlari temir yo’llarida 2012 yilda pereezdarda sodir bo’lgan avariyalar 573 tani tashkil etgan. Ushbu ko’rsatkich 2011 yilda 517 ta bo’lgan bo’lsa, 2010 yilda 592tani tashkil etgan edi. Evro ittifoqning faqat o’nta davlatlarida oxirgi uch yillikda temir yo’l pereezdlaridagi avariyalar sonining asta sekinlik bilan kamayib borayotganligi kuzatilgan.
    Harakat tarkiblaridagi yong’inlar soni 2012 yilda 14 tani tashkil etgan, o’tgan yillar bilan qiyoslaydigan bo’lsak bu ko’rsatkich 2011 yilda 16 tani va 2010 yilda 14 tani tashkil etgan. 2012 yilda 16 ta davlat temir yo’llarida harakat tarkibidagi yong’in xolatlari kuzatilmagan. Aniq bir turga mansub bo’lmagan yo’l transport xodisalari keng spektori boshqa yo’l transport xodisalari turiga kiritilgan xisoblanadi. 2012 yilda ko’rsatilgan 81 ta to’g’nashuv va xalokatlar o’z ichiga manevr harakat tarkibining mashinalarga texnik xizmat ko’rsatishda, jo’natish marshrutlari ob’etlaridan xavfli yuklarni tashish natijasida harakat tarkibining harakati bilan bog’liq elektroshok xolatlaridagi xalokat yoki to’g’nashuvlarni olgan2.
    T ashishlar xo’jaligida - manevr ishlarida koidalar buzilishining oldini olish, harakat tarkibini maxkamlash tartibi va me’yorlarini saqlash, vapgonlarni o’z-o’zidan harakatlanib ketishini oldini olish, yo’lovchi va xavfli yuklar ortilgan vagonlari bo’lgan yuk poezdlarini stansiyaga birinchi navbatda qabul qilish va jo’natish tartibini buzilmasligini nazorat qilish, so’zlashuv muloqotlarini buzilmasligini, nostandart vaziyatlarda xodimlarning o’z vazifalarini to’g’ri bajarilishi, ko’rikdan o’tkazishni o’z vaqtida va sifatli o’tkazilishini nazorat qilinishi lozim.
    Lokomotiv xo’jaligida – ta’qiqlovchi belgilarga o’tib ketish, avtotormozlarni noto’g’ri boshqarish, belgilangan harakat tezliklarini oshirish, lokomotiv brigadalarining ish tartibi va dam olish tartiblarini buzilishi, harakat tarkibining texnik xizmat ko’rsatilishi va ta’mirlanishini nazorat qiligsh va shu bilan birga lokomotiv parklari va motorvagon harakat tarkibining texnik jihatdan soz holatda bo’lishini tekshirib turish lozim bo’ladi.
    Vagon xo’jaligida – avvalam bor nosoz vagonlarni yuklash jarayonlari uchun poezdlarga berilishini oldini olish, maxsus trafaret yoki belgilarsiz yuklashga berish, vagonlarni ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatilishini tashkil etish hamda texnologik jarayonlarga rioya qilinishini nazorat qilishlari lozim.
    Aloqa va signalizatsiya xo’jaligida – SMB va aloqa apparatlarining ayrim detallarini o’z vaqtida almashtirilishini nazorat qilishlari, aloqa va signalizatsiya vositalarini saqlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko’rsatish shartlarini buzilmasligini nazorat qilishlari va boshqa signal va aloqa vositalarining normal ishlashini qattiq nazorat ostiga olib ulardan foydalanish qoidalarini buzilmasligiga ahamiyat qaratishlari lozim.
    Yo’l xo’jaligida – yo’llarda ta’mirlash va yo’llarni saqlash me’yorlarini buzilmasligiga, strelka o’tkazgichlariga o’z vaqtida to’g’ri xizmat ko’rsatilishiga, yuzaga kelgan nosozliklarni o’z vaqtida bartaraf etilishiga, yo’lning holatidan kelib chiqib poezdlar harakat tezliklarini belgilanishiga, ta’mirlash ishlari o’tkaziladigan ob’ektlarni to’sish va xavfli uchastkalarni chegaralash tartiblarini buzilmasligiga e’tiborni kuchaytirish lozim.
    Elektrta’minot xo’jaligida – kontakt tarmog’i va avtoblokirovka tizimining texnik xizmat ko’rsatilishi uni to’g’ri saqlanishiga, yuzaga kelgan nosozliklarni o’z vaqtida bartaraf etilishiga va belgilangan rejadagi ta’mirlash ishlarini o’z vaqtida va sifatli o’tkazilishiga e’tiborni qaratishlari lozim.
    Yo’lovchi tashish xo’jaligida – yo’lovchi vagonlarnini ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko’rsatishni tashkil etish, texnilogik jarayonlarga rioya qilish, yo’loachi vagonlarni reysga tayyorlash, poezd brigadalarining reysga jo’nashdan oldin kasbiy yo’riqnomalardan o’tishlari va boshqa ishlarni nazoratini o’tkazishlari lozim.
    Yuk tashish xo’jaligida – birinchi navbatda yuklarni ortish va ularni mahkamlash shartlarini buzilmasligini, yuklarni tashish qoidalari talablari hamda yuklarni mahkamlashning texnik shartlarini buzilmasligini va yuk ortish uchun beriladigan vagonlarning soz holatda ekanligi va u texnik ko’rikdan o’tganligiga ahamiyatni qaratishlari lozim.
    Temir yo’l xolati ustidan nazorat qilish o’rtacha darajasi AQSh va G’arbiy Evropa davlatlarida Rossiyaga nisbatan ancha past. Buning muammoga turli yondashish mavjud. Bizning bosh mavqeimiz xavfsizlikni joyiga qo’yish bo’lsa, G’arb mamlakatlarida ko’p xollarda temir yo’l transporti yuk va yo’lovchi tashish xarajatlarini minimallashtirish jixatidan mukobilsiz sifatida aniklash mezoni bo’ladi. Shunday kilib, temir yo’l va Evropa temir yo’l agentligida avariyalarni tasniflash tizimini asosiy mezoni ko’rilgan zarar bilan aniqlanadi aniklash mezoniga ko’rib xodisalari tasniflash tizimida moliyaviy zarar bo’ladi.
    Muayyan turdagi avariyalar temir yo’l er polotnosiga qanchalik moliyaviy zarar etkazilganligini aniqlanadi, avariyani oldini olish yoki iloji boricha etkazilgan zarar sug’urtalanidi.
    G’arb mamlakatlarida har 3-6 oy bir marta er polotnosi o’rtacha xolatini mobil’ diagnostikvagon tekshiruvi o’tkaziladi. Bu tekshiruvni taqqoslaganda, Rossiyada bu ko’rsatkich yuqori va poezdlar eng ko’p uchastkalarda esa oyda 3-4 marta o’tkaziladi. AKSh va Evropa davlatlarida bu ko’rsatkich 5-10 barobar past, yo’l xo’jaligi temir yo’lni diagnostika qilishda 10-12 kishi ishlaydi, 350-400 ta maxsus vagonlar bilan jixozlangan.
    2012 yilda Rossiya temir yo’o’llarida taxminan 30 ta xolatda rel’s sinishi, Germaniryada esa taxminan 500-600 xolatda, barcha MDH xududlarida esa bu ko’rsatkich 4-5 ming xolat xisoblanadi. Temir yo’l avariyalari natijasida yiliga Evropa yo’lovchi poezdlar orasida baxtsiz xodisalar tufayli bir necha o’nlab odamlar kurbon bo’lmoqda, bu xodisa natijasida mingdan ortik odamlar vafot etgan.
    Evropa temir yo’llarida Rossiya temir yo’llariga yuk tashish aylanmasi 12-16 mln.tonna brutto, yani ikki marta kam xisoblanadi.
    Bundan tashkari, Evropada iklim kulay sharoitlar idan foydalanib, Evropa Ittifokida temir yo’l er polotnosi chidamli va uning xolati ustidan nazorat qilish darajasi ossiya temir yo’llari kabi unchalik yuqori emas.
    Ayni paytda Ispaniyada ro’y berayotgan avariya xaqida xabar kilinganiga qaraganda, Rossiya temir yo’llarida barcha harakat tarkiblari avtomatlashtirilgan harakat tizimlari bilan jixozlangan bo’lib, mashinist chegaralangan temir yo’l uchastkalari uchun belgilangan kamchiliklar kamaytirish poezd mashinisti tezlikni yuqoriligida xisoblanadi.
    Evropa temir yo’llarida shunga o’xshash eng yukori tezlikda harakatlanish tizimlari mavjud. Extimol, Ispaniya poezd bunday tizimi bilan jixozlangan emas edi, yoki ishlamay yoki o’chirilgan. Bu mutaxassislar ko’rgan bo’ladi3.



    Download 5,64 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   90




    Download 5,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnik foydalanish qoidalari va harakat xavfsizligi asoslari

    Download 5,64 Mb.