Toshkent 2014 B. M. Azizov, I. A. Israilov, J. B. Xudoyqulov o




Download 3,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/163
Sana02.06.2024
Hajmi3,18 Mb.
#259446
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163
Bog'liq
64363c7a88a43

I-bob. UMUMIY QOIDALAR
 


15 
Tajribada o„rganilayotgan usullar - 
variantlar
deb ataladi. Ilmiy tadqiqotda 
bir qancha variatlar bo„ladi. 
0
„rganilayotgan tadqiqot variantlari bir yoki bir 
necha variantlar bilan taqqoslanadi. Bu variantlar 
kontrol
yoki 
standart
varianti 
deb yuritiladi. Odatda kontrol variant sifatida ishlab chiqarishda keng joriy 
etilgan variant tanlanadi. Ya‟ni, yangi tavsiya e‟tilayotgan texnologiya mavjud 
texnologiyadan ustunlikka ega bo„lishi lozim. Ayrim tajribalarda kontrol 
variantlar bilan birga 
absolyut kontrol
variant (mutloq nazorat) ham mavjud. 
Absolyut kontrol variant omillarga yoki yangi texnologiyalarga to„g„ri iqtisodiy 
baho berish uchun zarur. Absolyut nazorat varianti bo„lmasa, mineral o„g„itlar 
samaradorligini to„g„ri baholab bo„lmaydi. 
Masalan, agrokimyoviy tajribalarda mineral o„g„itlar mutloq kontrol 
variantga solinmaydi va mineral o„g„itlar samaradorligi mutloq kontrol variantga 
nisbatan o„rganiladi. Sug„orish bilan bog„liq dala tajribalarida absolyut nazorat 
variantida sug„orish olib borilmaydi va sug„orish me‟yorining samaradorligi 
mutloq nazorat variantiga taqqoslash yo„li bilan aniqlanadi. 
Dala 
tajribalarining asosiy elementlari. 
Dala tajribalari o„zining oldiga 
ko„ygan muammo va maqsadlarining turlariga qarab, qishloq xo„jalik ishlab 
chiqarishiga keltiradigan foydasi ham har xil bo„ladi. Shuning uchun dala 
tajribalarida o„rganilayotgan omillaming ta‟siri, ya‟ni ilmiy ishning mavzusi aniq, 
dolzarb bo„lishi, tajribadan olingan natijalar ham shu tabiiy talablarga to„g„ri 
javob berishi kerak. Dalada o„tkaziladigan tajriba ishlari o„zlarining texnika bilan 
kurollantirish jihatidan amaliy sharoitga qanchalik yaqin tursa, ulaming natijasi 
ham ishlab chiqarishning bevosita talablariga shunchalik aniq javob bera oladi. 
Dala sharoitida o„tkaziladigan har bir tajribaning ilmiy qiymati, miqdori va 
natijalarining ishlab chiqarishga joriy etish darajasi ko„p jihatdan mavjud bo„lgan 
uslubiyatga amal qilinishiga bog„liq. 
Tajribadan olinayotgan ma‟lumotlami yanada to„ldirish maqsadida 
o„rganilayotgan ba‟zi bir omillar mayda bo„laklarga bo„linib, alohida uslubiy 
ko„rsatmalar orqali bajariladi va ma‟Iumotlar jamlanib, to„liq hamda aniqroq 
xulosalarga kelinadi. Agar azotli o„g„itlar me‟yorini g„o„zaning o„sish va 
rivojlanishiga ta‟siri o„rganilayogan bo„lsa, aniqlanishi kerak bo„lgan omillar 
fenologik kuzatishlar yordamida o„rganiladi. Mukammal ilmiy ma‟lumot olish 
uchun fenologik kuzatuvlar bilan bir qatorda laboratoriya tadqiqotlari ham olib 
borish lozim. Qo„llanilgan azotli o„g„itlaming tuproq va o„simliklardagi ozuqa 


elementlar miqdoriga qanchalik ta‟sir etishini bilish uchun vegetatsiya 
davrining boshida va oxirida yoki tuproqqa o„g„it solishdan oldin va keyin tuproq 
va o„simlik alohida uslubiy ko„rsatma bo„yicha tahlil qilinadi. Olingan tahlillar 
natijasiga asoslanib azotli o„g„itlaming o„simlik tomonidan o„zlashtirilish 
koeffitsienti aniqlanadi. 
Dala tajribasining asosiy elementlari deganda tajribani tashkil etadigan 
tarkibiy kismi, ya‟ni variantlar, delyankalar, takrorlanishlar, himoya maydonlari, 
nav, duragay, o„simlik namunalari, shunungdek, ilmiy ishning mazmunidan kelib 
chiqqan holda tajribada qo„llanaladigan barcha zarur elementlar tushuniladi. 
Shuningdek, variantlar, delyankalaming soni, ulaming katta yoki kichikligi, 
shakli va ulaming joylashtirish usullari, takrorlanishlar, ulaming shakli va 
joylashtirish tartibi, himoya maydonchalari, hosil hisobini olish usullari 
tushuniladi. 
Tajriba maydonida biron bir omil (o„g„it, suv, gerbitsed) o„rganiladigan 
bo„lsa, tadqiqotlar ma‟lum maydonga ega boigan boMakchada olib boriladi. Bu 
boMakchalar 
variant
deb ataladi. Bitta variant joylashadigan maydon 
delyanka
yoki 
bo„lakcha
deb ataladi. Variant yoki boMakcha maydonining katta yoki 
kichikligi, variantlar soni tajriba mazmuni, turi, oldiga 

Download 3,18 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   163




Download 3,18 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent 2014 B. M. Azizov, I. A. Israilov, J. B. Xudoyqulov o

Download 3,18 Mb.
Pdf ko'rish