|
Manevr ishlari raxbarining vazifalari
|
bet | 24/90 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 5,64 Mb. | | #148663 |
Bog'liq Китоб 1-қисмManevr ishlari raxbarining vazifalari
Manevr ishlari raxbari quyidagilarga mas’ul:
Manevr ishlari bo’yicha vazifalarni o’z vaqtida va aniq bajarishi;
Manevr ishlarida qatnashayotgan barcha xodimlarning harakatlarini va xamkorligini to’g’ri tashkil etishi, xamda sutka davomida oldinda turgan manevr ishlari to’g’risida tanishtirish ishlarini amalga oshirishi;
“O’TY” AJ tomonidan chiqarilgan qoidalar va yo’riqnomalar talablariga mos ravishda poezdlar tuzish;
Manevr ishlarini shunday tashkil etish lozimki, unda poezdlar harakat xavfsizligi va manevr ishlarida qatnashayotgan ishchi xodimlarning shaxsiy xavfsizligi, yuk va harakat tarkiblarining saqlanishi ta’minlansin. Ichida odamlari, tez portlovchi, nogabarit yuklari bo’lgan vagonlar bilan bajariladigan manevr harakatlarida o’ta extiyot bo’lishlari talab etiladi.
Stansiyalarda yo’llar, yo’l qurilmalaridan, manevr ishlari xarakteri va xajmidan kelib chiqqan xolda manevr xududlariga ajratiladi.
Oraliq stansiyalarida manevr ishlari bosh konduktor yoki uning vazifasini bajaruvchi xodim tomonidan boshqarilishi mumkin.
Poezd tuzuvchilari brigadasi yoki bosh konduktor tomonidan xizmat ko’rsatilmaydigan lokomotivning manevr harakatlariga mazkur xududdagi manevr ishlarini olib borishga xuquqi bo’lgan xodim, yoki uning ko’rsatmasi bo’yicha signalchi (strelka posti navbatchisi) raxbarlik qilishi mumkin. Stansiya yo’llari bo’yicha maxsus harakat tarkiblarining manevr harakatlari poezdlar harakati va manevr ishlari bo’yicha yo’riqnomaga mos ravishda amalga oshiriladi.
Manevr ishlarini o’tkazishdagi lokomotiv brigadasining vazifalari:
manevr ishlariga bo’lgan vazifalarni aniq va o’z vaqtida bajarish;
berilayotgan signallarni diqqat bilan kuzatib borishi, tarkiblarning harakatlanishi to’g’risidagi signal ko’rsatkichlarini aniq va o’z vaqtida bajarishi;
temir yo’llardagi insonlarning harakatlarini, strelka o’tkazgichlarining xolatlari va harakat tarkibining joylashgan joylarini diqqat bilan kuzatib borishi;
manevr ishlarini o’tkazilishining xavfsizligini va harakat tarkibining soz xolda saqlanishini ta’minlashi.
Terma poezd tarkiblari bilan ishlovchi xamda manevr ishlarini o’tkazish uchun ajratilgan lokomotiv brigadalari, konduktor va poezd tuzuvchilari brigadalari stansiyaning texnikalarini taqsimlash dalolatnomasida ko’rsatilgan stansiyadagi manevr ishlari tartibi to’g’risida bilishlari kerak.
Lokomotiv xamda poezd tuzuvchilari brigadalari va konduktorlarning stansiyaning texnikalarini taqsimlash dalolatnomasida ko’rsatilgan stansiyadagi manevr ishlari shartlari bilan tanishtirish tartibi “O’TY” AJ mintaqaviy temir yo’l uzeli boshlig’i tomonidan belgilanadi.
|
| |