A .Qayumov
Sh.Nomozov
Ushbu kitobda ilmiy tadqiqot
asoslarini rejalashtirish, tashkil etish va olib borish
masalalari yoritilgan. Tajriba turlari: dala, vegetasion, lizimetrik va laboratoriya
tajribalari keltirilgan.
Tajribalarga qo‟yiladigan andoza talablari, dalaning tipikligi,
tajriba dalasidagi
qaytariq va variantlami joylashtirish tartibi ko„rsatilgan. Shuningdek tajriba
natijalariga statistik ishlov berish to„g„risida qimmatli ma„lumotlar mavjud.
Darslik o„simlikshunoslik yo„nalishidagi magistrlar, mustaqil tadqiqotchilar,
katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va barcha ilmga qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.
Taqrizchilar:
q.x.f.d, professor: q.x.f.n, dotsent:
Лхборот ресурс маркаеи
ИНВ №
-------------
(ииДАУ
Darslik “0„simlikshunoslik” kafedrasining 2013 yil 4 yanvardagi 5- sonli,
Agronomiya fakulteti ilmiy kengashining 2013 yil 30 yanvardagi 5- sonli yig‟ilishida
hamda Tosh DAU o‟quv uslubiy kengashining 2013 yil
9
декабрдаги 1-sonli yig‟ilishida ko„rib chiqildi va chob etishga ruhsat etildi.
KIRISH
Fanning ahamiyati. Eng katta boylik
- bu intellektual boylik, ya‟ni tafakkur.
Chunki, bu boylikni hech kim tortib ololmaydi. Xalqi intellektual tafakkurga boy
bo„lgan davlatlar hech qachon inqirozga uchramaydi. Vaqt o„tishi bilan yer osti va
yer usti boyliklari, foydali qazilmalar kamayishi va xatto tugashi mumkin, intelektual
boylik esa ta‟lim tizimi to„g„ri yo„lga qo‟yilganda faqat ortib boradi.
Rivojlangan davlatlar o„z taraqqiyotini yangi texnologiyalar yaratish va joriy
etish hisobiga shakllantiradi. Shu tufayli ta‟lim tizimini yanada takomillashtirish, ilm-
fanni rivojlantirish, yuqori intellektual tafakkurga ega yosh mutaxassislar tarbiyalash
eng dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
Bugungi fan va texnika rivojlanayotgan, bosqichma-bosqich bozor iqtisodiyotiga
o„tilayotgan vaqtda xalq xo„jaligining boshqa tarmoqlari singari qishloq xo„jaligi
sohasida ham tub o„zgarishlar kiritishni takazo etadi. Buning uchun esa bu sohada ilm
fan yutuqlarini
keng joriy etish, i!g„or texnologiyalami tadbiq etish lozim.
Bugungi kunda qishloq xo„ja!igi oldida to„rgan asosiy vazifa har qanday yo„I
bilan ekinlar hosildorligini oshirish emas, balki ekinlar hosildorligini oshirish bilan
bir vaqtda mahsulot tannarxini kamaytirish, mehnat
unumdorligini oshirish va
mahsulot sifatini yahshilash hisoblanadi.
I.A.Karimov (2009) «Jaxon moliyaviy, iqtisodiy inqirozi,
0
„zbekistonda uni
bartaraf etish yo„llari va choralari» asarida bugungi kunda xalq xo'jaligining barcha
sohalari, shu jumladan, qishloq xo„jaligida resurs va energiya tejovchi texnologiyalar
tadbiq etish lozimligi ko„rsatiladi. Ma‟lumki, agronomiyaning biron bir sohasini ilm
fan yutuqlarisiz tasavvur qilish qiyin. Fan yutuqlari qishloq xo„jaligining har bir
sohasida:
paxtachilik,
g„allachilik,
meva-sabzavotchilik,
polizchilik
va
o„rmonchilikda keng qoMlanilmoqda.
So„ngi yillarda xalq xo„jaligining
barcha tarmoqlari, shu jumladan, qishloq
xo„jaligida yangi texnologiyalami yaratish va ishlab chiqarishda keng joriy etish
maqsadida yangi g„oya va innovatsion texnologiyalar yarmarkalari tashkil etilmoqda.
Biroq, qishloq xo„jaligida biron bir yangilikni keng tadbiq etishdan oldin uni bir
necha yil davomida sinab ko„rilishi, ya‟ni ma‟lum bir
uslubiyatga asoslanib olib
boriladigan tajribalarda o„rganilishi lozim.
0
„rganilayotgan texnologiya olib borilgan
tajribalarda mavjud texnologiyalardan ustunligi tasdiqlangan hollardagina ishlab
chiqarishga keng joriy etilishi maqsadga muvofiq.
Qishloq xo„jaligini rivojlantirish va mustaqil respublikamiz xalqining qishloq
xo„jalik mahsulotlariga o„sib borayotgan talablarini qondirishning asosiy yo„li -
qishloq xo„jalik fan yutuqlari va ilg„or tajribalar asosida ham xo„jaliklarda
dehqonchilik va chorvachilik madaniyatini yuksaltirishni har tomonlama
resurstejamkor texnalogiyalami qo„llash orqali o„simlik mahsulotlarini ko„paytirish
bilan bozor iktisodiyoti qiyinchiliklarini yengib o„tishdan iboratdir.
Bugungi bozor
iqtisodiyoti ishlab chiqarishni fan yutuqlari va ilmiy tajribalar asosida olib borishni
taqozo qilmoqda.
Respublikamiz qishloq xo„jalik ishlab chiqarishida fanning o„ynaydigan roli
kun sayin ortib bormoqda. Fanning rivojlanib borishi va undagi yutuqlami xalq
xo„jaligiga tadbiq etish jamiyat ishlab chiqarish kuchlarining o„sishida hal qiluvchi
omil bo„lib qoldi.
Ilm-fan bilan ishlab chiqarishni mustahkam uyg„unlashtirish asosida agrosanoat
kompleksi ishlab chiqarishga va iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoniyatlari juda
kattadir.
Fan yutuqlari va ilg„or tajribalami joriy etishni tashkil etish qishloq xo„jaligini
jadal rivojlantirishning muhim omilidir. Bu jarayon mutaxassislardan
chuqur bilim
va malaka talab etadi.
Bundan tashqari, bugungi ekologik vaziyat qishloq xo„jalik ekinlaridan yuqori
hosil etishtirish bilan birga ekologik muvozangatni saqlash, zararkunanda
hashoratlar, kasallik va begona o„tlarga qarshi yangi biologik kurash choralarini
ishlab chiqishni taqoza etadi.
Shuningdek, qishloq xo„jaIik ekinlar hosildorligini
oshirish maqsadida mineral o„g„itlar qo„llashni, ayniqsa azotli o„g„itlar me‟yorini
asossiz ravishda oshirish ekologik muvozanatga salbiy ta‟sir etadi.
0
„simlik
tomonidan o„zlashtirilmagan mineral elementlar tuproqda ko„plab to„planib atrof-
muxitni ifloslanishiga, mahsulot sifatini buzilishiga olib kelmoqda. Ayniqsa, bunday
holatlami oziq-ovqat mahsulotlar tarkibida nitrat shaklidagi azotning ko„payib
ketishida kuzatishimiz mumkin.