/440 Direktivasi shartlari




Download 5,64 Mb.
bet9/90
Sana30.01.2024
Hajmi5,64 Mb.
#148663
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   90
Bog'liq
Китоб 1-қисм

3.3. 91/440 Direktivasi shartlari
G’arbiy Evropa mamlakatlarida davlat temir yo’llari 50 yillardan boshlab yo’lovchi va yuk tashishlaro’z pozitsiyalarini yo’qotib bordilar va davlat tomonidan moliyaviy qo’llab quvvatlashlarga qaramay ularning iqtisodiy xolatlari yomonlashib bordi. Davlat esa dotatsiyaga yanada ko’proq vaqt ajratishiga to’g’ri keldi. Shu sababli xolatni o’zgartirish bo’yicha kordinal tadbirlar o’tkazish lozim bo’lib qoldi.
Evropa temir yo’llarini reformadan o’tkazish jarayonini ta’sir ko’rsatuvchi omillarga, Evropa Ittifoqi (ES) yagona ichki bozorini tashkil etish dasturining qabul qilinishi bo’ldi. u evropa transport bozorlarini va eng avvalo davlatlar aro tashishlarni deregulirovka qilishni va shu bilan birga temir yo’llar infratuzilmasi ushlab turish funktsiyalarini ajratish va foydalanish ishlarini tashkil etish to’g’risidagi ES 91/440 Direktivasini qabul qilinishini nazarda tutadi. Direktivaning asosiy xolatlari temir yo’llar iqtisodiyotini sog’lomlashtirish, faqatgina ularning transport bozoridagi pozitsiyasini kuchaytirish xisobiga va temir yo’l xo’jaliklarining ijtimoiy axamiyatga ega bo’lgan funktsiyalarni bajaruvchi rivojlanmagan soxalari, qiziqishlari bo’lgan tomonlardan va shu jumladan davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashlar olishlariga qaratilgan.
91/440 Direktivasi ES a’zolari davlatlari uchun milliy temir yo’llarda reformalar o’tkazish yo’llarini aniqlab beradi va quyidagi shartlarning bajarilishini ta’kidlaydi:

  • infratuzilmaning rivojlanishi va soz xolatda ushlab turilishiga ketadigan xarajatlarning aloxida xisobi va foydalanish funktsiyalarining bajarilishini;

  • milliy temir yo’llar tarmog’iga uchinchi shaxslarning kirish xuquqlarining ta’minlanishini.

Temir yo’l transportining boshqarish va reforma qilish modeli keng qamrovligiga qaramay ikki asosiy turga bo’lish mumkin:

  1. "Amerika modeli", bir nechta vertikal integrallashtirilgan kompaniyalar mavjudligini ko’zda tutuvchi va o’z tuzilmalarida faoliyat yurituvchi yo’llovchi tashishlarni aloxida kompaniyalarga ajratib qo’yishni nazarda tutadi. Bunday model AQSh, Kanada va YAponiya davlatlarida faoliyat yuritadi. Amerikalik muttaxassislar yagona temir yo’llar tizimini tashishlar va boshqarmalar bo’yicha foydalanish ishlari va infratuzilmalar ishi bir biriga bog’liqligidan kelib chiqib tashishlar va boshqarmalar bo’yicha kompaniyalarga ajratish maqsadga muvofiq deb xisoblaydilar. Mamlakatda kompaniyalarni birlashtirish va kichiq kompaniyalarni yo’qotish xisobiga temir yo’l kompaniyalarini yiriklashtirish jarayonlari ketmoqda. bu esa o’z navbatida ularning boshqa transport turlari bilan bo’ladigan raqobatida o’z o’rinlarini kuchaytirishlariga imkon beradi.

"Evropa modeli", temir yo’l infratuzilmasini operatorlar yoki tashuvchilardan ajratib qo’yilishini nazarda tutadi. Evropa modelini o’z navbatida to’rtta turga ajratish mumkin, ya’ni ularni shartli ravishda belgilaydigan bo’lsak, bular frantsuz, german, shved va ingliz modellaridir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2.03.2003 yil “Temir yo’l transportini demonopolizatsiyalash va aktsionerlash chora–tadbirlari haqidagi” farmoniga muvofiq, hamda “O’TY” AJ boshqaruv tizimini takomillashtirish, temir yo’l transporti korxona va tashkilotlarini xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish, tarmoq korxonalarini rivojlantirish, texnik jihatdan qayta rivojlantirish maqsadida Vazirlar mahkamasining qarori bilan “O’TY” AJ va uning ijroiya apparatining tuzilmasi tasdiqlandi (1.1 va 1.2-rasmlarda ko’rsatilgan).
“O’TY” AJ ning oliy boshqaruv organi kompaniya Kengashidir.
“O’TY” AJ ning rahbariyatini rais va uning 5 muovini, shu jumladan bosh menedjer – bosh muhandis va raisning birinchi muovini tashkil etadi.
Rais va uning muovinlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
MDH – mamlakatlarining temir yo’llarida bir hil signal belgilari qat’iy ravishda belgilangan bo’lib poezdlarni qabul qilish, jo’natish, o’tkazib yuborish va stansiyalarda manevr ishlarini bajarish quyidagi asosiy hujjatlar asosida amalga oshiriladi: “Texnikaviy foydalanish qoidalari”, “Poezdlar harakati va manevr ishlari” va “Temir yo’llarni signallashtirish” bo’yicha Yo’riqnoma.
Tashish ishlarini tashkil etishning asosiy tartib qoyidalari stansiyalar ish turiga va hajmiga qarab ixtisoslashtiriladi. Ixtisoslashtirish ilg’or texnologiya va texnikani oqilona joylashtirish, ishchilar sonini to’g’ri aniqlash va stansiyalarni bir tipga keltirishdir.



Download 5,64 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   90




Download 5,64 Mb.