ya‟ni himoyalanuvchi qismida joylashadi. Himoya
maydonining asosiy vazifasi
variantlaming bir-biriga boMgan ta‟sirini kamaytirish,
tajriba-ning ishonchlilik
darajasini oshirish hisoblanadi. Masalan, mineral oziqlantirish bilar bogMiq
tajribalarda mineral oziqlantirishning ijobiy ta‟siri unga chegara boMgan nazorat
variantda ham kuzatilishi mumkin. Shu tufayli
har bir delyankaning ikki
yonboshida himoya maydon qo„yiladi. Delyankalarda asosiy hisobli maydon va
himoya maydonning umumiy tuzilishi
2
-rasmda keltirilgan.
Delyankalaming yo„nalishi
va
shaldi.
Tajribaning ishonchliligi ma‟lum
darajada delyankalaming yo'nalishiga, ya‟ni ulami dala maydoni bo„yicha
joylashuviga bogMiq. 0„rganilayotgan tajriba delyankalarini
uzun tomonlari
bo„yicha, tuproq unumdorligi kuchliroq o„zgarayotgan yo'nalishi bo„yicha
joylashtirish to„g„ri boMadi. Bunday holda barcha variantlar bir xil sharoitga
qo‟yilgan
boMib, ularning samaradorligini baholashda xatolik kuzatilmaydi.
Boshqa barcha holatlarda delyankalami biron bir orientatsiya bo„yicha
joylash-
tirilganda ma‟lum darajada tajriba maydonidagi tuproq unumdorligi o„zgarishini
qamrob oladi, Bu, o„z navbatida, tajriba natijalarining ishonchliligiga salbiy ta‟sir
etib, tajribaga to„g„ri baho berishni kiyinlashtiradi.
Ma‟lumki, tuproq unumdorligini va o„simlik etishtirishdagi boshqa
sharoitlaming o„zgarishi. ayniqsa qiyaliklarda yaqqol namoyon boMadi. Shuning
uchun
tajribalar
qiyaliklarda
joylashtirilganda
delyankalami
uzunasiga
joylashtirilishi lozim, ko„ndalangiga joylashtirish yaramaydi.
Tajribalar tuproq unumdorligi bo„yicha bir xil
boMgan tekis maydonlarda
olib borilganda delyankalaming yo„nalishi tajribaning ishonchliligiga sezilarli
ta‟sir etmaydi.
Delyankalaming yo„nalishini belgilashda dalaning rel‟efi, tuzilishi, shakli va
boshqa omillar hisobga olinadi. Shuningdek, delyankalar yo'nalishini belgilashda
ekin turi,
nav xususiyati, quyoshning chiqishi va botishi hisobga olinishi
maqsadga muvofiq.