Texnik foydalanish qoidalarining asosiy talablari




Download 5,64 Mb.
bet6/90
Sana30.01.2024
Hajmi5,64 Mb.
#148663
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90
Bog'liq
Китоб 1-қисм

2.3. Texnik foydalanish qoidalarining asosiy talablari
1-bo’limda temir yo’l transporti xodimlarining umumiy vazifalari keltirilgan.
Temir yo’l transporti xodimlarining asosiy vazifalariga harakat xavfsizligini so’zsiz ta’minlagan xolda axolining yuk va yo’lovchi tashishga bo’lgan talabini qondirish, tashiladigan yuklarni saqlash, texnik vositalardan samarali foydalanish, atrof muxitni ximoya qilish talablariga rioya qilishdan iborat.
2-bo’limda inshootlar va qurilmalardan foydalanish bo’yicha umumiy qoidalar va gabaritlarga bo’lgan talablar keltirib o’tilgan.
Temir yo’llarning qurilma va inshootlarinisbatan yuqori xajmda quyidagi belgilangan tezlikdagi poezdlarni o’tkazilishini ta’minlovchi talablarga mos kelishi lozim: yo’lovchi poezdlari – 100km/soat, refrejirator va yuk poezdlari - 90 km/soat.
2- bo’limning 3 -bobida yo’l xo’jaligining nisbatan kerakli bo’lgan qurilma va vositalarining o’lchamlari va konstruktiv talablari keltirilgan.
4-bobda lokomotiv va vagon, suv ta’minoti va kanalizatsiya xo’jaligi qurilmalariga xamda quvvati va joylashtirilishiga talablar keltirilgan. Bundan tashqari tiklash vositalari doimiy tarzda shay xolatda bo’lishi lozimligi keltirib o’tilgan.
Beshinchi bobda stansiya xo’jaligi qurilma va inshootlariga qo’yiladigan talablar keltirilgan.
Oltinchi bob signalizatsiya, aloqa va xisoblash texnikasi qurilma va inshootlariga bo’lgan talablarga mo’ljallangan. Signallashtirish printsiplari keltirilgan.
Ettinchi bobda elektr ta’minot qurilma va inshootlariga bo’lgan talablar keltirilgan.
Ikkinchi bo’limning oxirgi sakkizinchi bobida qurilma va inshootlarni ko’zdan kechirish va ularni ta’mirlash tartibi va talablari keltirilgan. Bu esa TFQning asosiy boblaridan biri xisoblanadi.
3- bo’limda harakat tarkibiga, g’ildirak juftliklariga, tormozlash qurilmalari va avtomatik tarzda ulash qurilmalariga, harakat tarkibiga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash ishlariga bo’lgan umumiy talablar to’g’risida gap boradi.
4- poezdlar harakatini tashkil etish bo’limidagi talablar o’z ichiga quyidagilarni olgan:poezdlar harakat grafigi, stansiyaning tashkiliy-texnik ishlari, poezdlar harakati, poezdlarni qabul qilish va jo’natish tartibi xamda aloxida harakat tarkiblari harakati va boshqalar.
Amerika Qo’shma Shtatlarining “Ishchi qoidalar” 2011 yil 6 noyabrdan beri amal qilib kelayotgan 10 raqamli nashr temir yo’l transporti ishiga aloqador bo’lgan quyidagi asosiy bo’limlardan iborat:

  • umumiy qoidalar;

  • xar xil turdagisignal vositalari;

  • Poezdlar harakati;

  • Poezdlarni ximoyalash;

  • MAD 67 shakli bo’yicha poezdlar harakati;

  • Signallashtirishning umumiy qoidalari;

  • Signallashtirishning asoslari va ularning ko’rsatkichlari;

  • Avtoblokirovka signal tizimi;

  • Radio qabul qiluvchilar, telefonlar va elektron qurilmalar;

  • Dispetcherlar;

  • Operatorlar;

  • Xizmat ko’rsatish soxasidagi poezd ishchilari;

  • Stansiyadagi usta va usta yordamchisi.

Gap shundaki, TFQ bu yuqori malakali mutaxassislar tomonidan ko’p yillik tajribalari asosida va temir yo’l transportining texnik rivojining zamonaviy bosqichi asosida ishlab chiqilgan qoidalar majmuidir. Quyidagi maqol bejizga aytilmagan. “TFQ ning barcha punktlari temiryo’lchilar qoni bilan yozilgan”.
Shuni aytish lozimki, agar poezdlar harakati xavfsizligi asoslari bo’yicha barcha qoida va talablarga amal qilinsa, poezdlar harakati xatarsiz va xavfsiz amalga oshirilishi mumkin.



Download 5,64 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   90




Download 5,64 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Texnik foydalanish qoidalarining asosiy talablari

Download 5,64 Mb.