|
Texnik foydalanish qoidalari va harakat xavfsizligi asoslari
|
bet | 7/90 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 5,64 Mb. | | #148663 |
Bog'liq Китоб 1-қисмNazorat savollari:
1. Temir yo’l transportida texnik foydalanish qoidalarinin tuzish sabablari?
2. Temir yo’ldan texnik foydalanish qoidalari ishlab chiqilishining asosiy bosqichlari?
3. TFQning tuzilishi?
4. TFQ ko’rsatilgan qoidalarga qanday temir yo’lning qaysi soxa ishchilari rioya qilishlari lozim?
5. AQShda qo’llaniladigan temir yo’ldan texnik foydalanish qoidalari nimalardan iborat?
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Practical railway engineering 2nd edition Clifford F Bonnett, (1-2, 183-185 betlar)
2. Norac operating rules tenth edition effective (10-11 betlar)
3. М.Х.Расулов., Хусанов С.Х., Файзибоев Ш. Темир йўллардан техник фойдаланиш қоидалари. Тошкент.2013й
3.TEMIR YO’LLARNING TASHKILIY TUZILMASI
3.1. Temir yo’llar tuzilmasi
Davlat iqtisodiy taraqqiyotining muxim shartlaridan biri tovar va xizmatlarning jaxon boxoriga izchillik bilan kirishidan iboratdir. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni kursatadiki, transport aloqalari jaxon bozoriga kirib borishini jadallashtirishning muxim omilidir.
O’zbekiston Respublikasi mustaqilligi elon qilingandan so’ng transport majmuasi aloqalariga etibor kuchaydi. O’zbekiston geografik o’rni dengizlar, bandargoxlar va yirik transport tarmoqlariga bevosita chiqish yo’llarining yo’qligini etiborga oladigan bo’lsak, transport chiqish tizimlari va aloqalarini rivojlantirish bilan bogliq muaommolar va masalalarni xal etish ustuvor strategik axamiyat kasb etishi ma’lum bo’ldi. O’zbekiston Evropa va Sharqiy Osiyoning quruqlikdagi va xavo yo’llari orqali o’tadigan muxim chorraxalarida joylashganligi tufayli tranzit tashishda istiqbolli xalqaro transport punkiti xisoblanadi.
O’zbekiston mintaqada muxim geografik o’rnini egallab turgan bo’lsada shu xususiyati bilan xam ajralib turadiki u dunyoni qittalarini o’zoro boglovchi eng yaqin dengiz bandorgoxiga chiqishi uchun kamida ikki mamlakatdan o’tib borishi kerak bo’lgan davlatlardan biridir. Ikkinchi tamondan xalqaro yuklarni avtomobil transportlari orqali tashishda O’zbekiston xaydovchilari yo’lida turli xil moddiy va nomoddiy to’siqlar mavjuddir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov EKO ishtirokchi mamlakatlari hukumatlari va davlatlari rahbarlarining 1998 yilning mayida Olmaota shahrida bo’lib o’tgan beshinchi uchrashuvida va «Buyuk ipak yo’li» xududi davlatlari rahbarlarining Baku shahrida bo’lib o’tgan uchrashuvida so’zlagan nutqlarida uchrashuv ishtirokchilarining e’tiborini o’zaro aloqalarning rivojlangan, zamonaviy tizimni shakllantirish masalalariga qaratdi.
Zamonaviy tizimni shakllantirish masalasi juda murrakab va ko’plab savollar echimini talab kiladi. Masalan:
-transport yo’laklardagi, temir yo’l va avtomobil trassalarini zamonaviy talablarga ko’ra yangilash;
-transport bo’g’inlarini texnik tomondan ta’mirlash;
-avtomobil, temir yul, xavo va dengiz transportda harakatdagi texnikalarni zamonaviy vositalar bilan ta’mirlash;
-xalqaro yuk tashishdagi me’yoriy xujjatlarni muvofiqlashtirish va yangilarini qabul qilish.
Bozor munosabatlariga o’tish sharoitida yangi texnika oldingiga qaraganda tezroq kirib keladi, xalqaro konkurentsiya texnologik ustunlikni tez orada moliyaviy ustunlikka aylantiradi.
Temir yo’llardan foydalanish ishlari – bu temir yo’llar, undagi tashish jarayonlarini tashkil etish va amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan korxona va tashkilotlarning ishlab chiqarish faoliyati xisoblanadi. temir yo’llardan foydalanish ishlari temir yo’l transportining barcha elementlariva nimtizimlari faoliyatini birlashtiradi va amalga oshiradi.temir yo’llarda tashish jarayonlarini va poezdlar harakatini tashkil etish asosiga quyidagi aslsiy printsplar qo’yilgan: texnik vositalardan yuqori darajasi ishlab chiqarish va iqtisodiy foydalanish; ilg’or texnologiyalarni tadbiq etish; mexnatni ilmiy tashkil etish; yo’lovchilar uchun qulay xizmat ko’rsatish; boshqa transport turlari bilan xamkorlikda ishlash. Temir yo’llardan foydalanish ishlarini aniq tashkil etishda kam xarajatlar bilan mamlakatning yuk va yo’lovchi tashishga bo’lgan talablarini to’liq ta’minlash lozim. shu bilan birga tarmoq bo’yicha tashishlarda raqobatbardoshliligi va iqtisodiy mustaxkamligi oshishi ta’minlanadi.
AQShda umumiy mamlakat darajasidagi yagona temir yo’l operator kompaniyalari mavjud emas. Temir yo’l liniyalari xar xil kompaniyalarga tegishli xisoblanadi. eng yirik temir yo’l kompaniyalaridan biri bu «Union Pacific»dir. 2010 yil xolati bo’yicha «Union Pacific» tasarrufida 51000 kilometrga yaqin temir yo’l liniyalarimavjud. bu esa taxminan butun temir yo’l tizimining to’rtdan biriga to’g’ri keladi.
AQSh temir yo’llari texnik jixatdan boshqa bir nechta davlatlar temir yo’llaridan ortda qolgan. AQShda elektrlashtirilgan liniyalar deyarli mavjud emas. Lekin AQShda birinchi bo’lib elektrlashtirilgan temir yo’l liniyasi faoliyat boshlagan. ko’plab elektrlashtirilgan temir yo’l liniyalari olib tashlangan.
Kanada temir yo’llarining tuzilmasi. Kanada temir yo’l tizimi ko’p jixatdan AQSh temir yo’l tizimiga o’xshashxisoblanadi. Kanada umuman qabul qilingan fikrlar bo’yicha xam AQSh dan yaxshi tomonga ajralib turadi, ya’ni mamlakatning umumiy o’sishi, ijtimoiy siyosat va boshqalar. Lekin temir yo’l transporti yomon tomonga ajralib turadi. AQShga o’xshab Kanadada xam temir yo’llarni boshqarishning yagona tuzilmasi mavjud emas.
Kanadada xam temir yo’llar yirik xamda kichik kompaniyalarga tegishli. bulardan “Canadian National Railway”kompaniyasi kanadaning yirik temir yo’l kompaniyalari xisoblanadilar.
Xar ikki kompaniyalarning temir yo’l liniyalari AQSh xududining katta qismiga kirib borgan. “Canadian National Railway” temir yo’l kompaniyasiga tegishli bo’lgan temir yo’l liniyalari AQSh davlatini Meksika qirg’oqlarigacha, ya’ni shimoldan janubgacha bo’lgan bo’lgan xududini kesib o’tadi.
Temir yo’llarda yo’lovchilarni tashish xizmati xali xamon AQSh da yuqori o’rinda turadi. Kanada xukumatida esa undan qutilishga ilgariroq harakat boshlangan.
Britaniya temir yo’llari umumiy tuzilmadan chiqarilib bir nechta kompaniyalarga bo’lib berilgan: yuk va yo’lovchilarni tashish kompaniyalarining infrastrukturlari, texnik xizmat ko’rsatishlari, harakat tarkiblari 1996 1997 yillarda prevatizatsiya qilingan. Tuzilmadan chiqarish bo’yicha qabul qilingan qaror o’yicha prevatizatsiya qilish kutilgan natija bermadi. Birlashgan Qirollikda temir yo’l tizimi ikkita bir biriga bog’liq bo’lmagan qismlardan tashkil topgan, ya’ni ularning biri Shimoliy Irlandiya bo’lsa ikkinchisi Buyukbritaniya.
1994 yildan boshlab ushbu qismlar Evropa bilan La-Mansh bo’g’oziga tunnel orqali bog’langan. Shimoliy Irlandiya tarmog’i Irlandiya Respublikasi orqali bog’langan. Buyukbritaniyada esa infratuzilma shaxsiy xisoblanadi va katta mablag’ keltirmaydigan va 2002 yilda moliyaviy inqirozga uchragan “Railtrack” kompaniyasini almashtirgan.
Yo’lovchilar tashish liniyalari (TOCs)boshqarmasiga tegishli bo’lgan kompaniyalar tomonidan ishlatiladi. bu esa o’z navbatida Birlashgan qirollik davlati va shotlandiya xukumatining franshizasi xisoblanadi.
Yuk poezdlari esa EWS kompaniyasiga o’xshagan yuk transportini boshqarish kompaniyalari tomonidan boshqariladi. bularning oldingilaridan farqi shundaki ular tijoriy xisoblanadi va davlat tomonidan moliyalashtiriladi. Ko’plab poezdlarni boshqaruvchi kompaniyalarning shaxsiy lokomotiv va vagonlari mavjud emas. Ular vagon va lokomotivlarni uchta yirik operatorlardan ijaraga oladilar. Bular Rolling Stock Operating Companies (Rosco's), Bombardier i Alstom operatorlaridir.
Fransiya temir yo’llari tarmog’i 25 ta xududga ajratilgan bo’lib. ular SNCF bosh direktsiyasi bilan beshta oraliq tarmoq direktsiyalari orqali bog’langan. SNCF ning quyidagi to’rtta boshqaruv bosqichlari mavjud:
Bosh direktsiya;
Tarmoq direktsiyasi;
Xududiy direktsiyalar;
Ijro etuvchilar.
Xudud direktori o’z xududidagi barcha xizmatlar faoliyatiga javobgar xisoblanadi va katta, ayniqsa tijorat soxasida mavqega ega xisoblanadi.. Harakatni boshqarish funktsiyasi xududning bir tashkilotiga jamlangan bo’lib lokomotiv xo’jaligi va poezd brigadalari va boshqalarning ishiga jvobgar xisoblanadi. Xudud direktori maxalliy xalq administratsiya oldidagi yagona vakil xisoblanadi. Uning xizmat doirasiga temir yo’llarning texnik rivojlantirish, tariflarni qo’llash, shoxobcha yo’llaridan foydalanish, mijozlarning talablarini xisobga olgan xolda maxalliy (yuk yoki yo’lovchi) poezdlarining harakat grafiklarini belgilash masalalari kiradi.
Bundan tashqari direktor kadrlarni tanlashda to’liq qaror qilish faoliyatiga egadir. Xudud direktori turli ob’ektlarning rekonstruktsiya va qurilish loyixalarini tasdiqlash va va ularga bitim tuzish xuquqiga ega. bundan tashqari u harakat tarkiblarini modernizatsiya qilish yoki almashtirish xuquqiga ega. 1997 yil 13 fevraldagi qonunga muvofiq RFF (Réseau Ferré de France )ning yangi administratsiyasini tuzish belgilandi. Uning zimmasiga mamlakat temir yo’l infratuzilmasini saqlash va uni rivojlantirish majburiyati yuklatildi. Bir vaqtning o’zida RFF ning funktsiyalarini va mamlakatning, Frantsiya temir yo’llari milliy jamoatchiligi (SNCF) va temir yo’l transporti tashkiliy tuzilmasining o’zgartirilgan yangi tashkilotining o’zaro harakatlari tartibini aniqlab beruvchi farmonlar chiqarildi. Quyidagilar aniqlab olindi::
Davlat temir yo’l tarmog’ining xolatiga bo’lgan talablar va uning asosiy tavsiflarini belgilab beradi;
RFF, infratuzilmaning egasi bo’lgan xolda, milliy temir yo’l tarmog’ida investitsiyalarni rejalashtirish, moliyalashtirish va amalga oshirish uchun xamda temir yo’llarning ishlatilishi va ta’mirlanishiga javobgar xisoblanadi. U infratuzilma ob’ektlarining foydalanilishi va soz xolda saqlanishi printsiplari va maqsadlarini aniqlab beradi; poezdlar harakati va ularni temir yo’l tarmog’i bo’yicha taqsimoti boshqarmasi xizmatlari bilan xamkorlikda faoliyat yuritadi; SNCF bilan birgalikda ishlab chiqilgan tarmoqni modernizatsiya qilish bo’yicha kerakli tabirlarning talablari majmuasini taqdim etadi; ularni amalga oshirishni rejalashtiradi va ularni moliyalashtirish manbaalarini aniqlashtiradi; investitsion loyixalar bo’yicha ishlarni taqsimlash funktsiyalarini bajaradi yoki ularni SNCFga ishonib topshiradi.
SNCF , RFF ishonchnomasi bo’yicha temir yo’llar tarmog’ida foydalanish ishlarini tashkil etadi. RFF bilan xamkorlikda aniqlangan printsip va maqsadlarga mos ravishda poezdlar harakat grafiklarini ishlab chiqadilar va ularning ijrosini nazorat qiladilar; infratuzilma ob’ektlarining (yo’l, sun’iy inshootlar, binolar, platformalar va boshqa doimiy qurilmalar) tekshiruvini, soz xolatda saqlanishini, rejaviy va avariyaviy ta’mirlanishlarini amalga oshiradi. RFF SNCFga ushbu xizmalar uchun qonunga mos ravishda tuzilgan bitim doirasida xaq to’laydi. shu jumladan SNCF RFF uchun ishlarni taqsimlovchi rolini xam o’ynashi mumkin.
«O’zbekiston te Tеmir yo’llаr tizimidаgi bеkаtlаr o’zining murаkkаbligi, qulаyligi vа sаmаrаdоrligi jihаtidаn bir biridаn kаttа fаrq qilаdi. Аmmо u yoki bu usuldа istе’mоlchigа ko’rsаtilаdigаn хizmаtlаr yo’lоvchilаrning umumiy qоniqishlаrigа bеvоsitа bоg’liq bo’lаdi, хаttоki yakkа оrоl plаtfоrmаsidаgi оddiy mаmlаkаtlаrdа qisqа to’хаsh хаm yo’lоvchigа bo’lgаn qulаyliklаrgа tа’sir ko’rsаtаdi. Mаsаlаn pоеzdlаr hаrаkаt miqdоri kаm, yomоn оb-hаvо shаrоitlаri uchun bоshpаnаlаr nаzаrdа tutilmаgаn, yoritilgаnlik dаrаjаsi pаst vа bоshqа hоlаtlаr. Yo’lоvchilаr bir pоеzddаn bоshqаsigа qаytа o’tirаdigаn yoki pоеzdlаrdаn bоshqа trаnspоrt vоsitаlаrigа o’tаdigаn punktlаrdа оdаmlаr gаvjum bo’lаdi vа ulаrdаgi dizаynlаr yomоn аhvоldаligi yoki еtаrli dаrаjаdаgi qulаyliklаr yarаtib bеrilmаgаnligi yo’lоvchilаrgа sаlbiy tа’sir ko’rsаtаdi. Bu kаbi kаmchiliklаr yo’lоvchilаrgа hаrаkаtlаnish dаvоmidа qiyinchiliklаr оlib kеlishi bilаn bir qаtоrdа fаvqulоtdа hоlаtlаr yuzаgа kеlishigа sаbаb bo’lishi mumkmin.
Bir qаtоr tеkshiruv nаtijаlаri shuni ko’rsаtdiki Lоndоn shахridаgi “Kings krоss” mеtrо bеkаtidа yo’l hаrаkаti yong’indаn himоyalаsh infrа tuzilmаsining o’rnаtilish tаrtibi buzilgаnligi sаbаbli bеlgilаngаn tаlаblаrgа jаvоb bеrmаsligi kuzаtilgаn. Bir-biri bilаn аrаlаshtirib yubоrilgаn jаrаyonlаr vа tizimlаrdаgi еtishimоvchiliklаrni ko’plаb hаrаkаt sоhаlаrini хаvfsiz bоshqаrish yo’li bilаn оldini оlish mumkin.
Buyuk Britаniyadа tеmir yo’l nаzоrаti bo’limi, Sоg’liqni sаqlаsh vа хаvfsizlik mа’muriyati хаmdа yong’indаn sаqlаsh brigаdаlаri tоmоnidаn bеkаtlаr dizаynigа tа’sir etuvchi хаvfsizlik tаlаblаrini jоriy etilgаnligi ishlаb chiqаrishdа muhim аhаmiyat kаshf etаdi. Хеch bir tеmir yo’l infrаtuzilmаsi zimmаsigа хаvfsizlik mаsаlаlаri yaхshilаb ko’rib chiqilmаgungа qаdаr mаjburiyat yuklаnmаydi.
Istе’mоlchilаrning tаlаblаri tеmir yo’l trаnspоrti оpеrаtоrlаri yoki nаzоrаt qiluvchi оrgаnlаr tоmоnidаn qisqа vаqt ichidа bеlgilаnishi lоzim. Bu tаlаblаr dizаynning аsоsini bаtаfsil shаkllаntirаdigаn tеzkоr yo’riqnоmаlаrdа izохlаngаn bo’lishi lоzim.
Ko’p yillik tаjribаlаrdаn mа’lumki, dizаynеrlаr tехnоlоgik jаrаyon vа o’zgаrishlаrgа yaqin bo’lishаdi. Охirgi dizаyn оpеrаtоrgа аmаlgа оshirilishi mumkin bo’lgаn tаnlоvlаrning so’nggi vаriаnti bеrilgаndаn so’ng mа’lum bo’lаdi.
Оpеrаtоr istе’mоlchilаrning vаkili sifаtidа охirgi tаnlаngаn vаriаnt аmаlgа оshirilishidаn оldin Hаr bir аsоsli tаnlоvning tеzkоr vа biznеs аlоqаdоrligini tаhlil qilib chiqаdi.
Lоyihа rivоjlаnishining umumiy bo’lаgi, muhаndislаrning binо qurilishi Hаrаjаtlаrini minimаllаshtirishgа vа imkоn qаdаr qurilish bоsqichini bоshlаsh bilаn istе’mоlchilаrni хохish istаklаrini mаksimаl tа’minlаsh uchun kеrаk bo’lаdigаn mаblаg’ mаsаlаsidаn kеlib chiqаdi1.
|
| |